Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorlarini chiqarish fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
Sudlar fuqarolarni va davlatni qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoyasini ta’minlab, bu ishlarni asosan to‘g‘ri hal qilmoqdalar.
Shu bilan birga, qator hollarda ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan qonunni qo‘llashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Sudga taalluqli bo‘lmagan arizalarni ish yurgizishga qabul qilish hollari bor. Har doim amalda faqat ma’lum huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan faktlarnigina belgilash, tegishli hujjatlarni sudsiz tartibda olish yoki yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash mumkin bo‘lmasligi to‘g‘risidagi majburiy shartga rioya qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Faktni belgilash bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar yetarli darajada tekshirilmaydi, manfaatdor shaxslar ishda ishtirok etishga jalb qilinmaydilar, oqibatda qator ishlar bo‘yicha fuqarolarning arizalarini qanoatlantirish to‘g‘risida asossiz hal qiluv qarorlari chiqariladi.
Yuridik faktni belgilash bilan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto‘g‘rilikni belgilash o‘rtasidagi, faktni tanish bilan faktni ro‘yxatga olinganligini belgilash o‘rtasidagi farq sudlar tomonidan ravshan aniqlanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bayon etilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish, qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonunchilikka qat’iy amal qilishga, fuqarolarning va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlashni har taraflama ta’minlashga qaratilsin.
2. Sudlar FPKning 283-moddasida ko‘zda tutilgan sud yo‘li bilan belgilanadigan faktlar ro‘yxati qat’iy emasligini e’tiborga olgan holda, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash to‘g‘risidagi ishlarning sudlarga taalluqliligi haqidagi qonun talablarini aniq bajarishlari lozim.
– otalik faktlarini, otalikni qayd qilish faktlarini, 1968-yil 1-oktabrgacha tug‘ilgan bolalarga nisbatan otalikni tan olganlik (belgilaganlik) faktlarini;
Keyingi tahrirga qarang.
– binoga, payga, avtomobilga va boshqa maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mulkka egalik qilish faktlarini;
– nikohdan ajralishmasdan, lekin oilaviy munosabatlar tugatilganidan so‘ng imoratni er-xotindan birining mablag‘lariga qurilganlik faktlarini;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
– fuqaroni yoki uning ota-onasini Ikkinchi Jahon urushi davrida evakuatsiya qilinganlik faktlarini ham belgilashga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) mehnat stajini (pensiya tayinlash uchun, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va bola tug‘ilishi munosabati bilan nafaqa tayinlash uchun, ish haqiga foiz qo‘shimchalarni qo‘shib hisoblash uchun, uzoq yillar qilgan xizmati uchun bir yo‘la mukofot puli to‘lash uchun va h.k.);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
g) oliy o‘quv yurtini, texnikumni, o‘rta maktabni va boshqa o‘quv yurtlarini bitirganlik faktlarini belgilash to‘g‘risidagi;
d) partiya, kasaba uyushmalari hujjatlarini, pasport va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan guvohnomalarni tegishliligi faktlarini belgilash to‘g‘risidagi arizalar sudda ko‘rilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Faktni belgilash to‘g‘risidagi arizalar FPKning 280, 283-moddalariga binoan alohida ish yuritish tartibida ko‘rishda quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirdagina sud tomonidan qabul qilinishi mumkin:
a) agar bu faktni belgilash fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlarini bevosita keltirib chiqarsa, o‘zgartirsa yoki tugatsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) agar manfaatdor shaxslar o‘rtasida huquq haqida sudga taalluqli nizo bo‘lmasa, faktni belgilash shu faktdan kelib chiqadigan (fuqaroning nasabini, kelib chiqishi, merosni qabul qilish muddatini uzaytirish, meros haqidagi guvohnoma berilishining asosliligi, shartnomani haqiqiy emas deb topish haqida) huquq haqidagi nizoni kelgusida hal qilish bilan bog‘liq bo‘lmasa, qachonki manfaatdor shaxslarda tegishli da’vo bilan sudga murojaat qilish imkoniyati bo‘lsa;
Keyingi tahrirga qarang.
v) agar ariza beruvchi shu faktni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni boshqacha yo‘l bilan olish yoki tiklash imkoniyatiga ega bo‘lmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha yuridik ahamiyatga ega bo‘lmagan fakt boshqa mamlakatning (respublikaning) qonunchiligi bo‘yicha huquqiy oqibatlarga olib kelsa va sudning hal qiluv qarori shu mamlakatda (respublikada) qo‘llash uchun zarur bo‘lsa, sud bunday faktni belgilashga haqlidir.
5. FPKning 283-moddasiga binoan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar sud tartibida faqat fuqarolarning emas, balki bundan manfaatdor tashkilotlarning ham arizalari bo‘yicha belgilanishini sudlar e’tiborda saqlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Alohida tartibda qo‘zg‘atiladigan ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida sudya qaysi fuqarolar va tashkilotlar bu ishni hal qilinishidan manfaatdor bo‘lishlari mumkinligi va sud majlisiga qatnashishga jalb qilinishi lozimligini aniqlashga majbur. Bu turkumdagi ishlar bo‘yicha bunday shaxslar o‘lganning vorislari, moliya tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot va davlat sug‘urta tashkilotlari, harbiy komissariyatlar va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishda qatnashishga jalb etilgan manfaatdor shaxslar berilgan arizaning asosliligini yoki asossizligini tasdiqlovchi dalillar keltirishga, ish holatlarini tekshirishda qatnashishga, chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan shikoyat keltirishga va FPKning 34-moddasida ko‘rsatilgan boshqa protsessual harakatlarni qilishga haqlidirlar.
Faktlarni belgilash to‘g‘risidagi ishlar sudlar tomonidan, alohida tartibda ko‘riladigan ishlar bo‘yicha qonunda ko‘zda tutilgan istisnolar bilan (nizoning yo‘qligi, ishlar bo‘yicha kelishuv bitimlarini tuzib bo‘lmasligi va boshqalar), protsessual qonunchilikning umumiy qoidalariga muvofiq ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. FPKning 283-moddasining 1-bandida qarindoshlik munosabatlari deganda to‘g‘ri qarindoshlik, biri ikkinchisidan yoki bir umumiy urug‘dan kelib chiqqan shaxslarning qon-qarindoshligi nazarda tutilganligi sudlarga tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun qarindoshlik munosabatlarini, bu munosabatlar bevosita yuridik oqibatlarni keltirib chiqargandagina, ya’ni ularni tasdiqlash arizachiga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma olish uchun, boquvchisini yo‘qotish munosabati bilan nafaqa rasmiylashtirish uchun, ko‘p bolalik bo‘yicha davlat yordam puli olishga haqli bo‘lish va hokazolar uchun zarur bo‘lsa, belgilashga yo‘l qo‘yadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros olish maqsadida qarindoshlik munosabatlarini belgilashda sudlar vorislik huquqi qonun-qoidalari bilan o‘rnatiladigan qarindoshlik doirasidan kelib chiqishlari kerak. Qonun bo‘yicha yoki vasiyat bo‘yicha voris bo‘lmagan shaxslarning qarindoshlik munosabatlari yuridik ahamiyatga ega emas va ularning qarindoshlik munosabatlari fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin emas. Respublika doirasidan tashqarida doimiy yashagan meros qoldiruvchilar bilan qarindoshlik munosabatlari faktini belgilashda, sud meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash joyidagi mamlakatning (respublikaning) vorislar doirasini va vorislar bo‘yicha munosabatlarni belgilovchi qonunga amal qilishi kerak.
