08.01.2010 yildagi PQ-1257-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA SOLIQ ORGANLARI TIZIMINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, mustaqillik yillarida mamlakatda bozor tamoyillariga javob beradigan soliq tizimi shakllandi, O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy metodlari va mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimizda to‘plangan va chet el tajribasining tanqidiy tahlili respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilishning zarurligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining funksiyalari, vakolatlari va tuzilmasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ular fiskal-moliya organlari tuzilmasida, eng avvalo, soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, Davlat budjetining daromad qismini barqaror shakllantirishning belgilangan topshiriqlarini bajarish masalalarida hali yetakchi o‘rinni egallagani yo‘q.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha axborot-tahliliy ishlar sust olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish ishlari aniq-puxta muvofiqlashtirilmayapti, bozorlar hududlaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga turli tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashish holatlari mavjud. Shu bilan bir qatorda, bozorlarda soliq qonunchiligini buzish, turli yig‘imlarni undirish, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar va kontrafakt mahsulotlarning noqonuniy muomalada bo‘lishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oshirilgan narxlarda qayta sotish, olingan naqd tushumni to‘liq inkassatsiya qilmaslik hollari davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda to‘plangan va chet el tajribasini hisobga olgan holda soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish, nazorat qiluvchi organlar funksiyalaridagi bir-birini takrorlashlarni bartaraf etish, respublika fiskal-moliya organlari tuzilmasida soliq organlarining, eng avvalo, qabul qilingan soliq qonunchiligini va Davlat budjetining daromad qismini shakllantirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish masalalaridagi vakolatlarini kengaytirish va rolini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil to‘xtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqi faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, bozorlar va savdo komplekslarida sanitariya norma va qoidalariga, shuningdek, standartlarga, yong‘in xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi davlat yong‘in nazorati organlariga yuklatiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar o‘z xodimlari va mutaxassislarining bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qonun hujjatlari talablari bajarilishini ta’minlash uchun davlat soliq xizmati organlari tomonidan tashkil etiladigan guruhlar tarkibida qatnashishini ta’minlasinlar.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘limlari joylashtirilishini tashkil etsin, ularni moddiy-texnik baza va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-bosh formasi namunasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, uning 2010-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2010-yil 1-apreldan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish bo‘yicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan o‘tkazilishi asosida belgilanadigan maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi test sinovidan o‘tkazish natijalari bo‘yicha berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda Maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalarni qo‘llash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va sinovdan o‘tkazilgandan keyin belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari lavozim maoshlariga maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar to‘lash, shuningdek yangi namunadagi kiyim-bosh formasi qiymatini qisman qoplash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1257-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 4-modda; 2013-y., 4-son, 44-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 31-son, 773-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son; 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)