Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.02.1997 yildagi 92-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

QIZILQUM FOSFORIT KOMBINATI QURILIShI YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilqum fosforit kombinati qurilishini jadallashtirish va fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahalliy fosforit xomashyosi yetkazib berish muddatlarini yaqinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qizilqum fosforit kombinatining boyitish fabrikasi Toshqoʻra konida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qizilqum fosforit kombinati qurilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konni ochish, 300 ming tonna ruda qazib olish, boyitilmagan fosfor unini tayyorlash va superfosfat ishlab chiqarish uchun Qoʻqon superfosfat zavodiga maxsus vagonlarda joʻnatish ishlarini oʻz ichiga oluvchi 1997-yilning birinchi yarim yilligida ishga tushiriladigan birinchi kompleks;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiliga 5150 ming tonna ruda qazib olish va uni 2774 ming tonna fosforit konsentratigacha boyitish ishlarini oʻz ichiga oluvchi 2000-yilda ishga tushiriladigan ikkinchi kompleks;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishga tushiriladigan birinchi kompleks qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash markazlashtirilgan kredit resurslari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushiriladigan birinchi kompleksning buyurtmachisi etib Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining Zarafshon qurilish boshqarmasi esa pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi ishga tushiriladigan ikkinchi kompleksning buyurtmachisi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilishi 1997-yilning birinchi choragida tamomlanadigan tashqi infrastruktura obyektlari qurilishi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat uyushmasi tashqi avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha buyurtmachi hamda pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi tashqi temir yoʻl liniyasi qurilishi boʻyicha buyurtmachi, “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi esa pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa vazirligi tashqi aloqa tarmoqlari va inshootlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi hamda pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” birlashmasi tashqi gaz taʼminoti tarmoqlari va inshootlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi hamda “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining “Oʻzneftgazqurilish” birlashmasi esa pudratchi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mablagʻ bilan taʼminlashning manbalari etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha — Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi temir yoʻl liniyasi qurilishi boʻyicha — budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi aloqa tarmoqlari va inshootlari, tashqi gaz taʼminoti tarmoqlari va inshootlari qurilishi boʻyicha — tegishli ravishda Aloqa vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining oʻz mablagʻlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qizilqum fosforit kombinatining toʻliq texnologik sxemasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, ushbu ishlarni oʻz mablagʻlari hisobiga taʼminlagan holda, tashqi elektr taʼminoti tarmoqlari va inshootlari boʻyicha buyurtmachi hamda pudratchi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi va “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni ishga tushiriladigan birinchi kompleks boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari, asosiy fondlar, tugallanmagan qurilish va barcha aktivlar va passivlarni qabul qilish-topshirish ishlarini ikki hafta muddatda amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan qurilishni respublikaning investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilning birinchi choragi davomida xorijiy firmalarni jalb etgan holda tender asosida fosfor rudasini boyitishning zamonaviy texnologiyasini tanlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilning birinchi yarim yilligi mobaynida tanlangan texnologiya boʻyicha Toshqoʻra konida boyitish fabrikasi qurilishining texnik-iqtisodiy asoslanishini qayta ishlab chiqsin va uni ekspertizadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilning uchinchi choragida toʻliq texnologik sxema boʻyicha boyitish fabrikasi qurilishining ishlar loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Navoiy kon-metallurgiya kombinati yiliga 300 ming tonna hajmda fosforit rudasi qayta ishlanishi taʼminlanishini nazarda tutgan holda Toshkent viloyatining Chigʻiriq shaharchasidagi 2-ruda boshqarmasining boyitish fabrikasini rekonstruksiya qilish haqida oʻn kun muddatda taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 20-fevral,

92-son