09.12.2008 yildagi 270-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHRIDAGI XALQARO VESTMINSTER UNIVERSITETI HUZURIDA AKADEMIK LITSEY TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot real sektorining malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish hamda umumtaʼlim va umumkasbiy fanlar chuqur oʻrganilgan holda menejerlar tayyorlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro Vestminster universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti huzurida ingliz tili chuqur oʻrganilgan holda aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 360 oʻquvchi oʻrinli akademik litsey tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey faoliyatiga tashkiliy va oʻquv-metodik rahbarlik Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi tomonidan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan birgalikda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyga oʻquvchilar belgilangan tartibda, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining taʼlim yoʻnalishlari oʻziga xosligiga muvofiq oʻquv yiliga 150 nafar qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyda oʻqitish davlat taʼlim standartlariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyda oʻqitishga universitetning yuqori malakali, tajribali mutaxassislari jalb etilishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akademik litsey quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 25.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan binoni oʻquv, sport va xoʻjalik maqsadidagi barcha tutash binolar va inshootlar bilan birgalikda Toshkent davlat texnika universiteti balansidan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti balansiga belgilangan tartibda, bepul asosda bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi bilan kelishgan holda akademik litsey binolari va inshootlari rekonstruksiya qilinishini taʼminlasin, akademik litsey 2009/2010 oʻquv yili boshlanishigacha ishga tushirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyning binolari va inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda uning bundan keyingi joriy taʼminoti Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining oʻz mablagʻlari, homiylarning mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyning pedagoglari va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash, shuningdek uni zarur oʻquv-laboratoriya va sport anjomlari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlash xarajatlari taʼlimga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akademik litseyni oʻz vaqtida ishga tushirish maqsadida, istisno tariqasida, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyning binolari va inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishga bosh loyiha va qurilish tashkilotini ularning ish tajribasi mezonlaridan va zarur moddiy-texnika resurslari mavjudligidan kelib chiqqan holda, tanlov oʻtkazish yoʻli bilan belgilashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi akademik litseyni rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha va qurilish ishlarini ekspert va texnik hujjatlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.M. Xanov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 495-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)