O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh VA HISOBGA QO‘YIShNING XABARDOR QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-son Qonuniga muvofiq:.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“aksiyadorlik jamiyatlari bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘yicha — qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish vakolatiga ega davlat organiga”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-yanvar,
PQ-1030-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 1-2-son, 2-modda)