O‘zbekiston Respublikasining qonuni
TRANSPORT VOSITALARINI OLIB QOChGANLIK UChUN JINOIY JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Transport vositalarini olib qochganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan (O‘zSSR Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda; 1983-yil, № 1, 1-modda; 1985-yil, № 31, 359-moddasi) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-2-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“209-2-modda. Transport vositalarini olib qochish
Transport vositalarini olib qochish —
uch yildan yetti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar takror yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa —
mol-mulkini musodara qilib, yetti yildan o‘n ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar o‘ta xavfli retsidivist, uyushgan guruh jinoyatchi tomonidan, yoxud kuch ishlatib yoki do‘q-po‘pisa qilib sodir etilsa —
mol-mulkini musodara qilib, o‘n yildan o‘n besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
219-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 72-modda)