LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Mamlakatimizda madaniyatli bozor munosabatlarini rivojlantirishga suiiste’molliklar, monopoliyaga qarshi qonunlarni buzish, nohaq yig‘imlar olish va tovlamachilik faktlari, shuningdek savdo sohasida yo‘l qo‘yilayotgan boshqa qonunga xilof harakatlar jiddiy to‘siq bo‘lmoqda, bu esa iqtisodiyotga, fuqarolarning huquq va manfaatlariga katta zarar yetkazmoqda.
Savdo qoidalarini, monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ayrim jinoyat va ma’muriy huquq normalarini izohlashda bir xilda yondoshish mavjud emas. Tergov amaliyotida, soliq organlari faoliyatida ko‘rsatilgan qonunlarni noto‘g‘ri tatbiq etish hollari ko‘plab uchramoqda.
Sud amaliyotida tovlamachilarga (reketchilarga) va tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan boshqa shaxslarga, nohaq yig‘imlar olish, talon-toroj va boshqa suiiste’molliklar bilan shug‘ullanayotgan bozor ma’muriyati vakillariga nisbatan asossiz ravishda yengil jinoiy jazo choralarini tayinlash, jinoyatlarni noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilish hollariga yo‘l qo‘yilmoqda. Ko‘pincha savdo qoidalarining buzilishiga imkon bergan sabablar va sharoitlar aniqlanmaydi, bu turkumdagi ishlar bo‘yicha sud protsesslari keng ommalashtirilmaydi.
Qonunchilikni mustahkamlash, qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda tatbiq etish, fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
1. Savdo sohasidagi huquqbuzarliklar jamiyat uchun katta ijtimoiy xavf tug‘dirishini nazarga olib, sudlar, tergov va soliq organlarining e’tibori bunday harakatlar uchun javobgarlik va jazoning muqarrarligi prinsipiga qat’iy rioya etishlari zarurligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovlamachilarga, talon-toroj, fuqarolardan nohaq yig‘imlar olish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish bilan shug‘ullanuvchi bozorlar, savdo komplekslari ma’muriyatining xodimlariga, savdo qoidalarini buzuvchi, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turuvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorlardan siqib chiqaruvchi olib sotarlarga nisbatan qattiq jazolarni qo‘llash ta’minlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsning tovar bozorlarida raqobatni cheklashga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi Qonunini buzish deb baholanishi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi:
monopoliyaga qarshi organga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish;
monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish to‘g‘risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik;
tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash, ularni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish bo‘yicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish;
raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish;
normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida axborot taqdim etmaslik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxslarning tovar bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunini buzish deb baholanmog‘i va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
3. Qanday bo‘lmasin mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga har qanday yo‘sinda to‘sqinlik qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqarish, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turish to‘g‘risida talab qo‘yish va tovar egasiga, bozor ma’muriyati yoki o‘zga shaxslarga nisbatan zo‘rlik ishlatish, ularni zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, mulkiga shikast yetkazish yoki mulkini nobud qilish bilan bog‘liq boshqa harakatlar tovlamachilik (reket) tariqasida Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim. Tovlamachilik mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida talab qo‘yishda yoxud tovlamachi foydasiga mulkiy xarakterdagi harakatlarni sodir etishda (tovarni past narxda yoxud tekinga berishda, tovarni zo‘rlik ishlatib olib qo‘yishda va sh.o‘.) ifodalanishi mumkin. Tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga, aybdorning zo‘rlik ishlatish to‘g‘risidagi tahdidini amalga oshirgan bo‘lishi shart bo‘lmay, bunday talab qo‘yilishining o‘zi yetarlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirib, ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasining ikkinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni qo‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi uchinchi qismi bilan ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. O‘sha harakatlar, juda ko‘p miqdorda sodir etilcha, Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Yuridik shaxslar va fuqarolarga tovarlarni yoki boshqa ashyolarni olishda yoki sotishda, tomonlar o‘rtasida bitimlar tuzishda, shuningdek, boshqa vositachilik harakatlarini amalga oshirishda ko‘maklashuvchi shaxslarning ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan xolda sodir etadigan harakatlari ham Jinoyat kodeksining mazkur moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati (mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish) natijasida olingan nazorat qilinmaydigan daromad qilinmaydigan aniqlashda, mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq chiqimlar chegirib tashlangan holda hisobga olingan tushum summasidan kelib chiqish lozim.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tushuntirilsinki, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yo‘qligi, basharti aybdor muqaddam shunday harakatlar uchun bir yil mobaynida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165, 176-3-moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 190-moddasi bo‘yicha javobgarlikni yuzaga keltiradi. Agar bunda aybdor tadbirkorlik faoliyatini faqat ruxsatnoma (litsenziya) siz amalga oshiribgina qolmay, balki davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda qo‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining 188 va 190-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jinoyat kodeksining 189-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164 va 168-moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deganda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining buzilishi tushunilmog‘i lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
7. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda foyda (daromad)ni yoki soliq to‘lanadigan boshqa obyektlarni yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yig‘imlarni, boj yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan o‘zgacha bo‘yin tovlash tushunilmog‘i lozim. Xuddi shunday harakatlar ancha miqdorda sodir etilganda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 174-moddasining 2-qismi bo‘yicha javobgarlik yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Haq olish evaziga tovarlarni yoki mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorga erkin kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turuvchi bozorlar, savdo komplekslari ma’muriyatining mansabdor shaxslari hamda o‘z faoliyatini savdo sohasida amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar tashkilotning ustav fondida davlat ulushi bor-yo‘qligidan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha poraxo‘rlik yoki 1929-moddasi bo‘yicha tijoratda pora evaziga og‘dirib olish uchun javobgarlikka tortiladilar.
Qayd etilgan harakatlar haq olish bilan bog‘liq bo‘lmay, fuqarolarning huquqlari va manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazgan bo‘lsa, ularni ish holatlariga qarab Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoxud Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish yoinki, tashkilotning ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan taqdirda, Jinoyat kodeksining 19211-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim tariqasida kvalifikatsiya qilish lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektdan bir martalik yoki boshqa yig‘imlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablag‘lari olgan bozor, savdo komplekslari ma’muriyatining xizmatchilari qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy manfaatdor bo‘lganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 611-moddasi ikkinchi qismi yoki 1932-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi kerak. O‘sha harakatlar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, shaxs Jinoyat kodeksi 19210-moddasining ikkinchi qismi yoki 214-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
9. Tushuntirilsinki, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan metrologiya, sertifikatlashtirish, mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzish tegishli ravishda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 213, 214 va 177-moddalari bo‘yicha ma’muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
10. Savdo sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’muriy ishlarni ko‘rishda sudlar soliq organlari va ichki ishlar organlaridan aybdor xuddi shunday huquqbuzarlik uchun muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi haqida ma’lumotlar taqdim etishni talab qilishlari shart.
11. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustdagi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, har bir fuqaro soliq organlari yoki har qanday boshqa mansabdor shaxsning harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda fuqaro mulkiy yoki boshqacha ziyonni undirishni talab qilsa, sud bu talablarni umumda’vo tartibida ko‘rishi shart.
12. Sudlar savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni to‘g‘ri va tezkorlik bilan ko‘rilishini ta’minlashlari, eng dolzarb ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish choralarini ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sudlarning e’tibori ushbu turkumdagi jinoyat va ma’muriy ishlarni ko‘rishda tergov va soliq organlarining jinoyatni har taraflama va xolisona tergov qilish, unga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi materiallarni to‘liq bo‘lishligi to‘g‘risidagi protsessual qonun normalariga og‘ishmay amal qilishlari ustidan talabchanlikni kuchaytirish zarurligiga qaratilsin. Fuqarolarning asossiz ravishda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi, ularga tegishli mulkni qonunga xilof tarzda xatlash yoki olib qo‘yish hollariga jiddiy munosabat bildirilsin. Har bir qonun buzilishi, jinoyatda qatnashgan barcha shaxslarni javobgarlikka tortilmaganligi fakti bo‘yicha mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masala hal etilsin, savdo sohasidagi huquqbuzarliklarga imkon bergan sabab va sharoitlar sinchiklab o‘rganilsin, xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan ularni bartaraf etish choralari ko‘rilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13-1. Dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni og‘ishmay bajarishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Qonunining (bundan buyon matnda-Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) bo‘lgan;
Keyingi tahrirga qarang.
13-2. Qonun kuchga kirgunga qadar Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellatsiya instansiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etgan holda ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, javobgarlikdan umuman ozod qilinishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-3. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi yoki ikkinchi qismi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdori qayta muhokama qilinishi kerak.
(13-1 — 13-3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari ushbu turkumdagi ishlar bo‘yicha qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda tatbiq etilishini ta’minlasinlar, doimiy ravishda sud amaliyotini umumlashtirib borsinlar, undagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.