Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.07.2008 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish, uning subyektlarini institutsional jihatdan mustahkamlash, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ularning faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasi institutlari faoliyatini va ularning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirishni kuchaytirishni, hisobga olish tizimini soddalashtirishni, shuningdek qimmatli qogʻozlarga oid bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatishni takomillashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining dasturiy-texnik taʼminotini birxillashtirish va standartlashtirishni, elektron hujjat aylanishini keng koʻlamda joriy etishni va undan foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻozlarga oid operatsiyalarda, shu jumladan, qimmatli qogʻozlarning plastik kartochkalardan foydalangan holda oldi-sotdi operatsiyalarida ishtirokini soddalashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni taʼminlaydigan Koreya fond birjasi tomonidan 2013-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini modernizatsiya qilish boʻyicha Bosh shartnoma doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fond bozori uchun kamida 6 mln AQSh dollari summasiga dasturiy taʼminlashni, server va telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, mahalliy mutaxassislarni oʻqitishni va 1 yil mobaynida kafolatli xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladigan Yagona dasturiy-texnik kompleks foydalanishga tayyor sharti bilan yetkazib berilishi va joriy etilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Toshkent” respublika fond birjasi aksiyadorlarining uning ustav fondini 1 mlrd. soʻmgacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari, “Toshkent” respublika fond birjasi hamda reyting agentlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozori amaliyotiga qimmatli qogʻozlar va ularning emitentlarini reyting baholash hamda uni keng targʻib qilish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi moliya-iqtisodiyot, huquqshunoslik ixtisosliklari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlariga qimmatli qogʻozlar va korporativ boshqaruv boʻlimlari kiritilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlari tizimi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarini ichki nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 298-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2012-y., 21-son, 230-modda)