Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2009 20.12.1996 yildagi 42-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi va 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirilishidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 1994-yil 3-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 533-sonli “Davlat boji stavkalari” va 1993-yil 19-avgustdagi “Davlat boji, yigʻimlar va boshqa soliqsiz chet el valyutasidagi toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida”gi 423-sonli qarorlariga, talablarini qatʼiy bajarishga qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq, yaʼni guvoh va ekspertlarga toʻlanadigan chiqimlardan, joyiga borib koʻzdan kechirish, javobgarni qidirish va hal qiluv qarorini ijrosi bilan bogʻliq xarajatlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Guvoh yoki ekspertni sudga chaqirish yoki joyiga borib koʻzdan kechirishni soʻragan taraf guvoh va ekspertga qilingan sarf-xarajatlarni qoplash uchun ketadigan pulni oldindan toʻlab qoʻyishlari haqida koʻrsatilgan Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddasi talablarini bajarishga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadigan jismoniy, yuridik shaxslarni va boshqa idoralarni roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 329-moddasida koʻrsatilgan.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari sud yoki sudya ham, ayrim hollarda, fuqarolarning mulkiy ahvoliga qarab, agar toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud uning miqdorini kamaytirish imkoniyati boʻlmasa, uni davlat foydasiga undiriladigan davlat boji va boshqa sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 110-moddasining 2-qismiga muvofiq, faqatgina jismoniy shaxs davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi mumkin. Davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek, ularning miqdorini kamaytirish esa jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisidagi arizasida, uning iltimosini asoslovchi holatlar koʻrsatilishi hamda bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan boʻlishi shart, masalan oylik maoshi (daromadi), qaramogʻida voyaga etmagan farzandlari, boqimandalarining borligi haqidagi maʼlumotnomalar ilova qilinishi kerak. Fuqaroning mulkiy ahvoliga baho berishda sud uning bankda shaxsiy hisobi bor-yoʻqligini, uning egaligidagi mulkning, chorva mollarining soni va bahosini, daʼvoning qiymati va boshqalarni eʼtiborga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar taraflardan biri foydasiga undirilishi lozim boʻlgan sud xarajatlarini toʻlashdan daʼvogar yoki javobgarni ozod qilishga haqli emasliklarini nazarda tutishlari kerak. Ushbu qoida koʻrsatilgan shaxslar sud xarajatlarini davlat foydasiga toʻlashdan ozod etilgan hollarda ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 328-moddasi va 336-moddasining 1-qismiga muvofiq, ushbu kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sudlarga beriladigan arizalardan davlat boji ariza berilgunga qadar toʻlanadi. Shunga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha taraflarni sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish masalasi sudya tomonidan daʼvo arizasini qabul qilish vaqtida, zarur hollarda esa hal qiluv qarori chiqarishda hal qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Daʼvogar boj toʻlashdan ozod etilgan taqdirda, agar daʼvo qanoatlantirilsa, boj daʼvoning undirilgan miqdoriga muvofiq javobgardan (agar u boj toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) davlat foydasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinning biri yoki har ikkisiga nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish vaqtida toʻlanishi lozim boʻlgan summani belgilashga haqli. Alohida hollarda sud taraflardan biri yoki har ikkisini moddiy ahvolini hisobga olib, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomani berishda undirilishi koʻzda tutilgan summani toʻlashdan ozod qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bedarak yoʻqolgan yoki ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb tanilgan shaxslar bilan yoki sodir qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslar bilan boʻlgan nikohlarini bekor qilish toʻgʻrisida sudning qaroriga asosan guvohnoma berilayotgan fuqarolar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qoʻllanmaning 58-bandiga muvofiq yuqorida koʻrsatilgan summani toʻlashdan ozod etilganliklariga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Boj toʻlanadigan daʼvoning qiymati daʼvogar tomonidan belgilanadi. Daʼvogar koʻrsatgan daʼvo qiymati uning kamayish yoki koʻpayish tomoniga sezilarli darajada mos kelmaganda yoki boshqa shunga oʻxshash hollarda daʼvo qiymati sudya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mulkka nisbatan egalik huquqini belgilash, vasiyatnomani, olish-sotish, hadya, ayirboshlash shartnomalarini haqiqiy emas deb topish, mulkdagi hissasiga huquqini belgilash, umumiy mulkdan hissa ajratish, vorislarning mulkdagi oʻzlariga tegishli hissani undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha daʼvo qiymati mulkning yoki daʼvogar ajratib berishni soʻragan hissaning qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bir vaqtning oʻzida mulkiy va mulkiy boʻlmagan mazmundagi daʼvo arizalari uchun davlat boji mulkiy mazmundagi daʼvo arizalariga belgilangan stavkalar hamda mulkiy boʻlmagan mazmundagi daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalar asosida toʻlanadi. Misol uchun nikohni bekor qilish va bir vaqtning oʻzida mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan boj nikohni bekor qilish hamda mol-mulkni boʻlish uchun undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud tomonidan mulkka vorislik huquqi toʻgʻrisida qaror chiqarilganda, davlat boji mulkning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanib, vorislarning har biridan ularning hissasiga teng ravishda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagilar umumiy qiymatiga kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomasining sugʻurta summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining kredit muassasalarida saqlanayotgan obligatsiyalar va pullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad