Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAMANGAN “KARBONAM” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA NITROTSELLYULOZA UChUN SELLYULOZA IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh LOYIHASINI QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Moliyalashtiruvchi institutlar va xorijiy investorlarning Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyatida nitrotsellyuloza uchun sellyuloza ishlab chiqarish loyihasining amalga oshirilishida manfaatdorligini oshirish, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 11-yanvardagi 18-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlashda ishtirok etayotgan “SNPE INJINIRING Defens” kompaniyasi (Fransiya), chet el banklari, “Kofas” eksport-kredit agentligi va chet el sugʻurta kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasida manba oldida daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 18-dekabr,
475-son