Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2011 01.06.2001 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq etilishi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 8-sonli “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Vatanimizda Onalik va bolalikni muhofaza qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash masalasiga mamlakat istiqbolini belgilovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralib, qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi kafolatlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nikoh va oila masalalaridan kelib chiqayotgan nizolar bo‘yicha fuqarolik ishlarini ko‘rishda qonunlarni asosan to‘g‘ri tatbiq qilishmoqda. Shu bilan birgalikda otalikni belgilash va voyaga etmagan farzandlar ta’minoti uchun nafaqa undirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha fuqarolik ishlari tahlil qilinganda sudlar tomonidan ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash va otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko‘rib chiqishda amaliyotda kelib chiqayotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlar otalikni belgilash to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rishda ish holatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi to‘g‘risidagi me’yoriy talablarga qat’iy amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nikohda bo‘lmagan onadan bola tug‘ilganda, bolaning tug‘ilganligi FHDYo organlarida qayd etilib, taqdim qilingan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomada bolaning otasi haqidagi yozuv, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 207-moddasi 3-qismi talabiga muvofiq otaning familiyasi — onaning familiyasi bo‘yicha, otaning ismi va millati, onaning ko‘rsatmasi asosida yozilgan taqdirdagina otalikni belgilash to‘g‘risidagi da’vo arizalari sud ish yurituviga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi tariqasida aniq bir shaxs ko‘rsatilgan bo‘lsa, sudlar otalikni belgilash haqidagi arizani o‘z ish yurituviga qabul qilmasliklari kerak, chunki FHDYo organlari tomonidan otalik to‘g‘risida kiritilgan ma’lumot (yozuv) bolaning unda ko‘rsatilgan shaxsdan tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi. Shuning uchun sud O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 152-modda 1-qismiga asoslanib, arizani qabul qilishni rad etayotganida manfaatdor shaxsga yuqorida ko‘rsatilgan yozuvga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasi 2-qismida belgilangan tartibda e’tiroz bildirishga haqli ekanligini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Otalikni belgilash, otalik fakti va otalikni tan olganlik fakti tushunchalarini sud amaliyotida farqlay olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni sud tartibida belgilash — 1968-yilning 1-oktabridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan otasi, deb taxmin qilinayotgan shaxs hayot bo‘lgandagina yo‘l qo‘yilishi tushuniladi va bunday talablar da’vo yuritish tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalik faktini belgilash — 1968-yilning 1-oktabridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan bolaning otasi, deb taxmin qilinadigan shaxs vafot etgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ish tushuniladi va bunday talab alohida ish yurituv tartibida ko‘riladi. Mazkur faktni belgilash jarayonida manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo (meros boquvchisini yo‘qotganlik kabi) kelib chiqsa, u holda ariza sudda ko‘rilmasdan qoldiriladi va manfaatdor shaxslarga umumiy asoslarda da’vo qo‘zg‘atish huquqlari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday fakt aniq ish holatlarini inobatga olgan holda bolaning onasi homilador bo‘lgan davrda o‘zini tug‘ilajak farzandning otasi, deb tan olgan shaxs vafotidan so‘ng tug‘ilgan bolaga nisbatan ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni tan olganlik fakti — 1968-yilning 1-oktabrigacha tug‘ilgan bolalarga nisbatan bolaning otasi deb taxmin qilinadigan shaxs vafot etgan taqdirdagina manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qo‘zg‘atilgan ish tushuniladi va bunday ariza alohida ish yuritish tartibida ko‘riladi. Bunday bolalarga nisbatan otalikni sud tartibida belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Otalikni