01.07.2008 yildagi 146-son
Hujjat 01.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda, shuningdek mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda tashkil etilgan kasanachilik ish o‘rni faoliyat ko‘rsatmayotgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shaharlar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari korxonalar bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida, korxonalar va uyida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiruvchi fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi komissiyalar (keyingi o‘rinlarda ishchi komissiyalar deb ataladi) bilan kelishgan holda kasanachilikni rivojlantirishning tuman (shahar) parametrlarini ishlab chiqadilar. Tumanlar (shaharlar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan kasanachilikni rivojlantirish parametrlari tegishli ravishda joriy yilning 8-yanvariga qadar muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi korxonalar ushbu Nizomning 6-bandi birinchi xatboshiga muvofiq ishlab chiqilgan parametrlarni joriy yilning 8-yanvarigacha viloyat (hudud, mintaqa) darajasidagi yuqori tashkilotlarga ham jo‘natadilar. Viloyat (hudud, mintaqa) darajasidagi tashkilotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatib o‘tilgan parametrlar xo‘jalik boshqaruvi organining markaziy apparatiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Kasanachilik ish o‘rinlari monitoringi va ularni hisobga olish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ishchi komissiyalar va korxonalarning o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmiga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ushbu Nizomning 15-16-bandlariga muvofiq kiritilgan yig‘ma tahliliy-axborot kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini bajarishda qoloqlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarning javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilagan, shuningdek yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rgan holda ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari majlislarida ishchi komissiyalar rahbarlarining hisobotlari majburiy tartibda eshitib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
T/rAxborot beruvchi organ (subyekt)Axborot olish manbai Axborot mazmuni Taqdim etish muddatlari Axborot qayerga taqdim etiladi
1.KorxonaKadrlarni hisobga olish va korxonaning buxgalteriya hisobiTashkil etilgan va chiqib ketgan ish o‘rinlari soni ( 1-T)-shaklHisobot choragidan keyingi oyning 3-kuniTuman (shahar) statistika bo‘limi
Korxona bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarHisobot choragidan keyingi oyning 3-kuni*Viloyat (hududiy-mintaqaviy) darajadagi yuqori tashkilot (xo‘jalik boshqaruvi organining markaziy apparati — agar viloyat (hududiy-mintaqaviy) bo‘g‘in mavjud bo‘lmasa)
2.Tuman (shahar) statistika bo‘limiMehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti Yaratilgan va tugagan ish o‘rinlari soni (1-T shakl) Hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunigacha Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi
Viloyat (hududiy) statistika boshqarmasi
3.Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziTuman (shahar) statistika bo‘limi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariKasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi to‘g‘risida yig‘ma tahliliy ma’lumotHisobot choragidan keyingi oyning 6- kunigachaIshchi komissiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari
4.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariTuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari Kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha parametrlarning bajarilishi to‘g‘risidagi yig‘ma tahliliy ma’lumotlar Hisobot choragidan keyingi oyning 7-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
5.Viloyat (hududiy) statistika boshqarmasiTuman (shahar) statistika bo‘limlari Yaratilgan va tugagan ish o‘rinlari soni (1-T shakl) Hisobot chora�idan keyingi oyning 7-kunigacha Davlat statistika qo‘mitasi
6.Xo‘jalik boshqaruvi organining viloyat (hududiy, mintaqaviy) bo‘linmasiBo‘ysunuvchi korxonalar, bo‘ysunuvchi korxonalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari Kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha parametrlarning bajarilishi to‘g‘risidagi yig‘ma tahliliy ma’lumotlar Hisobot choragidan keyingi oyning 7-kunigacha Yuqori xo‘jalik boshqaruvi organi markaziy apparati
7.Davlat statistika qo‘mitasiMehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti Yaratilgan va tugagan ish o‘rinlari soni Hisobot choragidan keyingi oyning 8-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
8.Yuqori xo‘jalik boshqaruvi organi markaziy apparatiHududiy bo‘linmalar va bo‘ysunuvchi korxonalar, bo‘ysunuvchi korxonalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari Kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha parametrlarning bajarilishi to‘g‘risidagi yig‘ma tahliliy ma’lumotlar Hisobot choragidan keyingi oyning 8-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
9.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiQoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, Davlat statistika qo‘mitasi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari Kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha parametrlarning bajarilishi to‘g‘risidagi yig‘ma tahliliy ma’lumotlar Hisobot choragidan keyingi oyning 9-kunigacha Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi
10.Iqtisodiyot vazirligiMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, xo‘jalik boshqaruvi organlari Kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha parametrlarning bajarilishi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar Hisobot choragidan keyingi oyning 9-kunigacha Vazirlar Mahkamasi
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari va kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda “ishchi komissiya” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Ishchi komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kasanachilik sharoitlarida bepul foydalanishga, ijaraga, moliyaviy lizingga va foydalanishga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kuch, energiyani ko‘p talab qiladigan va texnik jihatdan murakkab bo‘lgan asbob-uskunalar, shuningdek maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni talab qiladigan, kasanachilik sharoitlarida nazorat qilinishi mumkin bo‘lmagan xavfli kimyoviy komponentlar berilishi mumkin emas.
Mol-mulkni bepul foydalanishga berishda xodim bilan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘liq shaxsiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Mol-mulkni ijaraga, shu jumladan moliyaviy ijaraga berishda xodim bilan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha mulk ijarasi shartnomasi (ijara shartnomasi) tuziladi.
20. Mol-mulkni kasanachiga lizing shartlari bo‘yicha berish tartibi Fuqarolik kodeksiga va “Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi
_____________ shahri

