Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 07.01.1992 yildagi PF-307-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YaYLOV ChORVAChILIGI (QORAKOʻLChILIK, QOʻYChILIK, UYuR YILQIChILIGI VA TUYaChILIGI) XODIMLARINI IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYA QILIShNING QOʻShIMChA TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qorakoʻlchiligi, qoʻychiligi, uyur yilqichiligi va tuyachiligida band boʻlgan xodimlarning gʻoyat ogʻir mehnat sharoitini, noqulay ob-havo va iqlim sharoitida uzoq muddat boʻlishlarini hisobga olib hamda ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yaylov chorvachiligi xodimlari uchun har yilgi mehnat taʼtili muddati 36 ish kuni belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1992-yildan boshlab qorakoʻlchilik va qoʻychilik xoʻjaliklari xodimlarining ish haqiga qoʻshimcha koeffitsiyent mehnat sharoitidagi suvsiz olislik va boshqa tabiiy-iqlimiy xususiyatlar hisobga olinib joriy qilinsin. Mehnat vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ijroiya komitetlari, kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublikaning yaylov chorvachiligida, qorakoʻlchilik va qoʻychilik xoʻjaliklaridagi kamida 5 yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga qishloq aholi manzilgohlaridagi davlat uy-joy fondining ular yashab turgan uylari yoki kvartiralarini shaxsiy mulk qilib bepul bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yaylov chorvachiligi xodimlariga sovxozlar va kolxozlarning iqtisodiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalari mablagʻlaridan hovli imoratlari boʻlgan joylar qurish uchun bepul qarz berib, binokorlik materiallarini xarid qilishda koʻmaklashsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yosh choʻponlarning oilalariga shaxsiy yordamchi xoʻjalikni tashkil etish uchun imtiyozli shartlarda sigirlar yoki otlar (tuyalar), qoʻylar berib, ularni yem-xashak bilan taʼminlashda yordam koʻrsatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tarmoqda kamida 5 yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga yengil avtomobillar, mototsikllar, xolodilniklar, televizorlar, kir yuvish mashinalari hamda boshqa gʻoyat xaridorgir madaniy-maishiy va xoʻjalik mollarini birinchi galda sotib olish huquqini bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining ishtirokida 1992—1995-yillarda Samarqand, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida choʻponlar va ularning oilalarini sogʻlomlashtirish uchun sanatoriy-profilaktoriylar ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga respublika qorakoʻlchilik va qoʻychilik xoʻjaliklarining choʻponlari hamda boshqa xodimlariga sanatoriylar va dam olish uylariga qoʻshimcha ravishda yoʻllanmalar ajratishni koʻzda tutish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tarmoqning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qorakoʻlchi” faxriy unvonini taʼsis etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qorakoʻlchi” faxriy unvoni va koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 10 kun muddat ichida qorakoʻlchilik va qoʻychilik xodimlari toifalari roʻyxatini, borib ishlash ushbu Farmonda belgilangan imtiyozlarga ega boʻlish huquqini beradigan rayonlar va xoʻjaliklarning roʻyxatlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-307-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 92-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 282-modda)