belgilash haqidagi da’vo arizani qabul qilishda sudya quyidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi FHDYoning yozuvi va guvohnomani talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) otalikni sudsiz e’tirof etish imkoniyatini aniqlash maqsadida da’vogar bilan suhbat o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Otalikni belgilash haqidagi da’vo bilan bir vaqtda bolaga aliment undirish to‘g‘risida talab keltirilishi ham mumkin. Bunday da’volar O‘zbekiston Rsspublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 145-moddasiga ko‘ra javobgarning turar joyi yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 241-moddasi 3-qismiga muvofiq da’vogarning turar joyidagi sudga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar, otalikni belgilash va aliment undirish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha javobgarning qayerdaligi noma’lum bo‘lsa, sud ichki ishlar organlari orqali qidiruv e’lon qilishi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 140-moddasi) va ish yuritishni to‘xtatish haqidagi masalani (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 93-modda 3-qismi) hal etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash jarayonida tomonlarning o‘zaro haqiqiy munosabatlarini aniqlash maqsadida, sud, da’vogar va javobgarni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 159-moddasi talablariga muvofiq suhbatga chaqirishi lozim. Agar, suhbat davomida yoki sud muhokamasi jarayonida javobgar bolaning otasi ekanligini tan olsa, sud, tomonlarga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 61-moddasi 1-qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga birgalikda ariza berish yo‘li bilan otalikni ixtiyoriy ravishda rasmiylashtirish mumkinligini tushuntirishi va buning uchun taraflarga ma’lum muddat belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning arizasiga binoan yozilgan otalikni belgilash to‘g‘risidagi qaydnoma asosida berilgan bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma sudga taqdim etilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 100-moddasi 1-qismiga muvofiq ish yuritish tugatilishi lozim. Biroq, ko‘rsatilgan da’vo bilan birga aliment undirish to‘g‘risidagi talab ham berilgan bo‘lsa, bolalarga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibi o‘zaro kelishmagan taqdirdagina, da’vogarning talabi bilan sud aliment undirish to‘g‘risidagi masalani mazmunan hal etishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Voyaga etmagan ota-onalar o‘z otaligi va onaligini umumiy asoslarda tan olish yoki bunga e’tiroz bildirish huquqiga egadirlar. (O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 72-moddasi 3-qismi). Shu bilan birga, nikohda bo‘lmagan voyaga etmagan ona tomonidan otalikni belgilash haqida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, xuddi shuningdek, bunday da’vo voyaga etmagan shaxsga nisbatan berilganda, sudlar voyaga etmagan da’vogar yoki javobgarlarga zarur huquqiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ishda qatnashish uchun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari)ni jalb qilish masalasini muhokama qilishlari lozim (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi 38-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 10-moddasi talabiga muvofiq otalikni belgilash haqidagi da’volar bo‘yicha ishlar sudning yopiq majlisida ko‘rilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni belgilash haqidagi ishlar yuzasidan sudlar kelishuv bitimini tasdiqlashlari mumkin emas, chunki, otalikni belgilashning shartlari va tartiblari qonun bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ota-ona va bolalarniig o‘zaro huquq hamda majburiyatlari farzandlar dunyoga kelishi bilan vujudga kelishini nazarda tutib, otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda sud bolaning kelib chiqishini aniqlashi, bunda javobgar bolaning onasi bilan birgalikda yashaganligi, ularning umumiy ro‘zg‘or yuritishganligi yoki bolani birgalikda tarbiyalaganliklari, yoinki moddiy jihatdan ta’minlaganliklari yoxud javobgar o‘z otaligini tan olganligini mavjudligiga e’tibor berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bolaning onasi javobgar bilan birgalikda yashaganligi va umumiy ro‘zg‘or yuritishganligi oilaviy munosabatlarga xos quyidagi holatlarning mavjudligi bilan tasdiqlanishi mumkin: bir turar joyda istiqomat qilish va birgalikda xo‘jalik yuritish; o‘zaro g‘amxo‘rlik qilish va birgalikda yashash uchun zarur mol-mulklarni xarid qilish javobgar va da’vogarning o‘zaro er-xotinlikdek munosabatlarida bo‘lganliklarini isbotlovchi boshqa holatlar.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola tug‘ilganiga qadar birgalikda yashash va umumiy ro‘zg‘or yuritishni tugatilishi otalikni belgilash haqidagi talabni rad qilishga yetarli asos bo‘la olmaydi (bu munosabatlar homila paydo bo‘lishidan oldin tugagilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli, sudlar, homila boshlanishi qaysi davrga to‘g‘ri kelishini va bu davr taraflarning birgalikda yashagan yoki munosabatda bo‘lgan vaqtiga to‘g‘ri kelish-kelmasligini tekshirishlari lozim.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning onasi va javobgarning birgalikda yashashi, javobgarning bola bilan muloqotda bo‘lib kelib, unga nisbatan e’tibor va g‘amxo‘rligini ko‘rsatishi bolani birgalikda tarbiyalash, deb tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning onasi va javobgar tomonidan birgalikda ta’minlab kelinishi deganda, bola ularning qaramog‘ida bo‘lganligi yoki javobgar tomonidan bolani boqish uchun moddiy (miqdoridan qati nazar) yordam ko‘rsatib kelganligi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni tan olish dalillari jumlasiga javobgarning maktublari, sur’atlari, anketalari, arizalari va javobgarning otalikni tan olishini ishonchli ravishda tasdiqlovchi boshqa faktik ma’lumotlar kiradi. Bunday tan olish bola onasining homiladorlik davrida (bo‘lajak ota-onaning bola ko‘rish xohishi haqidagi fikrlari, bo‘lajak otaning bolaning onasiga nisbatan g‘amxo‘rlik va boshqalar) ham, bola tug‘ilgandan keyin ham ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni tan olishni aniqlashda shaxsning bolaning haqiqiy otasidek muayyan harakat qilganligiga shubha tug‘dirmaydigan holatlargina guvohlik bera olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 3-qismida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarning mavjud emasligi otalikni belgilash to‘g‘risidagi da’voni rad qilish uchun doim ham yetarli asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun sudlar, boshqa dalillar majmui bilan birga homila vaqti to‘g‘risidagi yoki javobgarning homila paydo qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqidagi sud-tibbiyot espertizasi, odam DNKsi yuzasidan sud-biologik ekspertizasi xulosalari, shuningdek, har bir alohida ishning boshqa muayyan holatlariga huquqiy baho berishlari lozim bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sud taqdim etilgan dalillar majmui javogarning otaligini belgilash uchun yetarli emas, degan xulosaga kelsa, haqiqatni aniqlash va xatolikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘z tashabbusi bilan yoxud tomonlarning talabi asosida tegishli sud-tibbiyot odam DNKsi bo‘yicha sud-biologik espertizalari o‘tkazishi mumkin. Shu bilan birga, taraflarning bir joyda istiqomat qilishi va birgalikda xo‘jalik yuritishi, o‘zaro g‘amxo‘rlik qilishi va birgalikda yashash uchun mol-mulklar xarid qilganlik holatlarini tasdiqlovchi yetarli dalillar mavjud bo‘lsada, bolaning otasi, aynan shu javobgar ekanligi to‘la va so‘zsiz tasdiqlanganligi haqida yanglish va barvaqt xulosaga kelishning oldini olish borasida sudlarga tushuntirilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan dalillarning qay darajada to‘planganligidan qati nazar, bu holatlar javobgarning sud-tibbiyot yoki odam DNKsi sud-biologik ekspertizalari o‘tkazish haqidagi iltimosnomasini rad etishga asos bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu toifadagi ishlar yuzasidan qonning biologik ekspertizasi xulosasi, javobgarning ota bo‘la olish qobiliyati haqidagi ekspertiza xulosasi, homila paydo bo‘lish davrini aniqlash bo‘yicha ekspertiza xulosasi va odam DNKsi biologik ekspertizasi xulosalari muhim ahmiyatga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda odam DNKsi yuzasidan tayinlangan sud-biologik ekspertizasi javobgarni bolaning otasi yoki onasi emasligini aniq belgilab berish imkoniyatlariga ega ekanligidan kelib chiqib, taraflarga ekspertiza o‘gkazish bilan