24.07.2008 yildagi PQ-926-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA OLIY TAʼLIM MUASSASALARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh VA UNI MODDIY RAGʻBATLANTIRIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish va taʼlim-tarbiya ishlari darajasi hamda sifatini oshirishda ularni moddiy ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini joriy etish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarida ehtiyoj sezilayotgan yuqori malakali, raqobatdosh kadrlar tayyorlashda professor-oʻqituvchilar tarkibi qoʻshayotgan hissasi munosib baholanishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy lavozim maoshlariga amaldagi doimiy ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni qoʻshgan holda takomillashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oliy taʼlim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli Farmoniga muvofiq budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oʻrta hisobda 1,2 barobar oshirilishi bilan bir qatorda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlariga joriy etilayotgan bazaviy lavozim maoshlarini oʻrtacha 25 foiz miqdorida, jami esa 1,5 barobarga oshirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarining lavozim maoshlariga alohida ish sharoitlari, xorijiy tillarni bilishi, muayyan xizmat muddatini ado etganligi uchun qoʻshimcha haq toʻlash va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa qoʻshimcha haq toʻlashning amaldagi turlari va miqdorlari saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy lavozim maoshlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-926-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 281-modda)