Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.1998 20.11.1991 yildagi 439-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YER TOʻGʻRISIDAGI” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-son “Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1990-yil 20-iyunda qabul qilgan “Yer toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining vedomostlari, 1990-yil, 16 – 18-sonlar, 294-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida yer munosabatlari ushbu Qonun bilan va Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-moddaning 2-qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerga egalik huquqini Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi amalga oshiradi, u ushbu Qonunga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solishga doir baʼzi masalalarda huquqlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalariga beradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 4, 5, 6, 7, 8 va 9-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-modda. Xalq deputatlari qishloq Sovetlarining va ularning ijroiya qoʻmitalarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ixtiyorida boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxsiy yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining meʼyorlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari qishloq Sovetlari oʻz ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari ixtiyorida boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻz ixtiyorlariga berilgan yer zaxiralarini tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qishloq aholi punktlari doirasidagi jamoa va davlat xoʻjaliklari, boshqa qishloq xoʻjalik va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tarkibida boʻlmagan yerlarni, yer uchastkasining katta-kichikligidan qatʼi nazar, berish va olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish, turar joy qurish va obodonlashtirish, shuningdek oʻt oʻrish va mol boqish uchun fuqarolarga berib qoʻyilgan yer uchun haq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu ijroiya qoʻmitalaridan yer olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining hamda ularning ijroiya qoʻmitalarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shahar (posyolka) doirasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining ixtiyorida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari oʻz ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari ixtiyorida boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yer uchastkasining katta-kichikligidan qatʼi nazar, shahar (posyolka) doirasidagi yerlarni berish va olib qoʻyish, jamoa va davlat xoʻjaliklarining, boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shahar (posyolka) doirasida fuqarolarga, davlat, shirkat va jamoat korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga berib qoʻyilgan yer uchun yer soligʻi va ijara haqi undirib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu moddaning 1-bandida belgilab qoʻyilgan tartibda yer olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Xalq deputatlari nohiya Sovetlarining va ularning ijroiya qoʻmitalarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari nohiya Sovetlari ixtiyorida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari nohiya Sovetlari oʻz ixtiyorlariga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari ixtiyorida boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun hamda ijaraga berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sugʻoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan; birinchi guruhga kiruvchi oʻrmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari oʻrmon fondi yerlaridan; sanoat, transport, aloqa, mudofaa obyektlari va boshqa obyektlar egallab turgan yerlardan; suv fondi yerlaridan chegirib olish — bitta yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga 10 gektarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaxira yerlardan, yer uchastkasining katta-kichikligidan qatʼi nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini toʻxtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini toʻxtatib qoʻyish, xalq deputatlari qishloq, posyolka va shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqlarini, shuningdek yerlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa xoʻjaliklari tuzilgan, tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yer tuzish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) fuqarolarga jamoat bogʻdorchiligi va uzumchiligi uchun, davlat, shirkat, jamoat korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga, shuningdek diniy tashkilotlarga berib qoʻyilgan yer uchun yer soligʻi solish va ijara haqi undirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Xalq deputatlari viloyat Sovetlarining va ularning ijroiya qoʻmitalarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ixtiyorida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Soveti oʻz ixtiyoriga berilgan yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari ixtiyorida boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari va boshqa korxonalarga, muassasalar va tashkilotlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun va ijaraga ushbu moddaning 2-bandida bayon etilgan shartlarga rioya qilgan holda yer berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) barcha yerlardan katta-kichikligidan qatʼi nazar, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar egallab turgan yerlarni, shahar atrofi zonalari va yashil zonalar yerlarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlarining tajriba maydonlarini, birinchi guruh oʻrmon yerlarini chegirib olish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilanadigan roʻyxatga oid chegirib olinadigan yerlar bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yer tuzish ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ixtiyorida boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunlarini ishlab chiqish va taqsimlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yer uchun haq toʻlash tartibini hamda uning eng koʻp va oz miqdorlarini, shuningdek yer uchun haq undirish sohasidagi imtiyozlarni belgilab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish haqidagi qonunlarning bajarilishini nazorat etishni uygʻunlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi respublika hududida yer munosabatlarini tartibga solishga doir har qanday masalani koʻrib chiqish va hal etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni xalq