LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kassatsiya tartibida ish yuritish jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, sudlar tomonidan ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rishga doir jinoyat-protsessual qonuni normalari asosan to‘g‘ri qo‘llanilmoqda.
Shu bilan birga, sudlar ba’zan kassatsiya tartibida ish ko‘rishni tartibga soluvchi qonun normalarini noto‘g‘ri qo‘llamoqdalar.
Shu munosabat bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, kassatsiya instansiyasi jinoyat protsessi ishtirokchilarining ish yuqori sud instansiyasida sud qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng qayta ko‘rilishiga bo‘lgan huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy institut hisoblanadi.
2. JPK 498-moddasiga muvofiq kassatsiya tartibida ish yuritish mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi va qonuniy vakili, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar hamda ular vakillarining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan bildirilgan protestlar bo‘yicha ham qo‘zg‘atiladi.
Kassatsiya tartibida ish yuritish muayyan mahkumga nisbatan ish apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hollardagina qo‘zg‘atilishi mumkin.
Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini, shuningdek kimga nisbatan shikoyat (protest) berilgan bo‘lsa, shu shaxsga nisbatan apellatsiya instansiya sudining qarori mavjud emasligini tekshirishi shart.
Bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK 499-moddasi hamda 479-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.
4. Qonunda kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun biron bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK 500-moddasi mazmuniga ko‘ra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil o‘tgandan so‘ng berilgan shikoyat (protest), basharti unda og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan boshqa o‘zgarishlar (mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, undiruv miqdorini ko‘paytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasi mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirilishiga olib kelsa va h.k.), shuningdek oqlov hukmini yoxud ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas. Bunda bir yillik muddat tegishli hukm, ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qo‘shilgan holda hisoblanishi kerak.
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) bir yillik muddat o‘tgunga qadar berilgan bo‘lib, mazkur muddat ish bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar o‘tib ketsa, u qanoatlantirilmasdan qoldiriladi va bu haqda shikoyat (protest) bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
5. Qonunda kassatsiya shikoyati (protesti) mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanmagan bo‘lsa-da, birinchi instansiya sudi qonun analogiyasini qo‘llagan holda shikoyat (protest) mazmuni apellatsiya shikoyati (protesti) mazmuniga nisbatan qo‘yilgan talablarga mosligini tekshirishi lozim.
Agar shikoyat (protest)ning mazmuni JPK 4977-moddasi talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan ko‘rishga to‘sqinlik qilsa, sudya o‘zining ajrimi bilan kassatsiya shikoyati (protesti)ni uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday hollarda shikoyat (protest)ni qayta rasmiylashtirish uchun JPK 502-moddasida belgilangan doirada muddat belgilanadi.
shikoyat (protest) bergan shaxs yoki kimga nisbatan hukm ustidan shikoyat (protest) keltirayotganligi to‘g‘risida ma’lumot;
shikoyat (protest) bergan shaxsning, uning fikriga ko‘ra hukm yoki boshqa qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi vajlari va talablarining mazmuni;
arizachi o‘z talablarini asoslayotgan hamda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi shart bo‘lgan dalillar to‘g‘risida ma’lumot;
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs sud tomonidan belgilangan muddatda ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, shikoyat (protest) sudga dastlab taqdim etilgan kundan boshlab berilgan hisoblanadi. Aks holda shikoyat (protest) berilmagan hisoblanadi.
6. JPK 503-moddasiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs o‘z shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi lavozimi bo‘yicha yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.
Qonun mazmuniga ko‘ra kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirgunga qadar qaytarib olinishi, shuningdek uning vajlari o‘zgartirilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti)ning qaytarib olinishi, agar ish bo‘yicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘lmasa, kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bunda, agar shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlangunga qadar qaytarib olingan bo‘lsa, u shikoyat (protest) bergan shaxsga xat orqali qaytariladi, boshqa hollarda esa, sud, kimga nisbatan shikoyat (protest) berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga nisbatan kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish to‘g‘risida bayonnomada aks ettiriladigan ajrim chiqaradi.
7. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilangan.
Jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin emas. Ushbu ajrimlar bo‘yicha e’tirozlar kassatsiya shikoyati (protesti)ga kiritilishi mumkin.