bog‘liq bo‘lgan sud xarajatlari da’vo qanoatlantirilganda javobgardan, rad etilganda esa da’vogarning hisobidan undirilishi lozimligini tushuntirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ekspertizani o‘tkazish uchun sarflangan xarajatlar oldindan to‘lanishi talab qilinishidan kelib chiqib sud taraflapra xarajatlarni kelishgan holda to‘lashni, kelishuv bo‘lmaganda esa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 113, 116-moddalariga muvofiq tomonlar hisobidan to‘lash yoki ular zimmasiga taqsimlash to‘g‘risidagi masalani hal etmog‘i lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Otalikni belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan holatlarning mavjud emasligi, otalikni aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi odam DNKsi bo‘yicha sud-biologik ekspertizasi o‘tkazish haqidagi iltimosnomani rad etish uchun yetarli asos bo‘la olmasligini sudlarga alohida uqtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Odam DNKsi bo‘yicha sud-biologik ekspertizasi tayinlashda ekspert mutaxassislari muhokamasiga quyidagi savollar qo‘yilishi maqsadga muvofiqligi sudlarga ko‘rsatilsin:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ko‘rsatilgan shaxs shu bolaning biologik otasimi yoki yo‘qmi?
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ko‘rsatilgan shaxs shu bolaning biologik onasimi yoki yo‘qmi?
(16-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shu bola ko‘rsatilgan ota-ona (V va S)ning birgalikdagi hayoti (jinsiy yaqinligi) mahsulimi yoki yo‘qmi?
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi o‘tkazish uchun ekspertlarga quyidagilar taqdim etilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekspertiza tayinlash (o‘tkazish) haqidagi sud ajrimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ekspert tadqiqoti uchun qon namunalari olish haqidagi sud ajrimining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har qaysi tomon (gumon qilingan ota-ona) va bolaning qon namunalari (qon namunalari bevosita sud ekspertizasi muassasasida olinishi maqsadga muvofiq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qon namunasi olinganligi haqidagi bayonnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ekspertiza xizmati uchun haq to‘langanligi haqidagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi, otalikni tan olish fakti va otalik faktini belgilash yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarorlari sud tomonidan atroflicha sinchiklab tekshirilgan va keltirilgan talablarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vo qanoatlantirilganda sudning hal qiluv qarori xulosa qismida otalikni belgilash haqidagi holatni FHDYo organlarida qayd etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar (ota-onaning familiyasi, ismi-sharifi, ularning tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyi, millati, doimiy yashash va ishlash manzili, otasi kimligi aniqlanayotgan bolaning familiyasi, ismi, tug‘ilish sanasi va joyi) ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qonun bilan mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha da’vo muddati chegaralanmaganligi sababli, sud tomonidan otalikni belgilash masalasi bola tug‘ilgandan keyin, barcha davrda ko‘rib hal etilishi mumkin. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 2-qismi talabiga asosan 18 yoshga to‘lgan bolaga nisbatan otalikni belgilash faqat, uning (bolaning muomala layoqati cheklangan bo‘lsa, uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organi) roziligiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaga nisbatan otalik (onalik) haqidagi yozuvga e’tiroz keltirilganda, sudlar, shuni inobatga olishlari kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasi 2-qismiga binoan, bolaning otasi yoki onasi, deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv ma’lum bo‘lgan yoxud ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida sud tartibida e’tiroz bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan “Otalikni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi O‘zSSR Oliy sudi Plenumining 1971-yil 7-oktabrdagi 40-sonli va “SSSR Oliy sudi Plenumining 1982-yil 25-mart qarori talablarini bajarish haqida”gi 1985-yil 24-dekabrdagi 9-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son