Nafaqa olish maqsadida qarindoshlik munosabatlarini belgilashda, nafaqa qonunchiligi bilan ko‘zda tutilgan, kengaytirilgan talqinga yo‘l qo‘yilmaydigan, o‘lganning oila a’zolari doirasidan kelib chiqilmog‘i lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qarindoshlik munosabatlari faktini belgilash haqidagi arizani qabul qilishda sudya fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish davlat organlarining yo‘qotilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklashini rad etilganlik to‘g‘risidagi xulosasini yoki arizachining yoxud ularga nisbatan ariza berilgan shaxslarning tug‘ilganlik yoki nikoh haqidagi guvohnomasini olishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotni albatta talab qilib olishi lozim.
Agarda arizachi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish davlat organlari tomonidan beriladigan guvohnomalarda familiyasi, ismi yoki otasining ismi noto‘g‘ri yozilganligini ko‘rsatib, qarindoshlik munosabatlari faktini belgilashni so‘rasa, sud bunday arizani yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash tartibida ko‘rishga haqli emas, chunki talab mazmunan dalolatnoma yozuvidagi noto‘g‘riliklarni tuzatish zaruriyatidan iborat (FPKning 274, 275-moddalari).
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, o‘lganning qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilash, agarda berib kelingan yordam arizachining hayot kechirishi uchun doimiy va asosiy manba bo‘lgan bo‘lsa, meros olish, nafaqa tayinlash yoki zararni to‘latish uchun ahamiyatga egadir. Arizachi ish haqi, nafaqa, stipendiya olib kelgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan hollarda, boqib kelgan shaxs tomonidan berilgan yordam arizachining hayot kechirishi uchun doimiy va asosiy manba bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash kerak.
Boquvchisining o‘limi munosabati bilan nafaqa tayinlash uchun birovning qaramog‘ida bo‘lganlik fakti turar joylarni boshqarish (ekspluatatsiya) tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi ma’lumotnomasi yoki boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Agarda bunday hujjatlar bo‘lmasa va ularni tiklash mumkin bo‘lmasa, fakt sud tartibida belgilanishi mumkin.
10. Nafaqa tayinlash uchun birovning qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilashda, o‘lganning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari boquvchisining o‘limi munosabati bilan nafaqa olish huquqiga ega ekanliklarini nazarda tutish kerak (halok bo‘lganning qaramog‘ida bo‘lgan-bo‘lmaganligidan qat’i nazar nafaqa tayinlanadigan, frontda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari, er-xotinlari va bolalari bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Nafaqa qonunchiligi bilan o‘rnatilgan, boquvchisining o‘limi munosabati bilan nafaqa olishga huquqi bo‘lgan mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining doirasi qat’iy va kengaytirilgan talqinga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning uchun sudlar bu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan shaxslardan birovning qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilash haqidagi arizalarni qabul qilishga haqli emaslar. Qaramog‘da bo‘lish muddati bu holatda ahamiyatsizdir. Oila a’zolarining boshqa-boshqa yashashligi, arizachini boqishga majbur bo‘lgan boshqa qarindoshlarining borligi, qaramog‘ida bo‘lganlik faktini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilashda Fuqarolik kodeksining 1139, 1141-moddalari va Oliy sud Plenumining 2000-yil 22-dekabrdagi “Meros huquqiga oid qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-5-bandlarida bayon qilingan mehnatga qobiliyatsiz boqimlarining uch toifasi yuzasidan berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. Bunda, meros qoldiruvchi bilan uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxs o‘rtasida qarindoshlik munosabatlari bor-yo‘qligi ahamiyatga ega emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Merosga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirish maqsadida, birovning qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilash uchun birovning qaramog‘idagi odam meros qoldiruvchining o‘limi kuniga mehnatga layoqatsiz bo‘lib, marhumning o‘limiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida bo‘lgan bo‘lishi va u bilan birgalikda yashagan bo‘lishi shart (FKning 1141-moddasi). Agarda qaramog‘da bo‘lganlik bir yildan kam davom etgan bo‘lsa, sud bu faktni belgilashni rad etadi. Meros qoldiruvchi bilan qaramog‘ida bo‘lgan shaxs o‘rtasida qarindoshlik munosabatlarining bor-yo‘qligi ahamiyatga ega emas.
