Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.2009 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UZ-CHINA URAN” MAS’ULIYATI ChEKLANGAN JAMIYAT O‘ZBEKISTON-XITOY QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlarini va qattiq foydali qazilma boyliklar qazib olishni yanada kengaytirish, respublika hududida xorijiy investorlarni jalb etgan holda qora slanets tipidagi uran rudasini boyitish texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Rivojlantirish va islohotlar ishlari davlat qo‘mitasi o‘rtasida uran sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatib o‘tilgan Bitim doirasida geologik o‘rganish ishlarini tashkil etish uchun tomonlar, birinchi navbatda, qora slanets tipidagi uran konini aniqlashga istiqbolli maydon sifatida Navoiy viloyatidagi Boztov maydonini belgilaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Xitoyning “CGNPC Uranium Resources Co., Ltd” Guandon yadro-energetika korporatsiyasining sho‘ba kompaniyasi bilan Navoiy viloyatidagi istiqbolli Boztov maydonida qora slanets tipidagi uran konini aniqlash maqsadida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik o‘rganish ishlarini olib borish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Uz-China Uran” qo‘shma korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Uz-China Uran” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining ustav kapitali miqdori 8576,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi, undan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“CGNPC URC” kompaniyasining 50 foiz miqdoridagi ulushi pul mablag‘lari va asbob-uskunalar hisobiga shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 50 foiz miqdoridagi ulushi Navoiy viloyatidagi istiqbolli Boztov va Meshetin maydonlarida ilgari olib borilgan uran bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari davomida olingan geologik, geofizik va boshqa ma’lumotlar hisobiga shakllantiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-martdagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 11-son, 142-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “CGNPC URC” kompaniyasiga xorijiy investor sifatida “Uz-China Uran” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni jahon narxlarida sotib olishda ustunlik huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uz-China Uran” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasiga istiqbolli Boztov maydonini geologik o‘rganish uchun yer osti uchastkasidan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda uch yil muddatga litsenziya bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik o‘rganish ishlari natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga geologik o‘rganish ishlarini olib borish aniqlangan konda tarkibida uran mavjud bo‘lgan rudalarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Navoiy viloyati hokimligi “Uz-China Uran” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasiga istiqbolli Boztov maydonida geologik o‘rganish ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Uz-China Uran” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha qo‘shma korxona faoliyatida qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, shu jumladan ko‘p martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uz-China Uran” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining buyurtmanomalari bo‘yicha qo‘shma korxona faoliyatida qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishini va ko‘p martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Uz-China Uran” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasiga qo‘shma korxona faoliyatida qatnashish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 387-modda; 2013-y., 11-son, 142-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)