Hukm chiqarilgandan so‘ng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalalari yuzasidan, shuningdek mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud bo‘lib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar bo‘lgan va h.k. hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi bo‘yicha boshqa masalalar qo‘yilgan bo‘lmasa, kassatsiya tartibida alohida ko‘rilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi. Bunday masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan umumiy asoslarda kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 502-moddasi talablarining bajarilishi protsess ishtirokchilari huquqlarining ta’minlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash paytida:
mahkum (oqlangan shaxs)ga, jabrlanuvchiga birinchi instansiya sudi qarorlari nusxasining topshirilganligini;
protsess ishtirokchilariga kassatsiya shikoyati (protesti), shuningdek qo‘shimcha materiallar kelib tushganligi to‘g‘risida xabar berilganligini;
protsess ishtirokchilarining kassatsiya instansiyasida ish ko‘riladigan joy va vaqt to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor etilganligi, shuningdek mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi va qonuniy vakillariga, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqining tushuntirilganligini tekshirishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu talablar bajarilmaganligini aniqlagan va ularni o‘zi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, ishni qayta rasmiylashtirish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli. Bunday hollarda ish JPK 502-moddasida nazarda tutilgan muddatlar ichida yuqori instansiya sudiga qayta taqdim qilinishi shart.
9. Mahkum (oqlangan shaxs)ning kassatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashishi masalasini hal etish sudning huquqiga tegishlidir. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan so‘ng mahkum (oqlangan shaxs)ning kassatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishiga zarurat borligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uning sud majlisida ishtirok etishi choralari ko‘rilishi lozim.
10. JPK 480-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra kassatsiya instansiyasi sudi mazkur instansiyada qatnashish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorni har bir ish bo‘yicha oldindan xabardor etish choralarini ko‘rishi shart.
11. Kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishga huquqi bor shaxslar doirasi qonunda belgilangan (JPK 479-moddasining to‘rtinchi qismi).
Ishning ko‘rilish joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi uni ko‘rish uchun monelik qilmaydi.
Ayni paytda, qonunga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudida prokurorning ishtiroki shart bo‘lib, bunday holda JPK 25-moddasining birinchi qismi, 51-moddasi birinchi qismining 6-bandi va ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham ta’minlanishi shart (JPK 52-moddasida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.
12. Kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflarga o‘z protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudida ishning muhokamasi, JPK 506-moddasida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida olib boriladi.
13. Kassatsiya tartibida ish yuritishning apellatsiya tartibidan farqli xususiyati shundan iboratki, kassatsiya instansiyasi sudi faqat qisman sud tergovi o‘tkazishi, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirib chiqishi va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlar natijasiga ko‘ra huquqiy baho berishi mumkin (JPK 490-moddasining to‘rtinchi qismi).
Kassatsiya instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni so‘roq qilish, ekspertizalar o‘tkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qo‘shimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus ko‘rsatishi lozim.
JPK 481-moddasiga muvofiq qo‘shimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berish yo‘li bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
14. Kassatsiya shikoyatida protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan ko‘rsatuvlari ularning birinchi instansiya sudida aslida bergan ko‘rsatuvlariga mos emasligi to‘g‘risida keltirilgan vajlar bu shaxslarni kassatsiya instansiyasi sudi majlisida so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirilishi mumkin.
15. Kassatsiya instansiyasi sudida taraflar muzokaralari JPK 506-moddasi qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Ish bo‘yicha bir necha kassatsiya shikoyati (protesti) mavjud bo‘lganda, birinchi bo‘lib ayblov tarafiga tegishli protsess ishtirokchilari so‘zga chiqadi.
16. Qonun mazmuniga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan mahkum (oqlangan shaxs)ga oxirgi so‘z berilmasligi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi sanaladi va kassatsiya instansiyasi ajrimining bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
17. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligini, moddiy va protsessual qonun normalari qanchalik to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini faqat shaxs sudlangan yoki oqlangan ayblov doirasida ko‘rib chiqadi. Biroq, shikoyat (protest) kim tomonidan berilganligidan qat’i nazar, JPK 494-moddasiga muvofiq, sud ishni yangidan sudda ko‘rishga yubormay yoki qayta tergov yuritish uchun qaytarmay turib, o‘z qarori bilan jazoni kuchaytirishga, shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga haqli emas.
18. JPK 482-moddasiga muvofiq kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini to‘la hajmda (taftish tartibida) tekshirishga majbur.
Ish bo‘yicha bir necha mahkum (oqlangan shaxs) o‘tgan bo‘lib, hukm ustidan ulardan ayrimlari shikoyat bergan hollarda ham, kassatsiya instansiyasi sudida ish barcha mahkumlarga (oqlangan shaxslarga) nisbatan ko‘riladi. Biroq, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining og‘irlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati bo‘lmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek kassatsiya shikoyati bermagan mahkumlar (oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni ko‘rishga haqli emas (JPK 494-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari).
