Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.03.2001 yildagi 141-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VISO” O‘ZBEKISTON—AVSTRIYA QO‘SHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus foydalanuvchilarni zamonaviy va sifatli maxsus poyabzallar bilan ta’minlash, iste’mol bozorini yuqori sifatli poyabzallar bilan to‘ldirish hamda bevosita xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga qo‘shimcha ravishda jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligining investitsiyalar bosh boshqarmasi tomonidan “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi 2-poyabzal fabrikasining “Etikdo‘z” shu’ba korxonasi, “Lanit-Ta” qo‘shma korxonasi va Avstriyaning “Vega Marketing GmbX” firmasi bilan birgalikda har yili 150 ming juft maxsus poyabzal ishlab chiqaradigan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “VISO” O‘zbekiston—Avstriya qo‘shma korxonasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VISO” qo‘shma korxonasining ustav jamg‘armasi 1,747 mln AQSH dollari miqdorida shakllantirilganligi, undagi ulushlar: Toshkent shahar hokimligining investitsiyalar bosh boshqarmasi bo‘yicha — 827,0 ming AQSH dollari (47,3 foiz), Avstriyaning “Vega Marketing GmbX” firmasi bo‘yicha 550,0 ming AQSH dollari (31,5 foiz), “Etikdo‘z” shu’ba korxonasi bo‘yicha 295,0 ming AQSH dollari (16,9 foiz), “Lanit-Ta” qo‘shma korxonasi bo‘yicha 75,0 ming AQSH dollari (4,3 foiz) miqdorida taqsimlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy qiymati 5,9 mln AQSH dollari bo‘lgan loyihani mablag‘ bilan ta’minlash “Asaka” banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 4,2 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasi mablag‘lari hamda “VISO” qo‘shma korxonasining 1,7 mln AQSH dollari miqdoridagi o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VISO” qo‘shma korxonasi ishlab chiqaradigan maxsus poyabzallar umumiy hajmining kamida 35 foizini eksport qilish xorijiy sherik “vega Marketing GmbX” firmasi tomonidan kafolatlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N.Isayev) ushbu loyihani xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan 2001-yilgi investitsiya loyihalari dasturining aniq manzilli qismiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “VISO” qo‘shma korxonasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kreditini uzish davrida import bo‘yicha keltiriladigan hamda maxsus poyabzallar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo va materiallar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-son