O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 26-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 232-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 70-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 1, 22-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 2-bandning:
birinchi xatboshisidagi “Oliy Majlisiga” degan so‘zlar “Oliy Majlisining Senatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga” degan so‘zlar “Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 14-banddagi “Oliy Majlis” degan so‘zlar “Oliy Majlis Senati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 15-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”;
5) 17-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
6) 18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisi (hay’at raisi), uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyati asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’atning miqdor tarkibi va shaxsiy tarkibi, lavozimiga ko‘ra hay’at tarkibiga kiradigan shaxslardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
7) 24-band “Oliy Majlis” degan so‘zlardan keyin “Senatining” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-dekabr,
O‘RQ-231-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)