19. Qandaydir sababga ko‘ra ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish ko‘rilgandan so‘ng kelib tushsa yoki mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) ko‘rilgandan so‘ng kelib tushsa, kassatsiya instansiyasi sudi JPK 508-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
20. Kassatsiya instansiyasi, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni o‘zgarishsiz qoldiradi.
JPK 533-moddasi birinchi qismi uchinchi bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, hukm ijrosini kechiktirishga;
21. JPK 484-moddasida hukm bekor qilinishi va o‘zgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan bo‘lib, kassatsiya instansiyasi sudi ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, ularni u yoki bu tarzda qo‘llashi mumkin.
dastlabki yoki sud tergovi to‘liq bo‘lmasa yoki bir yoqlama olib borilgan bo‘lib, biroq yo‘l qo‘yilgan kam-ko‘stlar to‘ldirilganidan so‘ng kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat kvalifikatsiyasi o‘zgartirilishi zarurligi haqida xulosaga kelsa;
hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq bo‘lmay, biroq kassatsiya instansiyasi sudi mahkumning ahvolini og‘irlashtirmay turib, ularga tegishli baho bera olsa;
ish bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksi normalari buzilgan bo‘lib, biroq ularning kassatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmning o‘zgartirilishini taqozo etsa;
sud tomonidan Jinoyat kodeksi normalari noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lib, biroq kassatsiya instansiyasi sudi bu xatoni mahkumning ahvolini og‘irlashtirmay turib tuzatishi mumkin bo‘lsa;
sud tomonidan nomunosib og‘ir jazo tayinlangan bo‘lib, kassatsiya instansiyasi sudi o‘z vakolati doirasida uni yengillatishga haqli bo‘lsa.
Kassatsiya instansiyasi sudida kamchiliklarni to‘ldirish va protsessual qonun buzilishini bartaraf etish imkoniyati bo‘lmasa, hukm barcha hollarda bekor qilinishi shart.
22. Kassatsiya instansiyasi sudi hukmni o‘zgartirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda quyidagilarga haqli:
qilmishni Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga, agar bu mahkumga hukmda bayon qilinganidan jiddiy farq qiladigan ayblov qo‘yilishiga yoki unga og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelmasa;
hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini og‘irlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;
hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni noto‘g‘ri baholash tufayli ortiqcha e’lon qilingan Jinoyat kodeksi moddasini chiqarishga;
JK 70—72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda — mahkumni jazodan ozod qilishga yoki shartli hukm qo‘llashga;
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yoki shu Kodeks 57-moddasini qo‘llagan holda jazo miqdorini kamaytirishga yoki boshqa yengilroq jazo (asosiy va qo‘shimcha) tayinlashga;
jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirishga, shuningdek ushbu masala birinchi instansiya sudi tomonidan hal etilmagan hollarda — bunday zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, basharti bunda jinoyat kvalifikatsiyasini mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan tomonga o‘zgartirish zarurati yuzaga kelmasa;
mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;
mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan qattiqroq turini belgilashga.
23. Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan JK 57-moddasi qo‘llanilganda ham, kassatsiya instansiyasi sudi hukmning qo‘shimcha jazo tayinlash haqidagi qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
24. JPK 494-moddasi birinchi qismi talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini Jinoyat kodeksining bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilganda, kassatsiya instansiyasi sudi hukmga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq jazo tayinlashga haqli. Bunda yangi jazo hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan og‘irroq bo‘lishi mumkin emas.
Agar Jinoyat kodeksining bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart bo‘lgan ikki yoki undan ortiq qilmish Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni yengilroq jinoyat to‘g‘risidagi moddaga qayta kvalifikatsiya qilib, uning sanksiyasi doirasida birinchi instansiya sudi tomonidan mazkur modda bo‘yicha tayinlangan jazodan og‘irroq, biroq uzil-kesil tayinlangan jazo miqdoridan ko‘p bo‘lmagan jazo belgilashga haqli.
25. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash prinsipi (JK 59-moddasining uchinchi qismi) noto‘g‘ri qo‘llanilganligi aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi jazolarni qo‘shish prinsipiga o‘tishi mumkin. Bunda yangi jazo hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
26. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) bo‘yicha ish holatlari to‘liq tekshirilmagan deb topilganda, agar ularni hukmdan chiqarish uchun yetarli asoslar yoki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish uchun imkoniyat bo‘lmasa, kassatsiya instansiyasi hukmni bekor qilib, ishni to‘liq hajmda yangidan ko‘rish uchun yuborishi kerak.
Agar mahkum Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan bo‘lib, ulardan har birini alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini bekor qilib, ishning shu qismini yangidan ko‘rishga yuborishi yoki qo‘shimcha tergovga qaytarishi, ayni paytda, o‘sha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
Agar kassatsiya instansiyasi sudi hukmning mahkumlardan biriga doir qismini bekor qilib, ishning shu qismini yangidan sudda ko‘rishga yuborish yoki qo‘shimcha tergovga qaytarish to‘g‘risida fikrga kelsa va ishning shu qismini JPK 332, 416, 417-moddalari mazmunidan kelib chiqib ajratishning imkoni bo‘lmasa, hukm to‘la hajmda bekor qilinishi kerak.
27. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm so‘zsiz bekor qilinishiga sabab bo‘ladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 487-moddasida ko‘rsatilgan. Bunday qonun buzilishini aniqlaganda, kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga ko‘ra ko‘rilayotganligidan qat’i nazar, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan ayblov hukmini bekor qilishi shart.
Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi kassatsiya instansiyasi sudini shikoyat, protestda keltirilgan boshqa vajlarni ham (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning to‘g‘riligi, jazoning adolatliligi to‘g‘risida va h.k.) mazmunan ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha ajrimda tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Jinoyat ishi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi hollari kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ayblov hukmi bekor qilinib, ishning JPK 83, 84-moddalariga muvofiq tugatilishiga to‘siq bo‘lmaydi.
28. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tgandan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hollarda, hukm, garchi unda mahkum jazodan ozod qilingan bo‘lsa-da, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak, ishning reabilitatsiya uchun sabab bo‘lmaydigan asoslarda tugatilishiga monelik qiladigan hollar mavjudligi bundan mustasno.
Agar kassatsiya instansiyasi mahkumning harakatlarini Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi to‘g‘risida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qo‘llanilishini istisno etuvchi amnistiya akti ta’siri doirasiga tushsa, kassatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart bo‘lgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda bo‘yicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi hamda uchinchi qismining 2 va 5-bandlariga muvofiq jazodan ozod qilinishi lozim bo‘lgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
29. Agar amnistiya akti birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan mahkumga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi, jabrlanuvchining shikoyati yoki prokuror protesti bo‘lgan taqdirda, hukmning jazo tayinlash qismini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rishga yuborishi lozim.
Biroq, agar kassatsiya instansiyasi amnistiya akti qo‘llanilgan holda hukmda tayinlangan jazo amnistiya akti qo‘llanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan, hukmni o‘zgartirishga — undan amnistiya aktini qo‘llash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, hukmda amnistiya akti qo‘llanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
30. JPK 494-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, hukm kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga faqat jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyatida, prokuror protestida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin. Masalan, shikoyat (protest)da faqat mahkumning harakatlari noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sud hukmni jazoning yengilligi sababli bekor qilishga haqli emas.
Jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilari (o‘zga mahkumlar yoki ular himoyachilari)ning og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash zarurligi yoki jazoning yengilligi to‘g‘risidagi shikoyatlari hukmni mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga bekor qilish uchun sabab bo‘la olmaydi.
JPK 83, 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ishni to‘liq hajmda yoki mustaqil kvalifikatsiya qilingan ayblov qismi bo‘yicha tugatishga;
JPK 419-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarishga.
32. Kassatsiya instansiyasi sudi ishni yangidan sudda ko‘rishga yoki qo‘shimcha tergovga yuborish paytida ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, ayrim dalillarning boshqa dalillardan ustunligi, jinoyatning kvalifikatsiyasi va jazo to‘g‘risida dastlabki tergov organlari va sud tomonidan chiqariladigan xulosalarni oldindan hal qiluvchi ko‘rsatmalar berishga haqli emas.
Kassatsiya instansiyasi sudi, hukmni bekor qilib, ishni yangidan sudda ko‘rishga yuborayotganda, o‘z ajrimida qanday holatlar hukmning bekor qilinishiga asos bo‘lganligini va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi qanday bartaraf etilishi kerakligini ko‘rsatishi shart.
Hukmni bekor qilib, ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun yuborayotganda, sud dastlabki tergov organi tomonidan qanday holatlar aniqlanishi shartligini ko‘rsatishi kerak.
33. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi bu haqda shikoyat (protest) berilgan holdagina o‘zgartirilishi mumkin.
Oqlov hukmi kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxsning asossiz oqlanganligi to‘g‘risida jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyati yoki prokurorning protesti bo‘lgan holda bekor qilinishi mumkin.
Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan shikoyat (protest) berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi uchun asos bo‘lmaydi.
34. Agar mahkum o‘zi yoki protsessning boshqa ishtirokchilari tomonidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan so‘ng, biroq ish kassatsiya instansiyasida ko‘rilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.
Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar bo‘lgan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 83-moddasiga muvofiq tugatadi.
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘rilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini o‘ziga olgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘riladi.
35. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi JPK 496-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi, jumladan, unda kassatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi u e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijroga qaratilishi shart.
36. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlagan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning e’tiborini bunga jalb etishi mumkin.
Sud qarori o‘zgarishsiz qoldirilganda, kassatsiya instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
37. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarning kassatsiya instansiyasida sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishi uchun qonunda berilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilsin.
38. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 5-sonli qarorining ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish yuzasidan berilgan tushuntirishlarga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.