20__ yil “__” __________



Keyingi o‘rinlarda “korxona” deb ataladigan ___________________________
___________________________________________________________________

(korxonaning nomi)

nomidan Ustav (Nizom) asosida ish ko‘radigan ___________________________
______________________________________________________ bir tomondan

(javobgar shaxsning F.I.O. va lavozimi)

va kasanachi ________________________________________________________

(kasanachining F.I.O.)

ikkinchi tomondan, 20__ yil “___” __________dagi ___-son mehnat shartnomasiga muvofiq korxona buyurtmanomasi bo‘yicha ishlarning kasanachi tomonidan bajarilishini ta’minlash maqsadida, kasanachiga korxona tomonidan bepul foydalanish uchun berilgan asbob-uskunalar va anjomlar (keyingi o‘rinlarda “mol-mulk” deb ataladi) yuzasidan to‘liq shaxsiy javobgarlik haqidagi ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzishdi:

1. Korxona ______________________________________________________ ni

(ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatlar turi)

ishlab chiqarish bo‘yicha korxona buyurtmasiga doir ishlarni bajarish uchun kasanachiga to‘liq shaxsiy moddiy javobgarlik ostida quyidagi mol-mulkni bepul foydalanishga beradi:

T/rNomiMiqdori, taInventar №Berilgan kundagi balans qiymatiMol-mulk berilayotgan muddatIzohlar

1.

2.

3.

...


2. Kasanachi o‘ziga berilgan mol-mulkning saqlanishini ta’minlash yuzasidan to‘liq shaxsiy javobgarlikni zimmasiga qabul qiladi va quyidagi majburiyatlarni oladi:
olingan mol-mulkni to‘liq saqlash, uni ishga tayyor holatda saqlash, mol-mulkning buzilishi va o‘g‘irlanishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish;
korxonani mol-mulkning saqlanishiga rioya qilinmasligi hollaridan, xonalarning qoniqarsiz holati, iqlim sharoitlari, tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar oqibatida yaroqsizlanishi to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirish;
korxonaning birinchi talabi bo‘yicha o‘ziga berilgan mol-mulkning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish, korxona vakillarini ushbu mol-mulk o‘rnatilgan xonaga, shu jumladan uy-joy binolariga kiritish;
o‘ziga berilgan mol-mulkdan foydalanishning texnik shartlariga va mehnat shartnomasiga, shuningdek korxona buyurtmasiga qat’iy muvofiq holda foydalanish.

3. Korxona, mol-mulkni kasanachining to‘liq shaxsiy moddiy javobgarligi ostida bergan holda, zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
kasanachiga berilgan mol-mulk to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlarni (foydalanish, tashish, saqlash va shu kabilar bo‘yicha yo‘riqnomani) taqdim etish;
texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish;
kasanachini mol-mulkni to‘liq shaxsiy moddiy javobgarlik ostida berish vaqtida korxona va kasanachi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi zarur normativ hujjatlar, mol-mulk kasanachi aybi bilan buzilgan, yaroqsizlangan yoki o‘g‘irlangan taqdirda zararni qoplash shartlari va tartibi bilan tanishtirish.

4. Berilgan mol-mulk kasanachining aybi bilan buzilganligi, yaroqsizlanganligi, o‘g‘irlanganligi sababli korxonaga moddiy zarar yetkazilgan taqdirda yoki mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda yetkazilgan zararni qoplash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kasanachi hisobidan amalga oshiriladi.

5. Moddiy zarar yetkazishda kasanachining aybi bo‘lmaganda (zarar tabiiy ofat, yong‘in va shu kabilar tufayli yetkazilganda) kasanachi moddiy javobgar bo‘lmaydi.

6. Har yili kasanachi ishtirokida uning to‘liq shaxsiy moddiy javobgarligi ostida berilgan mol-mulk xatlovdan o‘tkaziladi va qayta baholanadi.

7. Korxona va kasanachi o‘rtasidagi ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan moddiy javobgarlik bo‘yicha o‘zaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

8. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Ushbu shartnomaning amal qilish muddati mol-mulkdan bepul foydalanishning mehnat shartnomasida belgilangan butun davriga tatbiq etiladi.
Boshlanishi: 200__ yil “___” ____________
Tugallanishi: 200__ yil “___” ___________
Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi.