Boquvchisini yo‘qotish munosabati bilan zararni undirtirish uchun birovning qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilashda sudlar Fuqarolik kodeksining 1009-moddasiga muvofiq zararni undirtirib olishga bo‘lgan huquq boquvchining qaramog‘ida bo‘lganlik muddatiga bog‘liqligini, lekin bunda ularning qarindoshligi ahamiyatga ega emasligini nazarda tutishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Yuridik faktlarni belgilash tartibida fuqarolarning yoshini aniqlash sudlarga taalluqli bo‘lmay, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDY) tomonidan Fuqarolik kodeksining 38, Oila kodeksining 228, 233-moddalari va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 139-140, 154-155, 185-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agarda tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan yoki ularda yoshi haqidagi ma’lumot bo‘lmagan yoxud bunday ma’lumotlarda qarama-qarshilik bo‘lgan yoinki hujjatlarda ko‘rsatilgan tug‘ilganlik sanasiga e’tiroz bildirayotgan fuqaroning talabi FHDY organi tomonidan rad etilsa, mazkur xulosa ustidan arizachi Fuqarolik protsessual kodeksining 269, 274-moddalariga asosan sudga shikoyat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Agar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida arxiv hujjatlari yo‘qolgan, tegishli yozuvlar saqlanmagan va bunday yozuvlarni tiklash fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlari tomonidan rad qilingan bo‘lsa yoki bunday yozuv faqat sudning fuqarolik holatini ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hal qiluv qarori (masalan, vafot etganlarga nisbatan) asosida tiklanishi mumkin bo‘lgan holatlarda sudlar tug‘ilganlik, bolalikka olish, nikoh, ajralish va o‘limni ro‘yxatga olish faktini belgilashga haqli. FPKning 283-moddasining 4-bandi bolalikka olish, nikoh, ajralish va o‘lganlik faktini emas, balki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarida ro‘yxatga olish faktini nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, nikohni qayd qilinganligi haqidagi ma’lumot mavjud bo‘lganida nikoh guvohnomasini olmaganlik yoki uni yo‘qotganlik holati nikohni ro‘yxatga olinganlik faktini belgilash o‘rniga ularni faktik nikoh munosabatlarida bo‘lganliklarini belgilash xato hisoblanadi.
Nikohni ro‘yxatga olinganlik faktini belgilashni so‘rab sudga er-xotinning ikkalasi murojaat qilishi mumkin. Agar bu haqda sudga er-xotindan biri ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa, ikkinchisi ishga manfaatdor shaxs sifatida jalb qilinadi.
Sudlar bolalikka olishni ro‘yxatga olinganlik faktini, shuningdek, bolalikka olish haqida hokimiyat qarori qabul qilinganligi faktini belgilash haqidagi talablarni ham ko‘rishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Faktik ravishda bolalikka olinganlik yuridik ahamiyatga ega emas va bunday faktni belgilash to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilish rad etilishi lozim.
13. FPKning 283-moddasining 5-bandi va O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944-yil 22-avgustdagi Farmoniga ko‘ra faktik nikoh munosabatlarida bo‘lganlik fakti faqat bunday munosabatlar 1944-yil 8-iyulgacha vujudga kelgan bo‘lsa va nikohni fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida er-xotindan birining vafoti tufayli ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmasagina belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuqorida ko‘rsatilgan vaqtdan keyin vujudga kelgan faktik nikoh munosabatlari yuridik oqibat keltirib chiqarmaydi va bunday faktlarni belgilash to‘g‘risidagi arizalar sud tartibida ko‘rishlik uchun qabul qilinmaydi.
