Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 31.01.2002 yildagi PF-3022-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUG‘URTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, respublikada sug‘urta bozorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini kuchaytirish, sug‘urta tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2002-yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, sug‘urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin va buning natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar aniq maqsadni ko‘zlagan holda mazkur tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik shoxobchalarini tashkil etishga, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq olishdan bo‘shaydigan mablag‘larni tarkibida davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari ustav jamg‘armalarini ko‘paytirishga yo‘naltirish chog‘ida mazkur mablag‘lar davlatga tegishli ulush miqdoriga qo‘shib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yilning 1-fevralidan boshlab to‘rt yil mobaynida sug‘urta tashkiloti tugatilgan yoki u sug‘urta faoliyatini to‘xtatgan hollarda daromad (foyda) solig‘ining summasi ushbu Farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli davr uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3022-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 34-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 25-son, 282-modda )