summalari (mehnat haqlari), mualliflik haqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiyatnoma va hadya shartnomasi boʻyicha davlat va yuridik shaxslarga oʻtayotgan mulkning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanni himoya qilish, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yoki inson hayotini, davlat mulkini va huquq tartibotni saqlash boʻyicha fuqarolik burchini bajarish paytida oʻlgan shaxslarning mulklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy (kvartira) yoki uy-joy qurilish shirkatidagi pay, agar vorislar meros qoldiruvchi bilan birga yashab, u vafot etgan kunga qadar roʻyxatdan qayd etilib (propiskadan oʻtib), meros qoldiruvchining vafotidan soʻng ham uy-joy (kvartira)da yashayotgan boʻlsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bir yoki bir necha daʼvogarlar tomonidan bir yoki bir necha javobgarlarga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilganida va sudya bir necha bir xil turdagi daʼvolarni birlashtirganida davlat boji daʼvoning umumiy miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Davlat boji, yigʻimlari va boshqa soliqsiz chet el valyutasidagi toʻlovlarning stavkalari toʻgʻrisida”gi qaroriga 2 va 3-son Ilovalarga muvofiq, chet el fuqarosi ishtirokidagi yoki chet el valyutasida undirish amalga oshiriladigan nizolar yuzasidan sudga taqdim etilgan daʼvo arizalaridan davlat boji chet el valyutasida (AQSh dollarida yoki unga tenglashtirilgan summada) daʼvo qiymatining 10 foizi miqdorida toʻlanishi sudlarga tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan chet el fuqarosi oʻrtasida nikoh bekor qilinganida sud hal qiluv qarorida er-xotinning biri yoki har ikkisi tomonidan fuqarolik holati aktlarini roʻyxatga olish idorasida nikohdan ajralishni qayd etish vaqtida AQSh dollarida undiriladigan davlat boji summasini koʻrsatishi lozim; agar er-xotinning har ikkisi birinchi marta nikohda boʻlgan boʻlsalar — 120 AQSh dollari, er-xotinning biri ikkinchi nikohda boʻlgan hollarda 150 AQSh dollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat boji undirish bilan bir vaqtda sudya hal qiluv qarorida sud chiqimlarini undirish haqida ham koʻrsatishi lozim. Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddasida koʻrsatilgan sud chiqimlarining roʻyxati kengaytirilishi mumkin emas. Ishni koʻrish yoki hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan sarflangan, lekin mazkur moddada koʻzda tutilmagan, xarajatlar undirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar hal qiluv qarorining ijrosi bilan bogʻliq chiqimlar qarzdorning mulkini saqlash, tashish, ekspertlarning mehnat haqi, sud ijrosining ijro joyiga borishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlardan iborat ekanligini nazarda tutishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolik-protsessual kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, taraflar mulkiy ahvollariga qarab, sud jarayonining har qanday bosqichida sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirishni yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishni suddan soʻrashga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish deb, sud yoki sudya tomonidan xarajatlarni toʻlash muddatini sudning hal qiluv qarori yoki ajrimida koʻrsatilgan muddatga nisbatan ancha keyinroqqa qoldirilishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlib-boʻlib toʻlashda, sud manfaatdor shaxsga xarajatni qismlarga boʻlgan holda toʻlash huquqini berib, har bir qismning miqdorini va toʻlash lozim boʻlgan sanani belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat bojini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 342-moddasida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Boj Qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi qaytariladi. Qonunda qayd etilgan boshqa hollarda boj toʻliq miqdorda qaytarilishga tegishlidir.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj sudyaning ajrimi asosida, agar boj budjetga oʻtkazilgan kundan boshlab bir yillik muddat oʻtmagan boʻlsa, moliya idoralari tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogar bojni toʻlab, sudga ariza bilan murojaat qilmagan boʻlsa, sudning ushbu holatni tasdiqlovchi maʼlumotnomasi bojni qaytarib berish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Chiqimlarni undirishning protsessual tartibi va tushunchasi Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalari bilan tartibga solingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu oʻrinda chiqimlarni undirish qonun boʻyicha surishtiruv va dastlabki tergov organlariga hamda sudga yuklatilganligini eʼtiborga olish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yuqori turuvchi sudlar fuqarolik va jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish vaqtida birinchi bosqich sudi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha undirilgan sud xarajatlari va jinoyat ishlari boʻyicha undirilgan sud chiqimlarini toʻgʻri yoki notoʻgʻri undirilganiga eʼtibor berishlari lozimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlarini notoʻgʻri undirilganlik holatlari aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya bosqichi sudlari protsessual qonunda koʻrsatilgan holatlarda va tartibda, sud xarajatlarini undirish, ularni toʻlashdan ozod qilish, shuningdek undirilgan summa miqdorini kamaytirish yoxud ularni fuqarolik ishlari boʻyicha taraflar yoki jinoyat ishlari boʻyicha sudlanganlar oʻrtasida taqsimlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 337-moddasiga binoan sudlarning qarorlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya hamda nazorat tartibida keltirilgan arizalardan, daʼvo arizasi (shikoyat) berilganda toʻlanishi kerak boʻlgan qiymatning ellik foizi, mulkiy nizolar boʻyicha esa — nizo yuritilayotgan summadan hisoblab chiqariladigan boj qiymatning ellik foizi miqdorida boj olinadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan shaxsning boj toʻlanmagan nazorat tartibidagi shikoyati koʻrilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1993-yil 10-sentabrdagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlari va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-son