24.09.1999 yildagi 19-son
Hujjat 24.09.1999 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Bu o‘rinda JKning 212-moddasi bo‘yicha vositachining harakatini tavsiflashda uning pora oluvchi yoki beruvchidan o‘z xizmati evaziga mukofot olgan-olmaganligining ahamiyati yo‘q.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Jinoyat kodeksining 210, 211, 212-moddalari 1,2 va 3-qismlarida ko‘zda tutilgan belgilarga tushuvchi jinoyatni JKning 33-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarga asosan shu moddalarning 3-qismi bilan tavsiflash kerak. Bu holda hukmning tavsif qismida qilmishning barcha tavsiflash belgilari va mahkumning sodir etganlikda aybdor deb topilgan barcha harakatlari ko‘rsatilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Pora berganlik to‘g‘risida ixtiyoriy ravishda xabar berganlik bir vaqtning o‘zida mansabdor shaxs tomonidan pora olingani haqida ham xabar hisoblanadi, shu sababli sudlar JKning 237-moddasiga binoan yolg‘on xabar berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida arizachiga tushuntirilgan-tushuntirilmaganligiga e’tibor berishlari zarur. Agar yolg‘on ariza berganlik holati aniqlansa, sud arizachini qonuniy javobgarlikka tortish chorasini ko‘rishi kerak.