1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 11-moddasining o‘ninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamoat birlashmasi ustavini, unga kiritilgan keyingi o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat boji undiriladi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 289–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 618–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 99-modda) 11-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi va uchinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “ro‘yxatga olish yig‘imi” degan so‘zlar “davlat boji” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 37-son, 426-modda)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 846–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 230-modda) 14-moddasining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kommunal xizmatlar haqini va sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda) 24-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunlarga muvofiq mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar miqdorlarini belgilash, mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining yigirma to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar) 31-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) amaldagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi 1054–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda) 3-moddasining yettinchi xatboshisidagi “soliqlar, yig‘imlar” degan so‘zlar “soliqlar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar) 184-moddasining:
birinchi qismi dispozitsiyasidagi “soliqlarni, yig‘imlarni, boj yoki boshqa to‘lovlarni” degan so‘zlar “soliqlarni yoki boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi qismlari dispozitsiyasidagi “Soliq yoki boshqa to‘lovlarni” degan so‘zlar “Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “soliqlar va boshqa to‘lovlar” degan so‘zlar “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar):
birinchi qismi dispozitsiyasidagi “soliqlar, yig‘imlar” degan so‘zlar “soliqlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 175-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining o‘zbekcha matnidagi “soliq yoki boshqa to‘lovlarning” degan so‘zlar “soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi 110–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 185-modda) 23-moddasidagi “boshqa” degan so‘z “boshqa majburiy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12 modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Respublika mulki respublika budjetiga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi”;
2) 215-moddaning to‘rtinchi qismidagi “soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlardan” degan so‘zlar “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 221-moddaning birinchi qismidagi “soliqlar, yig‘imlar va boshqa” degan so‘zlar “soliqlar va boshqa majburiy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 1007-moddaning ikkinchi qismidagi “daromad solig‘i olinadigan” degan so‘zlar “jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda) 38-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Banklar o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadi”.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan so‘ng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi kerak bo‘lgan qismidir”.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda) 8-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi” degan so‘zlar “davlat boji” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi 419–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda) 17-moddasi chiqarib tashlansin.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning (bundan buyon matnda soliqlar deb yuritiladi) budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash maqsadlarida tuziladi”;
“Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi”;
“Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida hududiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan: soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruvini va moliya-xo‘jalik faoliyati taftishini amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish bo‘linmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linma tuziladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini davlat boshqaruv organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslar bo‘lib, respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi bitilgan muhrga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi, uning xodimlari cheklangan soni bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishini, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishini, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilari identifikatsiya raqamlarining yagona reyestrini yuritish;
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam ko‘rsatish;
soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash;
soliqlarga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish”;
1) soliq to‘lovchilarda (shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq bo‘lgan subyektlardagi muqobil tekshiruvlarda) moliyaviy hujjatlar, shartnomalar (kontraktlar), rejalar, smetalar, daromadlar haqidagi deklaratsiyalar hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarning, shu jumladan elektron hujjatlarning, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarning tekshiruvlarini o‘tkazish;
daromadlar olish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq hududni, ishlab chiqarish binolari, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish;
kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi) saqlanadigan joylarni muhrlab qo‘yish;
hujjatlarni (ko‘chirma nusxalarni, shuningdek asl nusxalarni), shu jumladan elektron hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini) olib qo‘yish, bundan soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘ladigan hujjatlar hamda predmetlar mustasno. Soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘ladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
3) savdo, tovarlarni berish va pullik xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka o‘z vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish;
4) soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish;
5) soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliqlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi, shuningdek unga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar haqidagi o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish orqali mustaqil ravishda aniqlash;
6) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlarni hisoblash yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqish;
7) soliqlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlarini soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq undirib olinishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan nazorat qilish;
8) soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoxud davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlar, binolar, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun kirishi rad etilgan, shuningdek moliyaviy va soliq hisobotlari taqdim etilmagan hollarda soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar ko‘rish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno;
soliqlarga oid huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo‘llaniladi, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
10) soliqlarga oid huquqbuzarliklarning aniqlangan faktlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
11) soliq to‘lovchilarning g‘ayriqonuniy ravishda olgan mablag‘larini davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’volar qo‘zg‘atish;
12) soliq to‘lovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risida talabnoma yuborish;
13) soliq to‘lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza bermagan taqdirda, soliqlarning ortiqcha to‘langan summalarini boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha soliq qarzini, penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
14) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan hollarda, agar hujjatlar chet tilida tuzilgan bo‘lsa, ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab qilish;
15) taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash”;
“Ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga, 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa, faqat davlat soliq xizmati organlari boshliqlariga va ularning o‘rinbosarlariga beriladi”;
1) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirishi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
2) soliq to‘lovchilarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi;
3) soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar, hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini, shuningdek jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibiga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ta’minlashi;
4) soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlarini ma’lum qilishi, shuningdek tekshirishlarni tartibga solishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
7) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini yig‘ishi, tahlil etishi va baholashi hamda soliqlarga oid huquqbuzarliklarga yo‘l ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritishi;
8) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlarga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
9) soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlar va boshqa axborotni tekshirishi;
10) davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga meros huquqi bo‘yicha o‘tgan xazinalar va mol-mulkning hisobini yuritishi, ularni baholashi hamda ularning o‘tkazilishini nazorat etishi;
11) davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkning realizatsiya qilinishidan olingan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi yuzasidan nazorat olib borishi, shuningdek davlat organlariga tekin o‘tkazilgan mol-mulk hisobini olib borishi;
12) masalani hal etish davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda, qonun hujjatlari buzilganligi faktlariga doir materiallarni prokuratura, ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati organlariga va sudlarga topshirishi;
13) valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirishi;
14) soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etishi;
16) soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatlarining ijro etilishiga doir solishtirma dalolatnoma tuzishi;
17) soliq to‘lovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish yuborishi;
18) ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga soliq to‘lovchining arizasisiz mustaqil ravishda hisobga olishi hamda bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda soliq to‘lovchini yozma ravishda xabardor etishi;
21) yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarini, yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobga qo‘yishi, shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalariga ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lovchilari sifatida (tegishli davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovchilari bo‘lgan subyektlar uchun) hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berishi hamda bu raqamni statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasman ma’lum qilishi;
22) davlat soliq xizmati organlarida hisobda turmagan soliq to‘lovchilar aniqlangan taqdirda, ularga belgilangan tartibda hisobga turish to‘g‘risida talabnoma taqdim etishi;
23) jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, mazkur soliq to‘lovchiga taalluqli barcha materiallarni uning yangi yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshirishi;
24) soliq to‘lovchining talabi bo‘yicha mazkur soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani, shu jumladan o‘zgarishlar kiritilgan hisob ma’lumotlari ham ko‘rsatilgan holdagi ma’lumotnomani berishi;
25) shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilishda soliq to‘lovchining talabiga binoan soliq hisobotining ko‘chirma nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yishi, soliq hisoboti telekommunikatsiya tarmoqlari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda esa, soliq to‘lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborishi;
26) soliq qarzi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qo‘yilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) to‘g‘risida axborot olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida merosxo‘rga (merosxo‘rlarga) soliq qarzi borligini ma’lum qilishi shart.
Davlat soliq xizmati organlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘ladi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi”;
“Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi 535-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash hamda davlat kreditlarini qaytarish muddatlarini sanatsiya muddatiga uzaytirish”;
16-moddaning birinchi qismidagi “soliqlar, yig‘imlar” degan so‘zlar “soliqlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“qishloq xo‘jaligi korxonasining pul majburiyatlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga moratoriy joriy etiladi”.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi 600–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 84-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 24-moddasidagi “budjetga soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni” degan so‘zlar “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602–I-sonli Qonuni (2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda):
17-moddasi birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisidagi “soliqlar, yig‘imlar” degan so‘zlar “soliqlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 604-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda) 6-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda) 8-moddasi uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar” degan so‘zlar “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Soliq tekshiruvi orqali amalga oshiriladigan davlat nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
2) 12-moddaning birinchi qismidagi “tekshiruv o‘tkazish maqsadi” degan so‘zlar “soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruv o‘tkazish maqsadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115 modda; 2004-yil, № 5, 90 modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda) 22 moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi va beshinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im” degan so‘zlar “davlat boji” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda):
20-moddasining ikkinchi qismidagi “soliqlar, yig‘imlar” degan so‘zlar “soliqlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
401-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “yig‘imlarni” degan so‘z “boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
43-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “yig‘imlar” degan so‘z “boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi 312-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 12-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “soliqlar, yig‘imlarni” degan so‘zlar “soliqlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Investor bitimning amal qilish muddati ichida, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ishlar turlarini istisno etganda, qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
33-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi 527-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 141-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 592-modda) 14-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi va uchinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “ro‘yxatga olish yig‘imi” degan so‘zlar “davlat boji” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi 554-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 4-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Antidemping boji qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar undirilishidan qat’i nazar qo‘llaniladi”;
“Kompensatsiya boji qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar undirilishidan qat’i nazar qo‘llaniladi”.
35-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 21-sentabrda qabul qilingan “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi O‘RQ-55-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 497-modda) 5-moddasining ikkinchi xatboshisidagi “soliqlar, yig‘imlar” degan so‘zlar “soliqlar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
36-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-mayda qabul qilingan “Homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ-96-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 218-modda) 16-moddasining ikkinchi qismidagi “soliqlar, yig‘imlar” degan so‘zlar “soliqlar” degan so‘z bilan almashtirilsin.