Tomonlarning yuridik manzillari:

Korxona:
_______________________________________________
Kasanachi: ______________________________________________

(uy manzili)


Pasporti: seriyasi ____________ nomeri _________________________,
___________________________________________ tomonidan berilgan.

Tomonlarning imzolari:
Korxona


Kasanachi
_________________ shahri

20__ yil “___” __________



Keyingi o‘rinlarda “korxona” deb ataladigan ___________________________
___________________________________________________________________

(korxonaning nomi)

nomidan Ustav (Nizom) asosida ish ko‘radigan ___________________________
______________________________________________________ bir tomondan

(javobgar shaxsning F.I.O. va lavozimi)

va kasanachi ________________________________________________________,

(kasanachining F.I.O.)

ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzishdi:

1. Korxona korxonaga tegishli quyidagi asbob-uskunalar va anjomlarni (keyingi o‘rinlarda “mol-mulk” deb ataladi) foydalanish uchun beradi, kasanachi qabul qilib oladi:

T/rNomiMiqdori, taInventar №Berilgan kundagi balans qiymatiMol-mulk berilayotgan muddatIzohlar

1.

2.

3.

...


Jami ijaraga ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk umumiy summasi _______________
____________________________________________ so‘m miqdorida beriladi.

(so‘z bilan)

2. Ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk kasanachi tomonidan 20__ yil “___” ________dagi ___-son mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni bajarish yuzasidan korxona buyurtmasi bo‘yicha quyidagi ___________________________________________________________________
mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Korxonaning mehnat shartnomasi va ishlab chiqarish topshirig‘ida belgilangan buyurtmasi to‘liq bajarilganda kasanachi o‘ziga berilgan mol-mulkdan shartnoma narxlarida sotish uchun boshqa mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda korxona ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotni sotib olishda ustunlik huquqini oladi.

3. Mol-mulk ushbu shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab ijaraga berilgan hisob�anadi.

4. Kasanachi ilova qilinayotgan hisob-kitoblar bo‘yicha yiliga umumiy summasi ___________________________________________ so‘m miqdoridagi

(so‘z bilan)

ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini oladi.
Ijara haqi korxonaning hisob raqamiga har chorakda teng ulushlarda (chorakdan keyingi oyning ___ kunidan kechikmay) o‘tkaziladi.
To‘lovning bir oydan ortiq muddatga kechiktirilganligi uchun kasanachi navbatdagi to‘lov summasining ___ foizi miqdorida jarima to‘laydi.

5. Ijara haqi miqdori tomonlarning kelishuviga ko‘ra ___ yilda bir marta o‘zgartirilishi mumkin. Markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan narxlar va tariflar o‘zgargan taqdirda ijara haqi miqdorlari tomonlardan birining talabiga ko‘ra muddatidan oldin qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

6. Korxona mol-mulkni undan zarur darajada foydalanish imkonini beradigan holatda topshiradi.

7. Kasanachi:
a) korxonaning mahsulotlar (tovarlar, ishlar)ni ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmasini mehnat shartnomasida yoki ishlab chiqarish topshirig‘ida belgilangan hajmdan kam bo‘lmagan hajmda to‘liq ishlab chiqarish;
b) ijaraga olingan mol-mulkdan korxona buyurtmasiga ko‘ra ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan maqsadlar uchun foydalanish;
v) mol-mulkni to‘liq ishga tayyor holatda saqlash majburiyatini oladi.

8. Kasanachi ijaraga olingan mol-mulkning buzilganligi uchun javob beradi.

9. Mulk ijarasi shartnomasi to‘xtatilganda kasanachi mol-mulkni korxonaga qaysi holatda olgan bo‘lsa, normal eskirishini hisobga olgan holda, o‘sha holatda qaytarishi shart.
Agar kasanachi ijaraga olingan mol-mulkni qaytarmagan bo‘lsa yoxud o‘z vaqtida qaytarmasa korxo�a muddati o‘tkazib yuborilgan vaqt uchun mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lashni talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lov korxonaga yetkazilgan zararni qoplamagan taqdirda korxona zararni qoplashni talab qilishi mumkin.

10. Shartnoma shartlari tomonlarning kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi, bekor qilinishi va to‘xtatilishi mumkin.
Boshqa tomon shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tomonlardan birining talabiga binoan shartnoma sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

11. Ijaraga olingan mol-mulk yana ijaraga (subijaraga) berilishi mumkin emas.

12. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi, shartnomaning bir tomonlama o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligi uchun tomonlar yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplaydilar (ushbu shartnomada nazarda tutilgan jarima sanksiyalaridan tashqari).

13. Tomonlarning ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan o‘zaro munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

14. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

15. Ijara muddati ___ yil etib belgilanadi.

16. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi.


Tomonlarning yuridik manzillari:
Korxona: _______________________________________________
Kasanachi: __________________________________________________

(uy manzili)


Pasporti: seriyasi ______________ nomeri ________________________,
____________________________________________ tomonidan berilgan.

Tomonlarning imzolari:
Korxona


Kasanachi