Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.03.1999 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI SAQLANIShINI YaXShILASh VA ULARDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGINI OShIRISh YuZASIDAN KEChIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikada qishloq xo‘jaligi korxonalarini va mashina-traktor parklarini yangi yuqori unumli texnika bilan ta’minlash chora-tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tekshirishlar mavjud texnika imkoniyatlaridan xo‘jasizlarcha foydalanilayotganligini, traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini saqlash, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘pgina xo‘jaliklarda mashina-traktor saroylarida tartib o‘rnatishga zarur e’tibor berilmayapti, texnikani saqlash uchun bostirmalar va jihozlangan maydonchalar yetishmaydi. Mexanizatorlarni va mutaxassislarni mashina va mexanizmlarning saqlanishi va ulardan unumli foydalanilishi uchun moddiy rag‘batlantirish choralari amalda qo‘llanilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizator kadrlarni tayyorlash ishlari tizimsiz olib borilmoqda. Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida birinchi klassli traktorchi-mashinistlar soni respublikadagi o‘rtacha 38 foizga nisbatan bor-yo‘g‘i 28-30 foizni tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda unga qarashli “Boshdavtexnazorat” inspeksiyasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi xo‘jaliklar rahbarlari va mutaxassislarining mashinalarni ishlatish, ularga texnika xizmati ko‘rsatish va ularni saqlashni tashkil etishga bo‘lgan mas’uliyatsizlarcha munosabatlariga murosasozlik qilmoqdalar, bu muhim ishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rmayaptilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligidagi mavjud texnikaning saqlanishida va ularni ishlatishda zarur tartib o‘rnatish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mavjud qishloq xo‘jaligi texnikasidan samarali foydalanish uchun talabchanlikni susaytirib yuborganliklari, bu ishda nazorat o‘rnatmaganliklari, mansabdor shaxslarning mashinalardan foydalanish va ularni ishlatish qoidalarini buzish kabi xatti-harakatlariga qat’iy baho bermayotganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlaridan texnikani saqlashdagi, mavjud har bir traktor va har bir qishloq xo‘jaligi mashinasini avaylab saqlash va ulardan unumli foydalanishdagi kamchiliklarga barham berish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish talab qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari tomonidan texnikani saqlash va ishlatish qoidalarini buzish hollari bo‘yicha 44 ta, shu jumladan, Oq oltin, Zomin, Zarbdor, To‘rtko‘l, Namangan va boshqa bir qancha tumanlar qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi (Tojiyev), Jizzax (Mirziyoyev), Qashqadaryo (Begmatov), Navoiy (Dilov), Surxondaryo (Noraliyev), Sirdaryo (Ismoilov) va Toshkent (Mirzaqulov) viloyatlari hokimlariga qishloq xo‘jaligi texnikasini saqlash va ishlatishdagi ko‘plab xo‘jasizlik hollari mavjudligi, bu esa dehqonchilik va chorvachilik samaradorligiga salbiy ta’sir etayotganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularga Bo‘zatov (Jumanov A.), Forish (Eshboyev S.), Bahoriston (Tojiyev X.), Xatirchi (Safarov A.), Denov (Mengliyev T.) va Bekobod (Bo‘riboyev) tumanlari hokimlarining mashina-traktor saroylarida tartib o‘rnatish ishlarini qoniqarsiz tashkil etganliklari uchun javobgarliklarini ko‘rib chiqish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan texnika ko‘rigi yakunlariga ko‘ra 14334 traktor, shu jumladan, 5168 haydov va 4511 chopiq traktorlari, 1584 g‘alla va sholi o‘rish-yig‘ish kombaynlari, 5521 paxta terish mashinasi (traktorlarsiz), 8575 traktor tirkamasi, 7 mingdan ortiq ekish, tuproqqa ishlov berish va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari bundan buyon foydalanish uchun yaroqsiz deb topilganligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari va mashina-traktor parklari balansidan chiqarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari xo‘jaliklar balansida qolgan texnikaning ish qobiliyatini tiklashni tashkil etsinlar, ulardan samarali foydalanilishini, hisobdan chiqarilgan mashinalarni qismlarga ajratishdan so‘ng kirim qilingan uzel va agregatlar oqilona ishlatilishini, shuningdek texnikani ishdan tashqari davrda saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda texnikadan foydalanish, uni tuzatish, unga texnika xizmati ko‘rsatish va uni saqlash masalalari bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlarni qayta ko‘rib chiqsinlar, ularning davlat tilida nashr etilishini tashkil etsinlar, mashina-traktor saroyi to‘g‘risidagi Nizomni, shuningdek “Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan texnikani saqlash qoidalari” davlat tarmoq standartlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustaxonalar, texnika xizmati ko‘rsatish joylari va neft mahsulotlari omborlarini tuzatish-texnologiya asbob-uskunalari bilan butlasinlar, zarur hollarda yetishmaydigan uskunalar, priborlar, asboblar va moslamalar tayyorlanishini tashkil etsinlar, barcha xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarida texnikani tuzatish, unga texnika xizmati ko‘rsatish va uni saqlash xizmatlarini tajribali mutaxassislar bilan mustahkamlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat ko‘rsatish xodimlarini texnikani avaylab saqlaganligi va undan samarali foydalanganligi, yonilg‘i-moylash materiallarini tejab sarflaganligi uchun moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi bilan birgalikda texnikani ishlatish, tuzatish, unga xizmat ko‘rsatish, avaylab saqlash va uni hisobdan chiqarish qoidalariga rioya qilinishi, malakali mexanizatorlar bilan butlanishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashinalarni texnik ishlatish va saqlash qoidalarini buzish hollari bo‘yicha materiallar xo‘jaliklar va mashina-traktor parklari rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun tergov organlariga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi va “O‘zmashsanoat” uyushmasi bilan birgalikda xo‘jaliklardagi mavjud texnikaning ish qobiliyatini tiklash uchun ehtiyot qismlar tayyorlash, shuningdek ko‘chma yonilg‘i quyish va payvandlash agregatlari, neft xo‘jaligi asbob-uskunalari, sinov stendlari, diagnostika va o‘lchov priborlari ishlab chiqarish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning bajarilishi to‘g‘risida 1999-yilning 1 yarim yilligi yakunlari bo‘yicha axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-son