1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
nomiva birinchi xatboshisidagi “Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining” degan so‘zlar “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “suv iste’molining belgilangan” degan so‘zlar “belgilangan suv olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek bu sohada maxsus vakolati bo‘lgan hamda suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga solib turuvchi davlat organlari” degan so‘zlar “mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “maxsus vakolati bo‘lgan davlat organlari” degan so‘zlar “maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “mulkchilikning barcha shakllaridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari” degan so‘zlar “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
37) 44-moddaning ikkinchi qismidagi “konchilikni nazorat qilish davlat idoralari” degan so‘zlar “sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
40) 51-moddaning ikkinchi qismidagi “korxonalar hamda tashkilotlar” degan so‘zlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
44) 57-moddaning matnidagi “korxona vodoprovod suvini belgilab qo‘yilgan miqdordan oshiq sarf qilib yuborgan” hamda “mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari” degan so‘zlar tegishincha “korxona vodoprovod suvini limitdan ortiqcha olgan” hamda “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
47) 64-moddaning birinchi qismidagi “hokimiyat va boshqaruvning mahalliy organlari” degan so‘zlar “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
50) 73-moddaning birinchi qismidagi “konchilik nazorati davlat” degan so‘zlar “sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
51) 74-moddaning birinchi qismi “suvdan foydalanuvchi” degan so‘zlardan keyin “hamda suv iste’molchisi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi “suvdan foydalanuvchilarning” degan so‘zlardan keyin “va suv iste’molchilarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
53) 79-moddaning matni “qo‘mitasi” degan so‘zdan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
54) 80-moddaning matni “organlari” degan so‘zdan keyin “hamda katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish organlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
60) 93, 94 va 95-moddalardagi “Suvdan foydalanishga” va “Suvdan foydalanish” degan so‘zlar tegishincha “Suvdan foydalanishga va suv iste’moliga” va “Suvdan foydalanish va suv iste’moli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “Suvni muhofaza qilishni, shuningdek uning holati va rejimini yaxshilashni” degan so‘zlar “Suvni va suv obyektlarini muhofaza qilishni, shuningdek suv rejimi va suvning holatini yaxshilashni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1) 6-moddaning yettinchi xatboshisidagi “jamoa xo‘jaliklari, dehqon (fermer) xo‘jaliklariga va boshqa” degan so‘zlar “fermer va dehqon xo‘jaliklariga, boshqa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning birinchi qismidagi “jamoa xo‘jaliklari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari” degan so‘zlar “fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
birinchi qismi “uchastkalari” degan so‘zdan keyin “ochiq” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Qayta tashkil etilayotgan” degan so‘zlar “Faoliyat ko‘rsatayotgan, qayta tashkil etilayotgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish” degan so‘zlar “olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;