20.12.1996 yildagi 36-son
Hujjat 20.12.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, oqilona foydalanmaslikdan muhofaza etilishini nazarda tutmoq lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tushuntirilsinki, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 27-moddasiga binoan jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi jamoat birlashmalarining tashabbusiga ko‘ra ularning mablag‘lari hisobidan yoki jamoatchilik asosida mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasining xulosalari tavsiya tamoyiliga ega bo‘ladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245-moddasiga muvofiq tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi ushbu kodeksning 66, 67, 76-moddalari (suv xo‘jaligi inshootlariga zarar etkazishga oid qismi), 90-moddasining 2-qismi, 94-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar sudlarga taalluqlidir.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan hayvonot yoki o‘simliklar dunyosidan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va u ham doimiy, ham vaqtinchalik (mavsumiy) xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi «Qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar hamda hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi Qarorida belgilangan. Xususan, ushbu qarorda Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlarni tabiatdan har qanday ko‘rinishda olish faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida, ovlanadigan hayvon turlari (shu jumladan baliqlar) esa tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan litsenziyalar bo‘yicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksi 202-moddasi 2-qismining «a» bandi bo‘yicha javobgarlik ham O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgani hayvonlar, parrandalar, baliqlar, hayvonot dunyosi yoki o‘simliklarning boshqa turlari yo‘q qilingan hollarda vujudga keladi. Bunda etkazilgan ziyonning hajmi ahamiyatga ega emas.
9. Jinoyat kodeksining 194-moddasida javobgarlik belgilangan atrof muhitni ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik deganda, aybdor shaxs ekologik vaziyatning ahvoli to‘g‘risida umuman yoxud o‘z vaqtida ma’lumot bermaganlik harakatlarini (harakatsizligini) tushunmoq lozim. Bunday ma’lumotlar haqiqatga muvofiq kelmasa (atrof muhitning ifloslaganligi ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatish va hokazolar), ular buzilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 24 maydagi 246-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq tabiatni muhofaza qilish qonunlarini buzish natijasida etkazilgan zararni qoplash summasi, agar amaldagi qonunlarda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, tabiatni muhofaza qilish mahalliy (5-band) va respublika (8-band) jamg‘armalari hisobiga undiriladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qonunga xilof ravishda ov qilish, g‘ayriqonuniy ravishda baliqlarni hamda boshqa suv hayvonlarini ovlash va yo‘q qilish oqibatida etkazilgan zararni qoplash summasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazorati hisobiga o‘tkaziladi. Agar huquqbuzarlik davlat quriqxonasi yoki milliy tabiat bog‘i hududida sodir etilgan bo‘lsa jarimani to‘lashdan tushgan barcha mablag‘ davlat qo‘riqxonasi yoki milliy tabiat bog‘ining hisobiga undiriladi. Xavfsizlik qoidalari va er osti boyliklarini muhofaza qilish talablari buzilganligi uchun undiriladigan jarimalar summasi mehnat xavfsizligi va er osti boyliklarini muhofaza qilish Respublika fondi hisobiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.