09.10.2009 yildagi O‘RQ-228-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 2-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ansambllar — tarixan tarkib topgan hududda aniq koʻzga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, meʼmoriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan, ijtimoiy, maʼmuriy, diniy, ilmiy, oʻquv-taʼlim, istehkom, saroy, turarjoy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati, meʼmorchilik asarlari bilan bogʻliqlikda alohida yoki oʻzaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bogʻ-rogʻ sanʼati asarlari (bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, sayilgohlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega boʻlgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bogʻliq boʻlgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek koʻhna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yodgorliklar — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bogʻliq boʻlgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari, shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental sanʼat asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) obyektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va sanʼat asarlari, arxiv, qoʻlyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qoʻlyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega boʻlgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga oʻyib solingan tasvirlar, arxeologiya yodgorliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soʻz, raqs, musiqa, tomosha sanʼati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati bilan bogʻliq bilimlar, koʻnikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 4-moddadagi “Madaniy meros”, “madaniy meros” degan soʻzlar tegishincha “Moddiy madaniy meros”, “moddiy madaniy meros” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshisidagi “madaniy meros obyektlarining” degan soʻzlar “moddiy madaniy meros obyektlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruscha matni yettinchi xatboshisidagi “opredelyayet” degan soʻz “ustanavlivayet” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, konservatsiyalash, taʼmirlash hamda hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 10-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni davlat hisobiga olish, hamda Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarining ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etilishini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlari muhofaza tegralarining loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha ishlarni oʻtkazish, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan va moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarida muhofaza belgilarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari holatining monitoringini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar orqali ham taʼminlanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 11 va 12-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u moddiy madaniy meros obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlariga doir mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr axborotini tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastr axboroti bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati nomoddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar koʻrsatilgan hisobga olish hujjatidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros obyektini identifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarmoqlari, yoʻnalishlari, janrlari va uslublarini tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros obyektlarini doimiy ravishda tiklovchi shaxslarni, guruhlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros obyektlarining sifat holatini aniqlash va uning natijalari boʻyicha hisobotlar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi olingan kundan eʼtiboran mazkur obyektlar aniqlangan madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxeologiya yodgorliklari topilgan paytidan eʼtiboran aniqlangan moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan yangi aniqlangan moddiy madaniy meros obyektlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilishi toʻgʻrisidagi masala hal qilingungacha ushbu Qonun talablariga muvofiq muhofaza qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi aniqlangan moddiy madaniy meros obyektining mulkdorini mazkur obyekt Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida xabardor qilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 13 va 14-moddalardagi “Madaniy meros”, “madaniy meros” degan soʻzlar tegishincha “Moddiy madaniy meros”, “moddiy madaniy meros” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15-modda. Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyekti Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektining toifasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektining toifasi oʻzgartirilishini asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlari muhofaza tegralari loyihalarining shaharsozlik va loyihalash hujjatlariga, shuningdek moʻljallanayotgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarning moddiy madaniy meros obyektlarini asrash talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jihatidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan yer uchastkalari, agar ularda moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslovchi materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarilishini asoslovchi materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektining toifasi belgilanishini yoki oʻzgartirilishini asoslovchi materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda belgilangan hollarda shaharsozlik va loyiha hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlariga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni asoslovchi hujjatlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 17-moddaning nomi va birinchi qismidagi “Madaniy meros” degan soʻzlar “Moddiy madaniy meros” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilgan madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilib turishi hamda moddiy madaniy meros obyektlarining asralishi yuzasidan joriy va istiqbol dasturlarini ishlab chiqish maqsadida besh yilda bir marta moddiy madaniy meros obyektlarining holatini koʻrikdan oʻtkazishi va ularni qayd etib qoʻyishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 19-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19-modda. Madaniy meros obyektlarini Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarix, sanʼat, fan, estetika, etnologiya yoki antropologiya nuqtai nazaridan har tomonlama beqiyos qimmatga ega boʻlgan madaniy meros obyektlari Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya hamda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyada belgilangan tartibda tegishincha Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish yoʻli bilan jahon madaniy merosi obyektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros obyektlari tarixiy-madaniy ekspertizasining xulosasi asosida madaniy meros obyektlarini Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi takliflar hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) huzuridagi Umumjahon merosi qoʻmitasi va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmita talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasiga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 20-moddaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moddiy madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ularni konservatsiyalash, tuzatish, taʼmirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bogʻliq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektini konservatsiyalash — moddiy madaniy meros obyektini mavjud koʻrinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektini tuzatish — moddiy madaniy meros obyektining muhofaza mazmunini tashkil etuvchi oʻziga xos xususiyatlarini oʻzgartirmagan holda obyektni foydalanish holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektini taʼmirlash — moddiy madaniy meros obyektining tarixiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektini hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish — moddiy madaniy meros obyektining tarixiy-badiiy qimmatini va asralishini oʻzgartirmasdan uning tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan unsurlarini taʼmirlash asosida undan hozirgi zamonda foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, hujjatlashtirish, targʻib qilish va ragʻbatlantirish ishlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektini asrashga doir ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 21-modda kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21-modda. Yoʻqotilgan madaniy meros obyektini asli holiga keltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqotilgan moddiy madaniy meros obyekti alohida tarixiy, ilmiy, badiiy, shaharsozlik yoki oʻzgacha ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan hollarda yoʻqotilgan moddiy madaniy meros obyekti taʼmirlash usullari orqali asli holiga keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqotilgan nomoddiy madaniy meros obyekti alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan hollarda yoʻqotilgan nomoddiy madaniy meros obyekti ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, taʼmirlash usullari orqali asli holiga keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqotilgan madaniy meros obyektini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asli holiga keltirish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikrini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) ruscha matnining 22-moddasidagi “pamyatnikov arxeologii” degan soʻzlar “arxeologicheskix pamyatnikov” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) V bobning nomidagi “MADANIY MEROS” degan soʻzlar “MODDIY MADANIY MEROS” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 23 — 28-moddalardagi “Madaniy meros”, “madaniy meros” degan soʻzlar tegishincha “Moddiy madaniy meros”, “moddiy madaniy meros” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “Madaniy meros”, “madaniy meros” degan soʻzlar tegishincha “Moddiy madaniy meros”, “moddiy madaniy meros” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruscha matni uchinchi qismidagi “opredelyayutsya” degan soʻz “ustanavlivayutsya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 30-modda matnidagi va 32-moddaning birinchi qismidagi “madaniy meros” degan soʻzlar “moddiy madaniy meros” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi qismlaridagi “madaniy meros”, “Madaniy meros” degan soʻzlar tegishincha “moddiy madaniy meros”, “Moddiy madaniy meros” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha” va “madaniy meros obyektlarini saqlash uchun” degan soʻzlar tegishincha “moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha” va “moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 34-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi va ulardan foydalanilishi mulkdorlar va foydalanuvchilarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlarini foydalanishga berishdan, xizmatlar koʻrsatishdan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari hamda xayriyalaridan tushgan mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy madaniy-meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash va targʻib qilishga hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda band boʻlgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun sarflanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-228-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)