deputatlari qishloq, posyolka, nohiya, shahar va viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qoʻriqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 11-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — xalq deputatlari posyolka, nohiya va shahar Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan maʼmuriy nohiyadagi jamoa xoʻjaliklariga, davlat xoʻjaliklariga va boshqa davlat, shirkat, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga — xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari, boshqa nohiyalardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi beradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer uchastkalarini ajratib berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining hamda xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 13-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq deputatlari tegishli Sovetining ijroiya qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasidagi qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqini va undan foydalanish huquqini toʻxtatib qoʻyadi:”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismda “Xalq deputatlari Sovetlarining oʻzlariga berib qoʻyilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga koʻra” soʻzlari “Xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining oʻzlariga berib qoʻyilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga koʻra” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismda “tegishli xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari” soʻzlari “xalq deputatlari tegishli mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qarorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muayyan viloyat uchun kadastr bahosi darajasiga muvofiq belgilanadigan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlar egallab turgan yerlarning qishloq xoʻjaligiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishiga alohida hollarda, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yoʻl qoʻyiladi. Bunday yerlarning turlari va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismda “xalq deputatlari mahalliy Sovetlari” soʻzlari “xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 15-moddaning ikkinchi qismida “tegishli suratda xalq deputatlari oblast Sovetlari, boshqa yerlarda esa xalq deputatlari rayon yoki shahar Sovetlari uzogʻi bilan bir yilga beradilar” soʻzlari “tegishli suratda xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari, boshqa yerlarda esa xalq deputatlari nohiya yoki shahar Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari uzogʻi bilan bir yilga beradilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismda “xalq deputatlari Sovetlari yerni ijaraga bergan hollarda” soʻzlari “xalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari yerni ijaraga bergan hollarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning toʻrtinchi qismi quyidagicha tahrirda berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qishloq xoʻjalik yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlarining tajriba dalalari, mol haydab boriladigan yoʻllar, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport muassasalari, dam olish va sogʻlomlashtirish inshootlari, gidrometeorologiya stansiyalari va postlari egaligidagi hamda foydalanishidagi yerlar — bu tashkilotlarga yordamchi qishloq xoʻjalik ishlari olib borish uchun berib qoʻyilgan yerlardan tashqari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning birinchi qismida “er bergan xalq deputatlari Sovetining roziligi bilan” degan soʻzlari “Yer bergan xalq deputatlari Soveti ijroiya qoʻmitasining roziligi bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi qismda “davlat hakamligi idoralari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 19-moddaning birinchi qismida “ularning xohishiga koʻra xalq deputatlari rayon yoki shahar Soveti tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir xil boʻlgan yer uchastkasi ajratilgach” soʻzlari “ularning xohishiga koʻra xalq deputatlari nohiya yoki shahar Soveti ijroiya qoʻmitasi tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir xil boʻlgan yer uchastkasi ajratilgach” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 21-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlariga qarashli ayrim aholi punktlari shahar hududi tarkibiga qoʻshib yuborilgan jamoa xoʻjaliklari va davlat xoʻjaliklarida uzluksiz besh yildan ortiq ishlagan va hamon ishlab ketayotgan kolxozchilarning, davlat xoʻjaliklari ishchi va xizmatchilarining, shuningdek oʻqituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilish huquqi bilan ularning ish joyidan yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun shu xoʻjalikda belgilab qoʻyilgan miqdorda tomorqa yeri beriladi (binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 25-moddaning uchinchi qismida “ulardagi suv resurslari va limitlarning mavjudligini eʼtiborga olib xalq deputatlari oblast Sovetlari” soʻzlari “ulardagi suv resurslari va limitlarining mavjudligini eʼtiborga olib xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismda “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining qaroriga muvofiq” soʻzlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari qarorlariga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismda “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining qarorlariga binoan” soʻzlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining ijroiya qarorlariga binoan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 30-moddada “xalq deputatlari tegishli oblast Sovetlarining qarorlariga binoan” soʻzlari “xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qaroriga binoan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarda “xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining qarorlariga asosan”, “xalq deputatlari shahar (posyolka) Sovetining qaroriga muvofiq”, “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qarori asosida” soʻzlari tegishli yoʻsinda “xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qarorlariga asosan”, “xalq deputatlari shahar (posyolka) Soveti ijroiya qoʻmitasining qaroriga muvofiq”, “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Soveti ijroiya qoʻmitasining qarori asosida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismda “xalq deputatlari tegishli posyolka, rayon, oblast va Toshkent shahar Sovetlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi” soʻzlari “xalq deputatlari tegishli