Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

1. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 56-moddasining talablariga ko‘ra, taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi.
2. Isbotlash majburiyati FPKning 57-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
FPKning 60-moddasi ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, bir fuqarolik ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan aniqlangan faktlar, aynan shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishi ko‘rilishida qayta isbotlanmaydi. Jumladan, oshiqcha xavf manbai egasi bo‘lgan da’vogarlar bevosita zarar yetkazuvchiga nisbatan regress da’vo keltirganda, isbotlashdan ozod etiladi.
7. Qonun bo‘yicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan holatlarini boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas (FPKning 59-moddasi). Bunda nizoli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi tegishli moddiy huquq normalariga asoslanmasdan isbotlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi fuqaroning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqini kafolatlaydi va unga ko‘ra hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari shaxsning yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
10. FPKning 8-moddasida nazarda tutilgan taraflar tortishuvlik prinsipidan kelib chiqib, taraflar, arz qiluvchilar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni aniqlash, to‘plash va taqdim etishlari lozim. Shu bilan birga, FPKning 57-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra dalillarni to‘plashda ularga yordam ko‘rsatadi.
14. FPKning 67-moddasi birinchi qismiga muvofiq, sud dalillarga, qonunga amal qilgan holda ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqish asosida ichki ishonchga tayanib, baho beradi.
FPKning 56-moddasi birinchi qismiga muvofiq, bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflar va uchinchi shaxslar hamda ularning qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari bilan belgilanadi.
FPKning 56-moddasiga muvofiq, tegishli ishonchnoma asosida ishda ishtirok etayotgan taraflardan birining vakili bergan tushuntirishlari ham dalil hisoblanishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Sud guvohni so‘roqlash vaqtida bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik, sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra ko‘rsatuv berishni rad etganlik yoki undan bo‘yin tovlaganlik uchun guvoh O‘zbekiston Respublikasi JKning 238 va 240-moddalari bo‘yicha javobgar bo‘lishini tushuntirishi lozim. Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, guvoh o‘ziga yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik ko‘rsatmasi berishdan bosh tortishga haqli.
22. Sudlarga tushuntirilsinki, FPKning 73-moddasiga muvofiq, yozma dalillar — ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilgan hujjatlar, xizmatga daxldor va shaxsiy yozishmalardan iborat bo‘ladi.
FPKning 76-moddasiga muvofiq, qoida tariqasida, yozma dalillarning asli taqdim qilinadi. Agar hujjatning nusxasi taqdim etilgan bo‘lsa, sud zarurat tug‘ilgan holatda, hujjatning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Ishga hujjatning asl nusxasini qo‘shish imkoni bo‘lmaganda, sudya hujjat nusxasining asliga to‘g‘riligi tekshirilganligi haqida belgi qo‘yadi.
25. Ashyoviy dalillar deganda, ishni hal qilish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan narsalar tushuniladi. Ashyoviy dalillar sud tomonidan ko‘zdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, vakillarga zarur hollarda — ekspert va guvohlarga taqdim etiladi. Ashyoviy dalilni ko‘zdan kechirish FPKning 192-moddasiga muvofiq, joyida o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘zdan kechirish dalillarni ta’minlash tartibida o‘tkazilishi mumkin emas. Ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish haqida sud majlisining bayonnomasida qayd qilinishi lozim bo‘lib, bunga tuzilgan rejalar, chizmalar, suratlar ilova qilinishi mumkin.
26. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sud isbotlash vositasining mustaqil shakli bo‘lgan ekspert xulosasi, fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng faqatgina qat’iy qonun talabiga muvofiq tayinlangan va o‘tkazilgan sud ekspertiza natijalari bo‘lishi mumkin. Fuqarolik protsessual qonun talablariga rioya qilinmagan, protsess doirasidan tashqarida olingan har qanday boshqa xulosalar ekspert xulosasi maqomiga ega bo‘la olmaydi va sudda bundan isbotlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin emas, boshqa fuqarolik, xo‘jalik, jinoyat va ma’muriy ishi bo‘yicha qonuniy tartibda olingan ekspertiza xulosalari bundan mustasno.
27. Sudlarga tushuntirilsinki, mutaxassisning fikri FPKning 56-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan isbotlash vositalari doirasiga kirmaydi, shunga ko‘ra sud tomonidan boshqa dalillar yig‘indisi bilan baholanishi lozim.
ishga qabul qilish, o‘tkazish va bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq nusxalari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, ma’muriyatning shu mazmundagi vakillik kasaba uyushmasi organiga qilgan tegishli iltimosnomasi nusxasi; (Mehnat kodeksining 101-moddasi), kasaba uyushmasi qo‘mitasining ishdan bo‘shatishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori va bayoni nusxasi, da’vogarning o‘rtacha ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va boshqalar. Bunda boshqa isbotlash vositalariga bo‘lgan ehtiyoj ishdan bo‘shatish asoslariga bog‘liqligini nazarda tutish lozim. Chunonchi, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarning ishga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha (Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining birinchi bandi) — xodimlar soni (shtati) jadvalidan ko‘chirma (ishdan bo‘shatilgunga qadar va bo‘shatilgandan so‘ng), shtatlar yoki xodimlar sonini qisqartirish to‘g‘risidagi hujjatlar, da’vogarning ish faoliyati to‘g‘risida tavsifnoma; Mehnat kodeksining 103-moddasiga asosan da’vogarni ishda qoldirish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi materiallar hamda da’vogarning boshqa ishga o‘tkazishga rozi emasligi yoki ma’muriyatning xodimni uning roziligi bilan boshqa ishga o‘tkazish imkoniyati yo‘qligini tasdiqlovchi boshqa dalillar; xodimning ishdan ozod qilish to‘g‘risida kamida 2 oy oldin ogohlantirilganligi haqidagi ma’lumotlar;
Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi uchinchi bandi bo‘yicha xodimni o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxsni ishga tiklash to‘g‘risida, “a” xatboshida sanab o‘tilgan dalillardan tashqari, — intizomiy choralarni qo‘llash (buyruqlar, mehnat jamoasining qarori nusxalari va h.k.) to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek ushbu intizomiy jazo berishga asos bo‘lgan materiallar (tushuntirish xatlari, bildirgi, axborot xatlari).
FPKning 57-moddasida ko‘rsatilgan qoidadan istisno tariqasida Mehnat kodeksining 111-moddasi talabiga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinishining yoki boshqa ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchiga yuklatilishini sudlar nazarda tutishlari lozim;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi