Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 15.03.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining 183-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilganidan keyin bir yil mobaynida monopoliyaga qarshi qonunlarni takroran buzgan shaxslar tortilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qanday bo‘lmasin mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga har qanday yo‘sinda to‘sqinlik qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqarish, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turish to‘g‘risida talab qo‘yish va tovar egasiga, bozor ma’muriyati yoki o‘zga shaxslarga nisbatan zo‘rlik ishlatish, ularni zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, mulkiga shikast yetkazish yoki mulkini nobud qilish bilan bog‘liq boshqa harakatlar tovlamachilik (reket) tariqasida Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim. Tovlamachilik mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida talab qo‘yishda yoxud tovlamachi foydasiga mulkiy xarakterdagi harakatlarni sodir etishda (tovarni past narxda yoxud tekinga berishda, tovarni zo‘rlik ishlatib olib qo‘yishda va sh.o‘.) ifodalanishi mumkin. Tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga, aybdorning zo‘rlik ishlatish to‘g‘risidagi tahdidini amalga oshirgan bo‘lishi shart bo‘lmay, bunday talab qo‘yilishining o‘zi yetarlidir.
4. Savdo yoki vositachilik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlagan, nazorat qilinmaydigan foyda olish maqsadida tovarlarni olgan va qayta sotgan holda amalga oshirish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 176-moddasining 2-qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish esa 176-moddaning 3-qismi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin o‘shanday harakatlarni ancha miqdorda sodir etish Jinoyat kodeksi 188-moddasining 1-qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jinoyat kodeksining 189-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164 va 168-moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deganda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining buzilishi tushunilmog‘i lozim.
7. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda foyda (daromad)ni yoki soliq to‘lanadigan boshqa obyektlarni yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yig‘imlarni, boj yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan o‘zgacha bo‘yin tovlash tushunilmog‘i lozim. Xuddi shunday harakatlar ancha miqdorda sodir etilganda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 174-moddasining 2-qismi bo‘yicha javobgarlik yuzaga keladi.
Qayd etilgan harakatlar haq olish bilan bog‘liq bo‘lmay, fuqarolarning huquqlari va manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazgan bo‘lsa, ularni ish holatlariga qarab Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish tariqasida yoki Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish tariqasida kvalifikatsiya qilish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustdagi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, har bir fuqaro soliq organlari yoki har qanday boshqa mansabdor shaxsning harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi