Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.11.2009 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XAYRATON VA MOZORI ShARIF OʻRTASIDAGI TEMIR YOʻL LINIYASINI LOYIHALAShTIRISh, QURISh, OʻRNATISh VA FOYDALANIShGA TOPShIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transafgʻon temir yoʻl yoʻlagini rivojlantirish, Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlida tranzit tashishlarni koʻpaytirish, respublika korxonalarining eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo Taraqqiyot Banki Direktorlar kengashi tomonidan 2009-yil 30-sentabrda “Xayraton va Mozori Sharif oʻrtasidagi temir yoʻl liniyasini loyihalashtirish, qurish, oʻrnatish va foydalanishga topshirish” loyihasini moliyalashtirish uchun Afgʻoniston Islom Respublikasiga grant berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi, shuningdek loyihani amalga oshirish boʻyicha bosh pudratchi etib “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tanlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan Afgʻoniston Islom Respublikasining Jamoat ishlari vazirligi oʻrtasida temir yoʻl qurish uchun 129,0 mln AQSh dollari summasida kontrakt tuzish kelishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi — bosh pudratchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshtransloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalashtiruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — subpudratchilar, tuzilgan shartnomalarga muvofiq bosh pudratchiga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qiluvchi yetkazib beruvchilar sifatida qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining loyihada band boʻlgan barcha xodimlari Afgʻoniston Islom Respublikasi hududida boʻlishi davrida ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurta qilish boʻyicha “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta milliy kompaniyasi bilan shartnoma tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda, Afgʻoniston Islom Respublikasining vakolatli organlari va Afgʻoniston hududida joylashtirilgan kollektiv xavfsizlik kuchlari bilan Afgʻoniston Islom Respublikasi hududida loyihani amalga oshirishga jalb qilingan xodimlarning, qurilish texnikasi va infratuzilmaning xavfsizligi kafolatini taʼminlash boʻyicha oʻzaro tushunish memorandumini tuzish chora-tadbirlari koʻrilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining loyihani amalga oshirish uchun Afgʻoniston Islom Respublikasiga yuborilayotgan xodimlariga belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan xizmat safari xarajatlariga qoʻshimchalar summasi, shuningdek xizmat safari davrida koʻrsatib oʻtilgan xodimlarni uch marta bepul ovqatlantirishni taʼminlash xarajatlari summasi yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq boʻyicha va jismoniy shaxslarning daromad soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiy boʻlinmalari ichida bepul olinadigan (beriladigan) mol-mulk uchun qabul qiluvchi va beruvchi tomonning foydasiga soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekistonga olib kiriladigan va olib chiqiladigan asbob-uskunalar va materiallar uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga doir ishlarni bajarish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asoslangan buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shartnomani rasmiylashtirgan holda yoqilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida metall prokati va sementning zarur hajmi sotilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan mutaxassislarga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 514-modda; 2017-y., 28-son, 654-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)