O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“SUG‘URTA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 30-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi 2021-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-730-sonli “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 358-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 61-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi”;
beshinchi—o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha oltinchi—o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 10-moddaning ikkinchi qismi:
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sug‘urtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sug‘urtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi”;
to‘qqizinchi—o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha o‘ninchi—o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 12-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan so‘zlar “qonun hujjatlari bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-dekabr,
O‘RQ-192-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 508-modda)