posyolka, nohiya, viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qarorlari bilan tasdiqlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismda “xalq deputatlari oblast, Toshkent shahar Sovetlarining qarori asosida” soʻzlar “xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitasining qarori asosida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 36-moddaning beshinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qaroriga muvofiq” soʻzlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining ijroiya qoʻmitasi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 37-moddaning ikkinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar” soʻzlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ijroiya qoʻmitalari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 39-moddaning ikkinchi qismida “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi” soʻzlari “xalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining ijroiya qoʻmitasi ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 40-modda ikkinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1) qishloq aholi punktlarining xalq deputatlari qishloq Sovetlari ixtiyoridagi yerlaridan. Ana shu aholi punktlarining chegaralari doirasida xalq deputatlari qishloq Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer uchastkalari berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi yer korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga yer berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “xalq deputatlari rayon va shahar Sovetlarining qaroriga muvofiq” degan soʻzlar “xalq deputatlari nohiya va shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qaroriga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 47-moddaning uchinchi qismida “Xalq deputatlari rayon Sovetlari” soʻzlari “Xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 50-moddaning uchinchi qismida “davlat hakamligi idoralari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 52-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq deputatlari viloyat Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qaroriga muvofiq bu mablagʻlardan qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yoʻlida ham foydalanish mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 55-moddaning ikkinchi xatboshidagi “uchun” soʻzidan keyingi “ittifoq” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. 57-moddaning “SSSR Ministrlar Soveti” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi “xalq deputatlari Sovetlarini” degan soʻzlardan soʻng “va ularning ijroiya qoʻmitalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismidagi “mamlakat” degan soʻz “respublika” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismda “SSSR Ministrlar Soveti” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi “xalq deputatlari Sovetlarining” degan soʻzlardan soʻng “va ularning ijroiya qoʻmitalarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Yer tuzish xalq deputatlari Sovetlarining qaroriga” degan soʻzlar “Yer tuzish xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. 61-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjaliklararo yer tuzish hamda qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalari xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari ijroiya qoʻmitalari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalari xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari tomonidan tasdiqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “xalq deputatlari Sovetlari”, “davlat hakamligi idoralari” degan soʻzlar tegishli yoʻsinda “xalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari”, “Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “davlat hakamligi idoralari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “xalq deputatlari tegishli qishloq (ovul) va posyolka Sovetlari tomonidan” degan soʻzlar “xalq deputatlari tegishli qishloq va posyolka Sovetlari ijroiya qoʻmitalari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlardagi “xalq deputatlari shahar Sovetlari”, “xalq deputatlari rayon Sovetlari”, “xalq deputatlari oblast Sovetlari” degan soʻzlar tegishdi yoʻsinda “xalq deputatlari shahar Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari”, “xalq deputatlari nohiya Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari”, “xalq deputatlari viloyat Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi qismidagi “ittifoqdosh” soʻzi “suveren” soʻzi bilan almashtirilsin. Basharti, komissiya oʻzaro bir qarorga kelolmasa, mazkur masalalar xususidagi nizolar SSR Ittifoqi qonunlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi lozim” degan gap chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 63-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq deputatlari mahalliy Soveti ijroiya qoʻmitasining yer xususidagi nizo yuzasidan chiqargan qaroriga tomonlarning biri norozi boʻlgan taqdirda qaror ustidan tomonlarning biri fuqaro, jamoa xoʻjaligi, boshqa shirkat yoxud jamoat korxonasi, muassasasi va tashkiloti, qoʻshma korxonalar, boshqa ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar boʻlganida sudga, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻrtasida yer xususida nizolar chiqqanida esa Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlariga ham shikoyat qilinishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “xalq deputatlari tegishli qishloq (ovul), posyolka, rayon yoki shahar Sovetining” degan soʻzlar “xalq deputatlari tegishli qishloq, posyolka, nohiya yoki shahar Soveti ijroiya qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismidagi “xalq deputatlari Sovetlari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qoʻyilishi” degan soʻzlar “xalq deputatlari Sovetlari ijroiya qoʻmitalari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qoʻyilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. 65-modda. Quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa suveren davlatlar bilan shartnomalarida “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida koʻzda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. 1, 2, 3, 9-18, 20-25, 28, 30-34, 40-48, 50-56, 60-62 va 64-moddalardagi “Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Soveti”, “Qoraqalpogʻiston ASSR Ministrlar Soveti”, “va Qoraqalpogʻiston ASSR”, “Qoraqalpogʻiston Oliy Sovetining qarorlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 7, 9, 10, 12, 18, 24, 25, 41-48, 50, 54-56 va 60-moddalardagi “SSR Ittifoqi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 84-modda)