22.12.2006 yildagi 16-son
Hujjat 19.05.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Yuqoridagilarga ko‘ra, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jinoyat kodeksi 68, 76 va 79-moddalariga muvofiq, amnistiya akti qo‘llanilishi natijasida quyidagi huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin:
Ish amnistiya aktini qo‘llash tartibiga xilof ravishda sudga yuborilgan hollarda, sudya ishni JPK 395, 396-moddalariga muvofiq, JPK 385-moddasi talablarini bajarish uchun prokurorga qaytarishi kerak. Jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilib, ulardan ayrimlariga nisbatan ish tergov organi tomonidan amnistiya aktiga asosan tugatilishi lozim bo‘lgan hollarda ham sud shunday qaror qabul qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksi 77-moddasiga muvofiq, agar ayblov hukmi chiqarilgan va unda shaxsga nisbatan jazo tayinlangan bo‘lsa, shaxs sudlangan hisoblanadi. Biroq qonunga ko‘ra, shaxsga nisbatan jazo tayinlangan hollarda ham, agar sud JK 69-71-moddalariga asosan, shuningdek amnistiya aktini qo‘llagan holda hukmda uni ushbu jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qilgan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan hisoblanadi.
Biroq shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat qonuni o‘zgarishi natijasida jinoyat hisoblanmay qolgan (JK 13-moddasi ikkinchi qismi) qilmish uchun sudlangan shaxs ushbu sudlanganlik uchun belgilangan tugallanish yoki olib tashlanish muddatlari o‘tgan-o‘tmaganligidan qat’i nazar, sudlanmagan hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi Umumiy qismi normalariga muvofiq, amnistiya akti shaxs muqaddam amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan-etilmaganligidan qat’i nazar, quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin, agar:
Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, agar tekshirish natijalari bo‘yicha shaxsga nisbatan o‘tmishda amnistiya akti qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash imkoni bo‘lmasa, amnistiya akti qo‘llanilishi shart.
15. Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi, 401 va 421-moddalari mazmuniga ko‘ra, jinoyat ishi dastlabki tergov yoki birinchi instansiya sudida ish yuritish bosqichida (sud maslahat xonasiga kirgunga qadar) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yozma roziligi bilan shaxsning jinoyatni sodir etishda aybdorligi masalasi hal qilinmagan holda amnistiya aktiga muvofiq tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat-protsessual kodeksi 46-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, amnistiya aktiga muvofiq jinoyat ishini tugatish masalasi hal qilinadigan paytda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ishtiroki majburiy, JPK 410-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Jinoyat kodeksining 76-moddasi, JPK 463-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari birinchi bandlariga asosan sud:
Keyingi tahrirga qarang.
Shaxsni jazoni o‘tash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasini hal etishda sudlar Jinoyat-ijroiya kodeksining ushbu masalani alohida jazo turlari bo‘yicha tartibga soluvchi normalariga rioya etishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 77-moddasi, JIK 5-moddasiga muvofiq qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxs jazo o‘tovchi hisoblanmaydi. Shuning uchun ham uning hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar namoyon etgan xulq-atvori uni jazoni o‘tash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasi hal etilayotgan paytda inobatga olinishi mumkin emas. Ushbu qoida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan vaqtda yangi jinoyat sodir etganligi uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Biroq, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi va JPK 84-moddasi ikkinchi qismi talablariga muvofiq, sudlanuvchiga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash masalasi hal qilinayotgan paytda sud majlisida prokuror, sudlanuvchi, uning qonuniy vakili va himoyachisining (himoyachidan voz kechilgan hollar bundan mustasno) ishtiroki majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi mahkumning harakatlarini Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi to‘g‘risida xulosaga kelganda va bu modda shaxsni jinoiy javobgarlikdan, jazodan ozod etishni yoki jazo qo‘llanilishini istisno etishni nazarda tutuvchi amnistiya akti ta’siri doirasiga tushgan hollarda, tegishli instansiya sudi birinchi instansiya sudi qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilganda qabul qilishi shart bo‘lgan qaror chiqarishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuni e’tiborga olish lozimki, JPK 500, 513-moddalarida belgilangan bir yillik muddat amnistiya akti qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan mahkumga nisbatan asossiz qo‘llanilgan hollarga ham taalluqlidir. Bunday hollarda yuqori instansiya sudi hukmni o‘zgartirishga-undan amnistiya aktini qo‘llash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, hukmda amnistiya akti qo‘llanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.