Agar er-xotindan biri 1944-yil 8-iyulgacha boshqa faktik nikohga kirgan yoki bir vaqtning o‘zida qonuniy nikohda bo‘lgan bo‘lsa, shuningdek, bu munosabatlar tomonlardan birining vafotiga qadarli tugatilgan bo‘lsa, bunday faktlarni sud belgilashi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud majlisida nikoh munosabatlarining mavjudligini (birgalikda yashash, umumiy xo‘jalik yuritish, bolalarning borligi va ularni tarbiyalash va boshqalarni) isbotlovchi dalillar tekshiriladi.
Faktik munosabatlarni haqiqatda bo‘lgan deb topib, sud uni mazkur shaxslar o‘rtasida vujudga kelgan vaqti va ulardan birining vafot etgan kuniga qadar davom etganini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Huquq tug‘diradigan hujjatlarda ko‘rsatilgan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi shu shaxsning pasportdagi yoki tug‘ilish guvohnomasidagi ismi, otasining ismi va familiyasiga mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarni unga tegishli ekanligi faktini belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sudlar arizachidan huquqiy hujjatni o‘ziga tegishli ekanligi, hujjatni bergan tashkilot unga tegishli o‘zgartirish kirita olmasligi haqidagi dalillarni talab qilishlari kerak. Agar arizachida tegishli faktni aniq tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar bo‘lsa, sud huquq tug‘diradigan hujjatni unga tegishli ekanlik faktini belgilash to‘g‘risidagi arizani qabul qilishga haqli emas.
Arizachiga shaxsiy hujjatlarni emas, balki huquq tug‘diradigan hujjatlarni tegishliligi sud tartibida belgilanishini hisobga olgan holda, sudlar hujjatlarni tegishliligi to‘g‘risidagi arizalarni taalluqliligiga alohida e’tibor berishlari lozim. Shaxsiy hujjatlarga pasport, partiya, kasaba uyushmalari biletlari, harbiy biletlar, harbiy xizmatchilarning shaxsiy guvohnomalari, orden va medallarning guvohnomalari kiradi. Bunday hujjatlardagi xatolar faqatgina ularni bergan organ va tashkilotlar tomonidan bartaraf etilishi mumkin. Mansabdor shaxslarning va davlat boshqaruv organlarining tuzatish kiritishni rad etganlik haqidagi qarorlari ustidan FPKning 266-267-moddalariga binoan sudga shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan beriladigan hujjatlarning tegishliligi faktini belgilash to‘g‘risidagi arizalar sudlarga taalluqli emas.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan yozuvlarga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish rad qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38, Oila kodeksining 228, FPKning 274-moddasiga ko‘ra manfaatdor shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkinligini nazarda tutish kerak. Bunday holatlarda ish yuridik faktni belgilash tartibida emas, balki fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvlarni noto‘g‘riligini belgilash tartibida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatni tegishliligini belgilash to‘g‘risidagi faktni o‘rniga hujjatlarda nomi turlicha ko‘rsatilgan fuqaroni aynan bir shaxs deb tanish mutlaqo mumkin emas, chunki (shaxslarni) aynan bir kishi dyeyishlik yuridik ahamiyatga ega emas.
16. Mehnat daftarchasini tegishli ekanligi faktini belgilashda korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat daftarchasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi qo‘llanmaning 22-bandida ko‘rsatilgan, ya’ni mehnat daftarchasiga hujjat (tug‘ilish, nikoh, nikohni bekor qilish haqidagi guvohnomalar, pasport va boshqa)larga asosan arizachining oxirgi ish joyi ma’muriyati tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan vaqti haqidagi o‘zgartirishlarni kiritish mumkinligi to‘g‘risidagi dastlabki hal qilish tartibiga arizachi rioya qilgan-qilmaganligini sud aniqlashi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Baxtsiz hodisa fakti, odatda belgilangan shaklda tuzilgan akt bilan tasdiqlanadi. Ushbu aktda baxtsiz hodisa qayerda va qanday sharoitda (ish joyida yoki ko‘chadagi hodisa natijasidami) kelib chiqganligi ko‘rsatiladi. Agar baxtsiz hodisa ish yuritish vaqtida kelib chiqsa, u haqida dalolatnoma tuzish ma’muriyat va kasaba uyushmasi vakolatiga kiradi.
