LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda erga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida bayon etilganidek, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab erdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
Sudlar tomonidan ko‘rilgan yer bilan bog‘liq nizolar yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish shuni ko‘rsatdiki, mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi normalari asosan to‘g‘ri qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga ishlarni taalluqliligi masalasida, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va ularni bekor qilish, yer uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash bilan bog‘liq nizolarni hal etishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Yuqorida bayon etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda erga oid nizolarni sudlar tomonidan hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi normalarini to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksini tatbiq qilish bilan bog‘liq ishlarni to‘g‘ri hal qilish yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yerga oid huquqiy munosabatlar deganda — yer resurslarini boshqarish, uni qo‘riqlash va himoya qilish, yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish, yer uchastkalariga egalik qilish va foydalanish jarayonida kelib chiqadigan huquqiy va boshqa ashyoviy munosabatlar tushuniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sudlarning e’tibori, davlat boshqaruvi organlari, ma’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslarining fuqarolarning yer huquqiy munosabatlari sohasidagi huquqlarini buzuvchi qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ma’muriy sudlarga taalluqli ekanligiga qaratilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sudlarning e’tibori vakolatli organ yoki mansabdor shaxslarning yer munosabatlarini tartibga solish yuzasidan qabul qilgan qarorlari yoki xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlar bilan birgalikda buzilgan huquqlarni tiklash, moddiy va ma’naviy zararni qoplash talabi qo‘yilganda, bunday ishlar da’vo yuritish tartibida ko‘rilishi lozimligiga qaratilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi vakolatli organning qarorini bekor qilish va u bilan bog‘liq yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash;
yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va qayta sotib olish natijasida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash;
yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda yoki yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda foydalanilganida yer uchastkasini olib qo‘yish;
yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bog‘liq bo‘lmagan huquq buzilishlarni bartaraf etish;
birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash va uni bo‘lish;
Yer kodeksining 86, 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash;
yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bog‘liq va boshqa nizolar da’vo ish yuritish tartibida ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yer nizolari bilan bog‘liq ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida sudya FPK 201, 204-moddalariga muvofiq nizoning predmetiga taalluqli bo‘lgan zarur hujjatlarni talab qilib olishi, ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlashi lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
9. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha taraflar nizoli yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni sudga taqdim qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi;
(9-bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-mayda ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilgan hujjatlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 10-moddasining 5-qismi va 21-moddasi talabiga muvofiq yer uchastkasini bo‘lish imkoniyati bo‘lmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb e’tirof etiladi, bu xol ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarini bo‘lish va undan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek yer uchastkasi chegarasini belgilash to‘g‘risidagi nizolarni hal qilishda sud O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 22-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan ulushlarga mutanosib ravishda yer uchastkasini bo‘lish yoki foydalanish tartibini belgilash haqidagi davlat yer kadastri yoki yer ekspertizasi xulosasidan kelib chiqishi lozim. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini taraflarning imoratga bo‘lgan egalik huquqidagi ulushlariga mutanosib ravishda ajratish imkoniyati bo‘lmasa, sud ilgaridan o‘rnatilgan yer uchastkasidan foydalanish tartibidan kelib chiqishi lozim;
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 62-moddasining 4-qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sug‘orish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda o‘zicha yoki transportda kirib chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Birgalikda egalik qiluvchilar o‘rtasida yerdan foydalanish tartibi o‘rnatilganidan so‘ng vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki foydalanish tartibi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda sudlar quyidagilarni e’tiborga olishlari lozim. Ya’ni:
umumiy mulk ishtirokchilaridan birining umumiy foydalanishda bo‘lgan turar joyda yordamchi imoratlar va qurilmalarni barpo etishi o‘z-o‘zidan birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasining o‘lchamini o‘zgartirishga asos bo‘lmaydi;
uy-joy mulkdorlaridan biri uy-joyning o‘ziga tegishli qismini o‘zga mulkdorga o‘tkazganda, shuningdek uy-joyning bir qismi vorislik, hadya va boshqa tarzda o‘zgaga o‘tkazilganda yer uchastkasidan foydalanish tartibini yangidan belgilashga, faqat bu tartib boshqa mulkdorlarning huquq va manfaatlariga zid bo‘lmagan taqdirdagina, yo‘l qo‘yiladi;
turar joy mulkdorlarining biri imoratning o‘ziga tegishli bo‘lgan qismini uchinchi shaxs foydasiga o‘tkazganda, yer uchastkasidan foydalanishning ilgaridan o‘rnatilgan tartibi yangi mulkdor uchun ham majburiydir.
13. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini bo‘lish yoki undan foydalanish tartibini belgilash haqidagi nizolar bo‘yicha hal qiluv qarorining xulosa qismida:
yer uchastkalaridan turar joyga, yordamchi imoratlarga va qurilmalarga o‘tish joyining o‘lchami va chegaralari hamda boshqa e’tiborga molik holatlari ko‘rsatilishi shart.
14. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish haqidagi nizolarni hal qilishda, sudlar bunday huquqlar faqat O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida ko‘rsatilgan hollarda bekor qilinishiga e’tibor qaratishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasi 1-qismining 6-11-bandlari asosida yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risidagi vakolatli organlar qarorlarining qonuniy va asosliligi masalasini hal qilishda, sud ular tomonidan mazkur kodeksning 38-moddasi talablariga rioya qilinganligi holatiga baho berishi lozim.
15. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasining 6-qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlaridan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga jo‘nab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan ko‘proq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi. Bu holatda yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, lekin egasiz mol-mulk tariqasida davlat ro‘yxatiga olingan kundan e’tiboran uzog‘i bilan bir yil mobaynida yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdorining O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 40-moddasida belgilangan majburiyatlari bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan, servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar ular servitut to‘g‘risida o‘zaro kelisha olmasalar, unda servitut cheklangan tarzda foydalanuvchining da’vosi bo‘yicha sudning hal qiluv qarori bilan belgilanadi. Servitut belgilanishi va uning shartlari xususidagi ishlarni hal qilishda sudlar, tegishli vakolatli organlarni ishga jalb etishlari va servitut belgilash yuzasidan ularning xulosasini olishi shart. Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim. Yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda servitut saqlanib qoladi. Servitutni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar barham topsa belgilangan servitut bekor qilinishi mumkin.
17. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va qayta sotib olish to‘g‘risidagi qarorlar ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37 va 41-moddalarida nazarda tutilgan shartlar va kafolatlar tegishli tartibda bajarilganidan so‘ngina yer uchastkasini olib qo‘yishi mumkinligiga e’tibor qaratishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 91-moddasining 3-qismiga muvofiq, davlat hisobidagi yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganida, uni qaytarib olish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganida uni yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, ijarachiga yoki yer uchastkasining mulkdoriga qaytarish sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish deganda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organning qarorisiz, yer uchastkasi chegarasi joyida belgilanmasdan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilmasdan hamda yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinmasdan yer uchastkalarini egallab olinishi tushuniladi.
19. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 86 va 87-moddalarida belgilangan tartib va holatlarda zarar yetkazuvchi hisobidan to‘la hajmda, fuqarolik qonun hujjatlarining zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni belgilovchi umumiy qoidalariga amal qilgan holda qoplanishi lozimligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga yer nizolari bilan bog‘liq ishlarni muntazam ravishda umumlashtirib borish tavsiya etilsin.