O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSINING 52-MODDASIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2,11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 4, 185-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda) 52-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘la oladilar:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;
7) ishni ko‘rayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida qatnashishga ruxsat berilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-sentabr,
O‘RQ-218-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 37-son, 405-modda)