Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.05.1999 yildagi 248-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999 YILDA PAXTA XOM AShYoSI VA BOShOQLI EKINLAR DONI XARID NARXLARI VA IChKI XOʻJALIK IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilikning turli shakllaridagi qishloq xoʻjaligi korxonalarida paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni yetishtirishni ragʻbatlantirish, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda ichki xoʻjalik hisobi va ishlab chiqarish xarajatlarini chek tizimida hisobga olish hamda nazorat qilishga asoslangan oila (jamoa) pudrati asosida sarf-xarajatlarni kamaytirish mexanizmini joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat ehtiyojlari uchun 1999-yil hosilidan oʻrtacha xarid narxlari quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xomashyosi — bir tonnasi 34800 soʻm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshoqli ekinlar doni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugʻdoy — bir tonnasi 15840 soʻm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javdar — bir tonnasi 15050 soʻm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arpa va suli — bir tonnasi 12670 soʻm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlaridan ortiqcha tayyorlangan boshoqli don hajmlari kelishilgan narxlarda xarid qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda 1999-yil hosili uchun paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar donining yangi xarid narxlari preyskurantini ishlab chiqsin va tegishli vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻn kun muddatda paxta xom-ashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy texnologiya kartalarini tasdiqlasin va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda mineral oʻgʻitlar, zaharli ximikatlar va neft mahsulotlarini taqsimlash limitlarini yangi tasdiqlangan texnologiya kartalariga muvofiq bajariladigan ishlar hajmlarini, haydov traktorlari va oʻrim-yigʻim texnikasining mashina-traktor parklariga berilganligini hisobga olgan holda har bir xoʻjalik boʻyicha qayta koʻrib chiqsin, shuningdek yuqorida koʻrsatib oʻtilgan resurslar boʻyicha hukumatning tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan limitlarni aniqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari har bir oila (jamoa) va qishloq xoʻjaligi korxonalarining boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalari boʻyicha moddiy hamda moliyaviy xarajatlar birlamchi ishlab chiqarish boʻlinmalarining cheklari asosida hisobga olinishini va hisobdan chiqarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimliklari va Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi bilan birgalikda 1999-yil 1-iyungacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan miqdorda chek daftarchalarini tayyorlashni tashkil etsinlar va chek daftarchalari bilan ichki xoʻjalik hisobida ishlovchi har bir boʻlinmani taʼminlasinlar. Chek daftarchalarini tayyorlash boʻyicha xarajatlar Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir xoʻjalikda xoʻjaliklar, oila (jamoa) va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari bilan ichki xoʻjalik hisob-kitoblari prinsiplari va mexanizmini, xarajatlarni hisobga olish va nazorat qilishning chek tizimini yuritishni, shuningdek mazkur qaror qoidalarini tushuntirish boʻyicha seminar-kengashlar oʻtkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi moliyaviy agentlari boʻlgan tijorat banklari har bir xoʻjalikda har bir ichki xoʻjalik boʻlinmalari boʻyicha moddiy va moliyaviy resurslarni alohida hisobga olish joriy etilishini taʼminlasinlar va doimiy nazoratga olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, 1999-yilda topshirilgan paxta xomashyosi uchun qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga haq topshirilgan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizi hisobidan 7 bank kuni mobaynida, 20 foiz miqdoridagi uzil-kesil hisob-kitob esa paxta tolasining chiqishini hisobga olgan holda qayta ishlash yakunlari boʻyicha paxta tozalash zavodlari tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, shirkat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari har bir oila (jamoa) va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalari bilan topshirilgan paxta xom-ashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida hisob-kitob qiladilar. Bitta xoʻjalik ichida yetishtirilgan mahsulot uchun hisob-kitob qilinganda ayrim boʻlinmalar (oila, jamoa va shu kabilar)ning zararlarini boshqalar daromadlari hisobiga qoplashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 1999-yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasida belgilangan hajmdan ortiqcha paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan qoʻshimcha mahsulotlar (oʻsimlik yogʻi, sheluxa, shrot va lint) paxta xomashyosi yetishtirish boʻyicha shartnomalarni bajargan ichki xoʻjalik boʻlinmalariga tayyorlov hajmlariga mutanosib ravishda xoʻjaliklar ixtiyoriga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi, Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda topshirilgan paxta xomashyosi uchun shirkat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalarining oila (jamoa) va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalari bilan alohida hisob-kitob qilish tartibini, shuningdek qishloq xoʻjalik korxonalari har bir alohida boʻlinmasining ichki xoʻjalik hisobi prinsiplari asosidagi faoliyati pirovard moliyaviy natijasidan kelib chiqqan holda ish haqi toʻlash, qoʻshimcha ish haqi va mukofot berish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki xoʻjalik boʻlinmalari xodimlariga ish haqi qatʼiy ravishda yil davomidagi ishning natijasi boʻyicha, hisoblangan mehnatga haq toʻlash fondi summaning 70 foizigacha, tarif fondi summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda, mutaxassis va rahbarlarga esa belgilangan lavozim maoshining 80 foizi miqdorida avans berish yoʻli bilan toʻlanadi. Qoʻshimcha haq va mukofotlarning qolgan qismi xoʻjalik faoliyatining yillik natijalari boʻyicha toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar va noqulay ob-havo sharoitlari bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar natijasida jiddiy zararga yoʻl qoʻygan xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalar shirkat xoʻjaligi boshqaruvi yoki umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha kompensatsiya jarimasiga tortilishi, shuningdek ajratilgan yer uchastkasidan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalarida ichki xoʻjalik hisobi va iqtisodiy ishlarni takomillashtirish asosida ishlab chiqarishni tashkil etishda ilgʻor tajribalarni tarqatish masalalari boʻyicha materiallarni doimiy ravishda yoritishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S.Hamidov va B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248-son