14.11.2007 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qabul qilingan Qonun bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosining kiritilishi bu huquq himoyasining real kafolati bo‘ldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo o‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan kiritilgan favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni muddat belgilanmagan holda jamiyatdan ajratishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi ikkinchi qismi) va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan terrorizm (JK 155-moddasi uchinchi qismi) sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 50-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan yigirma yildan ortiq, biroq yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadigan uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosining bir ko‘rinishi bo‘lib, u faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan terrorizm sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi sud tomonidan ushbu jinoyatlarga nisbatan qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi istisno etilgan (masalan, tugallanmagan jinoyat uchun), shuningdek ish holatlariga ko‘ra sud aybdorga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi yoki o‘n besh yildan yigirma yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi maqsadga muvofiq emasligi haqidagi xulosaga kelgan hollarda tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llash masalasini hal etishda sud mazkur jazo, faqat ish bo‘yicha aybdor tomonidan g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganligidan, shuningdek jinoyatni sodir etgan shaxs jamiyat uchun mutloq xavfli ekanligidan dalolat beruvchi va unga nisbatan boshqa jazo tayinlanishi imkoniyatini istisno etuvchi alohida holatlar bo‘lganda, tayinlanishi mumkinligini inobatga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanayotganda sud hukmning tavsif qismida bunday qaror qabul qilinishi sabablarini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tugallanmagan jinoyat uchun tayinlanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga ko‘ra, umrbod ozodlikdan mahrum qilish va uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazolari ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan ham tayinlanishi mumkin emas. Bunda oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan bunday jazolar tayinlanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi qoida birinchi instansiya sudi tomonidan aybdorning hukm chiqarish kuniga qadar, apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan holda — ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan kunga qadar bo‘lgan yoshidan kelib chiqib qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlardan hech bo‘lmaganda bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 59-moddasi to‘rtinchi qismi qoidasiga muvofiq yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlardan hech bo‘lmaganda bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 59-moddasi beshinchi qismi qoidasiga muvofiq jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali, biroq yigirma besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyatlar majmuiga kiruvchi JK 97-moddasi ikkinchi qismi yoki 155-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlardan birortasi bo‘yicha ham uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmagan bo‘lsa, uzil-kesil jazo jazolar to‘la yoki qisman qo‘shilganda ham, yengilroq jazo og‘irrog‘i bilan qoplangan holda ham ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati yigirma yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shuni nazarda tutish lozimki, shaxs qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bir necha jinoyat sodir etgan bo‘lib, ulardan ayrimlari u voyaga yetmagan, boshqalari voyaga yetgan yoshda sodir etilgan bo‘lsa, voyaga yetmagan yoshda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo JK 82—86-moddalari qoidalari bo‘yicha, voyaga yetgan yoshda sodir etilgan jinoyatlar uchun JK 59-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlari qoidalari bo‘yicha tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hukmlar jami bo‘yicha jazo tayinlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmlardan hech bo‘lmaganda bittasi bo‘yicha umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 60-moddasi uchinchi qismi qoidasiga muvofiq yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmlardan hech bo‘lmaganda bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 60-moddasi to‘rtinchi qismi qoidasiga muvofiq jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali, biroq yigirma besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. JK 64-moddasi oltinchi qismiga muvofiq umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumga nisbatan jazoni ijro etish muddatini qo‘llashni lozim topmagan hollarda ham sud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirishi kerak (JK 69-moddasi beshinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, qonunga ko‘ra (JK 64-moddasi yettinchi qismi, 69-moddasi oltinchi qismi), javobgarlikka tortish muddati, shuningdek jazoni ijro etish muddati tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shuning uchun ham sud terrorizm jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan, jinoyat sodir etilgan vaqtdan qat’i nazar, umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hukm e’lon qilingandan so‘ng raislik etuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumga JPK 473-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan afv to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi va muddatlarini tushuntirishi shart bo‘lib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumning afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi JK 76-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlarning e’tibori shunga qaratilishi kerakki, afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma qonunda belgilangan va jazoning amalda o‘talgan qismi inobatga olingan holda sanaladigan muddatlar o‘tgandan so‘ng berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. JK 50-moddasiga muvofiq umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumlar jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus tartibli koloniyalarda, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsga nisbatan koloniya turi, sodir etilgan jinoyat og‘irligi va mahkumning shaxsidan kelib chiqqan holda, JK 50-moddasi beshinchi qismi “b, v, g” bandlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari Jinoyat-ijroiya kodeksining beshinchi bo‘limida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shuni ta’kidlash lozimki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumga, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi avf etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga nisbatan qonunda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish, jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqish, bir turdagi koloniyadan boshqa turdagi koloniyaga o‘tkazish masalalari bo‘yicha alohida jihatlar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘lim jazosiga mahkum etilgan shaxsga nisbatan 2008-yil 1-yanvarga qadar ijro etilmagan hukm JK 13-moddasi talabiga muvofiq qonunda belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror 2008-yil 1-yanvardan boshlab qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son