19.12.2003 yildagi 17-son
Hujjat 14.11.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir kishiga shaxsiy erkinlik va daxlsizlik ta’minlanishini kafolatlovchi normalaridan kelib chiqadi.
Qonunga ko‘ra (JPK 24, 64-moddalari), jinoyat ishini yuritishga mas’ul barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirishlari va o‘ziga tegishli himoya huquqidan amalda foydalanishi uchun real sharoit yaratib berishlari shart.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan dalillardangina foydalanish mumkin. Protsessual qonun talablari buzilgan holda to‘plangan dalillar ayblov asosiga qo‘yilishi mumkin emas.
6. Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi talablariga, ya’ni ishlar sud majlisida taraflarning o‘zaro tortishuvi prinsipi asosida ko‘rilishi shartligi haqidagi qoidaga so‘zsiz amal qilinishini ta’minlashlari kerak.
8. Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasiga muvofiq, shaxsga ayb e’lon qilingan vaqtdan boshlab yoki u gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida qaror unga ma’lum qilingan yoxud u ushlangan paytdan boshlab ishda himoyachining ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, shaxs JPK 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda tegishli bayonnoma shaxs militsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi belgilangan bo‘lsa-da, u amalda ushlangan (qo‘lga olingan) paytdan boshlab gumon qilinuvchi deb hisoblanadi. Aynan shu paytdan boshlab ushlab turilgan shaxs gumon qilinuvchiga berilgan barcha huquqlardan, shu jumladan, himoyachi olish huquqidan foydalanadi. Shu tufayli, bunday hollarda u guvoh sifatida so‘roq qilinishi, jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi haqidagi qaror unga e’lon qilinmasdan hamda tegishli huquq va majburiyatlari tushuntirilmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini real ta’minlash maqsadida, shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 221, 227-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ushlangan yoki ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan (JPK 242-moddasi) hollarda jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlarining mansabdor shaxslari mahbus saqlanayotgan joy haqida uning yaqin qarindoshlariga yoki uning iltimosiga ko‘ra boshqa shaxslarga, voyaga yetmaganlar to‘g‘risida esa, shuningdek, uning qonuniy vakiliga JPK 217-moddasining 1-qismida belgilangan tartib va muddatda xabar berishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat-protsessual kodeksi 49-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan boshqa shaxslar deganda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan himoyachi sifatida ishga kiritilishi so‘ralayotgan shaxs tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Qonunga muvofiq, ish bo‘yicha JPK 51-moddasida ko‘rsatilgan hollar mavjud bo‘lganda, unda himoyachining ishtiroki shart ekanligi belgilangan bo‘lib, bu talabga rioya etmaslik jinoyat-protsessual qonuni normalarini jiddiy buzish deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Himoyachi qonunga ko‘ra (JPK 53-moddasi) o‘z himoyasi ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yetarli huquqlar bilan ta’minlangan bo‘lib, uning bu huquqlarini jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari tomonidan biror bir tarzda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Qonun talabiga ko‘ra (JPK 17, 88-moddalari) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1984-yil 10-dekabrda qabul qilgan “Qiynoqlarga solishga va muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya”ga ko‘ra “qiynoq” har qanday tusdagi shunday harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash, shuningdek, uni yoki uchinchi shaxsni qo‘rqitish yoki zo‘rlash maqsadida yoki bunday og‘riq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs yoki ularning gijgijlashi bilan yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitishga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha qasddan kuchli og‘riq yoki jismoniy yoxud ma’naviy azob beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Qonunga muvofiq (JPK 20, 51, 487-moddalari) quyidagi hollar gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishi deb baholanadi, agar:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Jinoyat-protsessual kodeksi 473-moddasi talabiga ko‘ra, hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan bo‘lsa, e’lon qilinganidan so‘ng, hukm tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli bo‘lgan boshqa tilda o‘qib eshittiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Sud ishning apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasida ko‘rilishi kuni to‘g‘risida Jinoyat-protsessual kodeksi 53-moddasi talabiga ko‘ra, mahkumning himoyachisini va qonuniy vakilini xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni ko‘rish boshqa kunga qoldirilishiga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasida nazarda tutilgan hollarda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida himoyachining ishtiroki ta’minlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Mahkumga (oqlangan shaxsga) berilgan himoya huquqi ta’minlanishining jiddiy kafolati, bu qonunga ko‘ra (JPK 494, 513-moddalari) yuqori instansiya sudi tomonidan jazoning kuchaytirilishiga, og‘irroq jinoyatga doir qonun normasi qo‘llanilishiga, shuningdek, kassatsiya va nazorat tartibida sud qarorlarining qayta ko‘rib chiqilishiga, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining og‘irlashishiga olib kelsa, ayblov (oqlov) hukmi yoki ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim (qaror) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, bir yil o‘tgandan so‘ng yo‘l qo‘yilmasligidir.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Sud hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni JPK 532, 542-moddalari tartibida hal qilishda himoyachining ishtirok etishiga, agar bu haqda mahkum, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar iltimos qilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud (sudya) gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yuridik yordam uchun haq to‘lashdan batamom yoki qisman ozod etishga haqlidir.
Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasiga asosan yuridik yordam uchun haq to‘lashdan mehnatga qobiliyatsiz va to‘lovga qurbi yetmaydigan shaxslar, ya’ni qaramog‘idagi har bir shaxsga to‘g‘ri keladigan jami daromadi eng kam ish haqining ushbu masala ko‘rilayotgan vaqt uchun belgilangan miqdoridan ko‘p bo‘lmagan, binobarin kam ta’minlangan fuqarolar ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 41-sonli qarori hamda 1999-yil 24-sentyabrdagi “Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 41-sonli “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi to‘g‘risida”gi 17-sonli qarori (unga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.