Ma’muriyat dalolatnoma tuzishni rad qilsa yoki jabrlanuvchi dalolatnomada ko‘rsatilgan holatlardan norozi bo‘lsa, u kasaba uyushmasiga me’yoriy hujjatlarda belgilangan muddatda murojaat qilishga haqli, kasaba uyushmasi qarori esa ma’muriyat uchun majburiydir.
Baxtsiz hodisa haqidagi faktni sudsiz tartibda hal qilish imkoniyati bo‘lmasagina va bu tegishli hujjat bilan tasdiqlansa, sud baxtsiz hodisa faktini belgilashga haqli.
Sud baxtsiz hodisa faktini belgilash haqidagi arizani quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganida qabul qilishi lozim:
baxtsiz hodisa haqida akt tuzilgan, lekin arizachi tomonidan u yo‘qotilgan va uni ma’muriy tartibda tiklash mumkin bo‘lmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
uni tuzishda xatolikka yoki uni isbotlovchi kuchidan mahrum qiluvchi noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa va buni tegishli organ tuzata olmasa, mehnati tufayli kelib chiqqan, ya’ni xodimni korxona, tashkilotlardagi ishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga zarar yetkazgan baxtsiz hodisagina yuridik ahamiyatga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
18. FPKning 283-moddasi 8-bandiga muvofiq, imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish faktini belgilash tegishli organlar ma’muriy tartibda ushbu faktni belgilashni rad qilgan bo‘lsa va arizachini ushbu imoratlarga bo‘lgan huquqini boshqa shaxslar inkor etmayotgan bo‘lsalargina sudga taalluqlidir.
Sud egalik huquqini emas, balki imoratni arizachiga egalik huquqi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni bo‘lganlik faktini, shuningdek, agar arizachida o‘z vaqtida egalik huquqi to‘g‘risidagi hujjat bo‘lgan bo‘lib, lekin u yo‘qolgan va uni tiklash mumkin bo‘lmaganida belgilaydi.
Uy-joyga egalik huquqi hokimiyatda ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risida ma’lumot va uy qurish to‘g‘risida shartnoma bo‘lmasa, qurilgan uyning kimga tegishli ekanligi haqidagi masala umumiy asoslarda FKning 212-moddasi bo‘yicha hal qilinadi.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan yoxud qurib bitkazilgan va foydalanish uchun qabul qilinmagan binolarni, shuningdek, oldin boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki arizachi tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilmasdan sotib olingan binolarga egalik huquqini belgilash haqidagi arizalar alohida ish yuritish tartibida sudda ko‘rilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar fuqaro notarial tartibda tasdiqlanmagan yozma shartnoma bilan uy sotib olgan bo‘lsa, bu uyga uning egalik huquqini belgilash to‘g‘risidagi masala FK 112-moddasining 2-qismi qoidalari bo‘yicha da’vo tartibida hal etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Manfaatdor shaxs meros huquqi qabul qilganligi va mulkni meros qilib olganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim qila olmaganligi sababli, notarial idora vorislik haqida guvohnoma berishni rad qilgan hollarda merosni qabul qilish va merosni ochilish joyi faktini belgilash FPK 283-moddasining 9-bandiga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi, ya’ni fuqaroning doimiy yashab kelgan joyi, merosning ochilish joyi hisoblanadi, agar uning oxirgi yashab turgan joyi noma’lum bo‘lsa, unga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Agar shaxsning ma’lum vaqt va ma’lum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud bo‘lsa, FPK 283-moddasining 10-bandiga asosan sud o‘lganlik faktini belgilaydi. Sudga murojaat qilayotgan manfaatdor shaxslar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning o‘lganlikni ro‘yxatga olishni rad qilganligi haqidagi hujjatni taqdim etishlari lozim.
