Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyul 160-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 298-modda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013-yil 10-dekabrdagi 2013-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-2, 18.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 672-modda)
1. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishga doir cheklashlar va birga qo‘shib olib borish tartibi, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi Bosh direktorining 2003-yil 11-sentabrdagi 2003-15-sonli “Investitsiya institutlari faoliyatining iqtisodiy normativlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (2003-yil 30-sentabr, ro‘yxat raqami 1280 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 9-yanvardagi 2009-02-sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 160-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishga doir cheklashlar va birga qo‘shib olib borish tartibi, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimini o‘rnatadi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 8-sentabrdagi 2015-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-3, 15.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 496-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi (keyingi o‘rinlarda — majburiy normativlar tizimi) — qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishda rioya etish uchun majburiy bo‘lgan o‘z mablag‘larining miqdori;
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat (keyingi o‘rinlarda — professional faoliyat) — qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi;
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi (keyingi o‘rinlarda — professional ishtirokchi) — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 2019-14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-4, 20.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2019-y., 10/19/1895-4/2797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning majburiy normativlar tizimiga rioya etish va o‘z mablag‘larining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha talablari Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, fond birjalari va fond bo‘limlarini tashkil etgan valyuta birjalari, shuningdek tijorat banklari va sug‘urtalovchilar bo‘lgan professional ishtirokchilarga tatbiq qilinmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 8-sentabrdagi 2015-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-3, 15.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 496-modda)
3. Professional faoliyatning har bir qismi uchun o‘z mablag‘larining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Majburiy normativlar tizimi professional faoliyatning qismlarini birga qo‘shib olib borish uchun o‘rnatilgan o‘z mablag‘larining eng kam miqdoriga talablarning eng ko‘pi belgilanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 10-iyundagi 2010-10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-1, 06.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 223-modda)
Professional faoliyatning bir qismini amalga oshirish niyatidagi shaxsning (litsenziya talabgorining) o‘z mablag‘lari miqdori litsenziyani olishga ariza berish paytida o‘z mablag‘larining muvofiq eng kam miqdoriga, professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish niyati bo‘lgan taqdirda — majburiy normativlar tizimiga muvofiq bo‘lishi kerak.
5. Professional ishtirokchining o‘z mablag‘lari miqdori butun professional faoliyat davomida o‘z mablag‘larining muvofiq eng kam miqdoriga, professional faoliyatni birga qo‘shib olib borgan taqdirda — majburiy normativlar tizimiga muvofiq bo‘lishi kerak.
6. Agarda professional ishtirokchining tashkiliy-huquqiy shakl uchun ustav kapitalining (fondi) eng kam miqdoriga talablar qonun hujjatlarida mazkur Nizomda belgilangan majburiy normativlar tizimi va o‘z mablag‘lari eng kam miqdorlariga bo‘lgan talablardan farqli belgilangan bo‘lsa, ulardan ko‘prog‘i qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Professional ishtirokchi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning o‘ttizinchi sanasidan kechiktirmasdan vakolatli davlat organiga o‘z mablag‘larining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Professional ishtirokchi tomonidan o‘z mablag‘lari miqdorining hisobi buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013-yil 10-dekabrdagi 2013-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-2, 18.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 672-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vakolatli davlat organi belgilangan tartibda professional ishtirokchining o‘z mablag‘larining hisoblangan miqdorini to‘g‘riligi va ular taqdim etgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirishga haqli.
9. Qonun hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq professional faoliyatning birga qo‘shib olib boriladigan (qo‘shimcha) qismi professional faoliyatning amalga oshirilayotgan qismi bilan birga qo‘shib olib borilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni mazkur Nizomning IV bo‘limida belgilangan holatlardan tashqari:
a) investitsiya vositachisini investitsiya maslahatchisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi professional faoliyati bilan;
b) investitsiya maslahatchisini investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, transfer-agent professional faoliyati bilan;
v) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisini investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, transfer-agent professional faoliyati bilan;
g) transfer-agentni investitsiya maslahatchisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi professional faoliyatlarni birga qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 8-sentabrdagi 2015-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-3, 15.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 496-modda)
11. Professional ishtirokchi professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishda birga qo‘shib olib borilayotgan professional faoliyatning har bir qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarning yakka hisobini tashkil etishi, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan professional faoliyatni qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi ustidan ichki nazoratni tashkil etishi va amalga oshirishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Professional ishtirokchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda professional faoliyatga taalluqli bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Professional ishtirokchilarga mazkur Nizomning 10-bandi bilan nazarda tutilmagan professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Transfer-agent investitsiya vositachisining va qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 8-sentabrdagi 2015-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-3, 15.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 496-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qo‘shib olib borilishi mumkin emas.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 8-sentabrdagi 2015-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-3, 15.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 496-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi faqat transfer-agent professional faoliyatini birga qo‘shib olib borishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 8-sentabrdagi 2015-13-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1895-3, 15.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 496-modda)
17. Professional ishtirokchining ushbu shaxslar nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi va (yoki) qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarni bajaruvchi rahbari va xodimlari boshqa professional ishtirokchilarda lavozimlarni egallashga haqli emas.
18. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni vakolatli davlat organi amalga oshiradi.