Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.08.2009 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI HAMDA BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYA INSTITUTI HUZURIDA IQTIDORLI BOLALAR UChUN IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLAR BAZASIDA AKADEMIK LITSEYLAR TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati yoshlarining sifatli, chuqurlashtirilgan, kasbiy yo‘naltirilgan ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2009/2010 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro davlat universiteti huzurida — Qorako‘l tumanidagi 1-son iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat bazasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti huzurida — Qorovulbozor tumanidagi 8-son iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat bazasida akademik litseylar tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda ularning bazasida akademik litseylar tashkil etilayotgan iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning bino va inshootlari, moddiy-texnika vositalari, o‘quv uskunalari va boshqa mol-mulki belgilangan tartibda tekin asosda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi balansiga berilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar yuqori malakali pedagog kadrlar bilan butlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar o‘qituvchilar tarkibining belgilangan tartibda malakasi oshirilishi va ularning qayta tayyorlanishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarda ta’lim yo‘nalishlari taqdimotlarini, shuningdek “Ochiq eshiklar kunlari”ni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ularning bazasida akademik litseylar tashkil etilayotgan iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilari yaqinda joylashgan boshqa umumta’lim maktablariga qayta taqsimlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yil uchun tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-son