Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.12.1999 yildagi 534-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SANALAR O‘ZGARGANDA (2000-YIL MUAMMOSI) HAVODAGI PARVOZLARNI KOMPYuTER BILAN BOShQARIShDA YuZ BERIShI MUMKIN BO‘LGAN UZILIShLAR OQIBATLARINING OLDINI OLIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanalar o‘zgarganda (2000-yil muammosi) O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning havo bo‘shlig‘ida parvozlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zaeronavigatsiya” markazi va fuqaro aviatsiyasidan foydalanuvchilar bilan birgalikda sanalar o‘zgarganda (2000-yil muammosi) parvozlarni ta’minlash yuzasidan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar kompleksi amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasi tuzilmalarining sanalar o‘zgarishi davrida ishlashga tayyorligi tekshirib chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida havodagi parvozlarni kompyuter tizimidan foydalanmasdan gorizontal, vertikal va bo‘ylamasiga eshelonlashtirishni qo‘llagan holda boshqarishning zaxira variantlari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanalar o‘zgarishi davrida O‘zbekistonning ro‘yxatdan o‘tkazish belgilariga ega bo‘lgan havo kemalarining parvozini vaqtincha taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 31-dekabr soat 22.00 dan 2000-yil 1-yanvar soat 12.00 gacha (mahalliy vaqt bilan) fuqaro aviatsiyasi aeroportlaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (Ro‘zmetov), “Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati (Kucherov), “Avializing”, (Smirnov), “Semurg‘” (Tuxvatulin), “Inter Kargo Servis” (Po‘latov) aviakompaniyalari, vaqtinchalik cheklash davrida tasarruflaridagi tuzilmalar harakatini qo‘shimcha nazorat qilishni va muvofiqlashtirib borishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tyan), “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (Ro‘zmetov), “O‘zaeronavigatsiya” markazi (Ashurov) tranzit bo‘yicha uchuvchi va O‘zbekiston aeroportlarida ko‘rsatib o‘tilgan sanalarda hamda vaqt oraliqlarida qo‘nishni nazarda tutmaydigan xorijiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘idan foydalanishini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (V.N.Tyan) O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘idan barcha foydalanuvchilarni fuqaro aviatsiyasi aeroportlaridan foydalanishni vaqtinchalik cheklash joriy etilishi to‘g‘risida xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
534-son