20.12.1996 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlar faoliyatida bu haqdagi ishlarni ko‘rishda jiddiy xato va kamchiliklar mavjudligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning takroriyligi, bir guruh shaxslar tomonidan jinoiy til biriktirib sodir etilishi belgilari har doim ham to‘g‘ri talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning shu turini sodir etilishiga imkon tug‘diruvchi sabab va sharoitlar har bir ish bo‘yicha aniqlanmaydi va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyotida vujudga kelgan masalalarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq transport vositalarini olib qochish deganda, o‘zganing transport vositasini talon-toroj qilish maqsadisiz bir joydan boshqa joyga ko‘chirish tushunilishi lozim.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu jinoyat aybdor shaxs tomonidan transport vositasini turgan joyidan boshqa joyga olib qochgan paytdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalari deganda yengil va yuk avtomashinalarning barcha turi, avtobuslar, maxsus mashinalar, traktorlar, trolleybuslar, tramvaylar, dvigatelining ish hajmi 50 sm3. dan kam bo‘lmagan mototsikl va motorollerlar, yo‘l qurilishi, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan o‘ziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder, avtokran va boshqalar) hamda skuterlar tushuniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport vositasini o‘g‘irlash maqsadisiz olib qochish faqat to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor transport vositasini olib qochganda talon-toroj maqsadini ko‘zlagan bo‘lsa, uning harakatlari qilmishning xususiyatidan kelib chiqib, JK 267-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki uchinchi qismi “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday harakatlarni, tegishlicha, JK 164, 166 yoki 169-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxs o‘ziga berkitilgan transport vositasini o‘zboshimchalik bilan ishlatgan taqdirda Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan javobgar bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uyushgan guruh deganida transport vositalarini olib qochish yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish maqsadida ikki yoki undan ko‘p shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy qasdni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalarning tayyorlanishi, ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini ta’minlash, guruhda o‘rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko‘rsatmalariga bo‘ysunishlik jinoiy guruhning uyushganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblash fikrida va sud hukmida aynan qanday asoslarga ko‘ra jinoiy guruh uyushgan deb topilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushgan guruh tarkibida transport vositasini olib qochgan shaxslarning harakatlari, ulardan har birining rolidan qat’iy nazar, hamijrochi deb baholanishi va JK 267-moddasi uchinchi qismining “b” bandi bilan JK 28-moddasiga havola etilmagan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazo choralarini belgilashda sudlarning e’tibori bu masalaga individual yondashishga, sodir etilgan jinoyatning xarakteri va jamoat uchun xavfli darajasini, aybdorning shaxsini hamda javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarini hisobga olish haqidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi transport vositalarini olib qochish va o‘g‘irlash uchun javobgarlikni belgilovchi qonunlarning to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son