Shaxsning o‘lganini taxmin qilinganda, shuningdek, o‘lganlik faktini tasdiqlaydigan dalillar bo‘lmaganda, shaxs FPKning 286—289-moddalari tartibida o‘lgan deb e’lon qilinishi mumkin.
O‘lganlik faktini belgilash haqidagi hal qiluv qarorida sud o‘limni vujudga keltirgan aniq holatlarni ko‘rsatadi va o‘lgan kunini aniq belgilaydi. Hal qiluv qarori shu qaror chiqargan sud joylashgan hududdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organida o‘lganlikni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan ijro qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Fuqarolik holati dalolatnomalari daftaridagi noto‘g‘ri yozuvlarni belgilash to‘g‘risidagi arizalar yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni belgilash tartibida ko‘rilmasdan, balki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlari huquq haqida nizo bo‘lmasa ham yozuvga tuzatish kiritishni rad etgan bo‘lsalar, bu yozuvlarning noto‘g‘riligini aniqlash tartibini ifoda etuvchi Fuqarolik kodeksining 38, Fuqarolik protsessual kodeksining 274-275-moddalari qoidalari asosida ko‘rilishiga sudlarning e’tiborlari qaratilsin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organining fuqarolik holati dalolatnomasidagi yozuvlarni o‘zgartirish yoki tuzatishni rad qilganligi to‘g‘risidagi xulosaning bo‘lmasligi sud tomonidan arizani qabul qilishga to‘sqinlik qiladi. Bunday holatda sud arizachiga yozuvlarni tuzatish va o‘zgartirish tartibini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash ishlari bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarori FPKning 206-moddasida ko‘zda tutilgan talablarga monand bo‘lishi kerak. Hal qiluv qarorida ishning holati to‘g‘risidagi xulosalarni tasdiqlovchi ishni hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillar ko‘rsatilishi kerak. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda belgilangan fakt aniq ifoda etilishi lozim. Hal qiluv qarorining xulosa qismi bayonini sud FPK 283-moddasining tegishli bandida yozilganidek, aniq ko‘rsatishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
FPKning 16-moddasiga muvofiq, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, bunday faktlarni ro‘yxatga oluvchi yoki sud tomonidan faktni belgilanishi munosabati bilan vujudga kelgan huquqni rasmiylashtiruvchi organlar uchun majburiydir.
Fuqarolik holati dalolatnomasini qayd qilish organlarida qayd qilinishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan faktlarni belgilash to‘g‘risida sud chiqargan hal qiluv qarori bu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning o‘rnini bosmaydi.
23. FPKning 19-moddasiga amal qilgan holda sudlar bunday ishlarni ko‘rishda fuqarolarning nafaqa va yordam pullarini olish, egalik huquqi, vorislik huquqi va boshqa qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlarining buzilishi aniqlanishi munosabati bilan xususiy ajrim chiqarish borasida o‘zlarining faoliyatlarini jadallashtirishlari zarur. Xususiy ajrim tegishli tashkilot va mansabdor shaxslarga yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni yo‘qotish uchun kerakli choralarni ko‘rish maqsadida yuborilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudiga, viloyat sudlariga va Toshkent shahar sudiga vaqti-vaqti bilan shu turkumdagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganib turish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish, quyi sudlarga mazkur turkumdagi ishlar bo‘yicha qonunlarni to‘g‘ri tatbiq etishlari uchun yordam berish, har bir ish yuzasidan asoslantirilgan va qonuniy hal qiluv qarori chiqarishni ta’minlovchi boshqa choralarni ko‘rish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1979-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston SSR sudlarida SSSR Oliy sudi Plenumining 1966-yil 25-fevraldagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorini bajarilishi to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.