14.11.2007 yildagi 16-son
Hujjat 14.11.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi inson huquqlari himoyasi ta’minlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga yo‘naltirilgan.
1. Tushuntirilsinki, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19, 25-moddalarida, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarida mustahkamlangan qoidalarga mos bo‘lib, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi samarali bo‘lishiga erishishga qaratilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jinoyat-protsessual kodeksi 236-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ehtiyot choralari gumon qilinuvchi, ayblanuvchining surishtiruv, dastlabki tergov va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning jinoiy faoliyatiga barham berish, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishga qaratilgan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, hukm ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.
qasddan sodir etilgan va Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga;
ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan va Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi.
4. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi JPK 242-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan alohida hollarda qasddan sodir etilgan va Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan va Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha ham, agar quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lsa:
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 558-moddasining birinchi qismiga muvofiq, voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi, faqat qasddan sodir etilgan va Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha va boshqa ehtiyot choralari ayblanuvchining tegishli xulq-atvorda bo‘lishini ta’minlay olmagan taqdirdagina qo‘llanilishi mumkin.
Shuning uchun ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, shuningdek JPK 242-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Alohida hollarda, JPK 226-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, bu turdagi ehtiyot chorasi gumon qilinuvchi sifatida JPK 221-moddasiga asosan ushlangan shaxsga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday hollarda ehtiyot chorasi o‘n kungacha muddatga (ushlab turish vaqti hisobga olingan holda) qo‘llanilgan hisoblanib, shu muddat ichida gumon qilinuvchi jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi shart. Aks holda, prokuror yoki prokurorning roziligi bilan tergovchi gumon qilinuvchini qamoqdan ozod qilishi lozim.
Ushlab turish vaqti JPK 226-moddasining birinchi qismiga muvofiq shaxs militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan vaqtdan boshlab hisoblanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
7. JPK 240-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, ishni sudga qadar yuritish bosqichida qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni qamoqda saqlab turish uchun asoslar qolmaganda prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan tergovchining qaroriga binoan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin Bunda shaxsni qamoqdan darhol ozod etilishini ta’minlash ushbu qarorni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi.
8. Prokuror yoki prokurorning roziligi bilan tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha JPK 236, 242-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday qarorga iltimosnomani asoslantiruvchi zarur materiallar, jumladan, jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorning, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorning, JPK 221, 225-moddalari tartibida tuzilgan ushlab turish bayonnomasining, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlarga doir hujjatlarning, himoyachi orderining yoxud himoyachidan voz kechish haqidagi bayonnomaning, JPK 239-moddasi talablariga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi. Zarurat bo‘lganda, prokuror tomonidan sudga ko‘zdan kechirish uchun mazkur hujjatlarning asli, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma material kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida, lekin JPK 226-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ushlab turish muddati oxiridan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Ushlab turish tariqasidagi protsessual majburlov chorasi qo‘llanilmagan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma ham o‘n ikki soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
JPK 20, 51-moddalarida nazarda tutilgan hollarda sud majlisida tarjimon va himoyachining ishtiroki ta’minlanishi shart. Iltimosnomani ko‘rishda boshqa shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rishda JPK 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq sud majlisi bayonnomasi yuritiladi va u ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay imzolanadi.
Sud majlisi bayonnomasiga berilgan mulohazalar darhol JPK 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
19. JPK 243-moddasining o‘ninchi qismiga ko‘ra, to‘plangan materiallar yetarli bo‘lmagan taqdirda, sud, taraflar qo‘shimcha dalillar taqdim etishlari uchun ularning iltimosnomasiga asosan ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Apellatsiya shikoyati (protesti) ajrim chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) berish muddati o‘tgandan so‘ng, tegishli sud raisi JPK 479-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, materialni shikoyat (protest) bilan birga yigirma to‘rt soat ichida apellatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shikoyat (protest)ni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda JPK 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq sud majlisi bayonnomasi yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
34. JPK 3-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishini yuritish protsessual harakat amalga oshirilayotgan yoki protsessual qaror qabul qilinayotgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Shu munosabat bilan “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun normalari faqat qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan 2008-yil 1-yanvardan boshlab chiqarilgan qarorlarga taalluqlidir.