O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-848-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi (keyingi o‘rinlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi deb ataladi) internatga ega bo‘lgan, o‘quvchilari turar joy, kuniga to‘rt marta ovqatlanish, sport anjomlari, formasi, asbob-uskunalar va inventar bilan ta’minlanadigan maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblanadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga har yili 12 nafargacha iqtidorli, qoidaga ko‘ra, 11-12 yoshdagi sportchilar 7 yil muddatga o‘qish uchun qabul qilinadi, sportchilarning umumiy kontingenti 84 nafar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi sportchilarini umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish yaqin-atrofda joylashgan umumta’lim maktablarida amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Toshkent shahrida joylashgan “Umid” sport kompleksini belgilangan tartibda bepul asosda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Umid” sport kompleksini belgilangan tartibda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi balansiga o‘tkazsinlar.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi “Umid” sport kompleksining sport maydonchalari va inshootlaridan aholi foydalanishining amaldagi tartibini saqlab qolsin.
3. “Toshkent tennis markazi” OAJ sport kompleksining Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi balansiga o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining “Toshkent tennis markazi” OAJni belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi to‘g‘risidagi nizom va uning tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga o‘quvchilarni tanlov asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi o‘quvchilarini turar joy va ovqatlanish, sport anjomlari va forma bilan ta’minlash normativlari 4 va 5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston Tennis federatsiyasi bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
bir oy muddatda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
o‘quv yili boshlangunga qadar tennischilar tayyorlashning keng jahon tajribasini hisobga oluvchi tennischilar tayyorlash dasturlarini tasdiqlasin;
o‘quv-trenirovka jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, zarur o‘quv-metodik adabiyotlarni tanlab olgan holda o‘quv xonalarini jihozlash chora-tadbirlarini ko‘rsin;
belgilangan tartibda zarur sport anjomlari, formasi, inventar va asbob-uskunalar xarid qilinishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga o‘qishga yuboriladigan iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish tadbirlari rejasini tasdiqlasin;
sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan davriy monitoring olib borsin, zarurat bo‘lganda, Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining Homiylik kengashiga o‘quv-trenirovka jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Uzluksiz majburiy umumiy o‘rta ta’limning ta’minlanishi hamda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi bitiruvchilarining ustun darajada kasb-hunar ta’limi muassasalariga biriktirilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markaziga hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbekiston Tennis federatsiyasi bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF)ning trenerlarni o‘qitish dasturlaridan foydalangan holda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining trenerlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etishni;
institutning kadrlar va ilmiy-metodik salohiyatidan Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining o‘quv-trenirovka jarayonida foydalanilishini nazarda tutsin.
8. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi Homiylik kengashining 2008-2009 o‘quv yili boshlangunga qadar Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini homiylar mablag‘lari hisobiga 6-ilovaga* muvofiq zarur o‘quv, trenirovka va maishiy asbob-uskunalar, zamonaviy kompyuter texnikasi va axborot-resurs markazi bilan jihozlash bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin.
* 4—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
9. O‘quvchining Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘qish uchun har oylik badali miqdori eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, o‘quvchilarning badallari sifatidagi tushumlar ushbu maqsadlarga ajratiladigan budjet mablag‘lari bilan bir qatorda maqsadli tarzda o‘quvchilarni ovqatlantirishni yaxshilashga yo‘naltiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining tashkil etilishi hamda “Umid” sport kompleksining uning balansiga o‘tkazilishi munosabati bilan respublika budjeti hamda Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi (keyingi o‘rinlarda “ROZTM” deb yuritiladi) — internatga ega bo‘lgan maktabdan tashqari ta’lim muassasasidir. Yuksak mahoratli tennischilarni tarbiyalash va tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning sport mahoratini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalarining zaxirasini shakllantirish ROZTMning asosiy faoliyati hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
2. ROZTM o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. ROZTM yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, burchakli shtampga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
4. ROZTM tuzilmasi sportning yuqori yutuqlari zamonaviy talablariga mos bo‘lgan malakali trener-o‘qituvchilar tarkibini va moddiy-texnik bazani (o‘z moddiy-texnika bazasini yoki ijaraga olingan moddiy-texnik bazani), sport zaxiralari tayyorlashning ilmiy-metodik va tibbiy-biologik tizimini o‘z ichiga oladi. ROZTM tennis bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini tayyorlashni, istiqbolli sportchilarni tanlashni ham ta’minlaydi hamda tajriba orttirish yo‘li bilan trener-o‘qituvchi kadrlar malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. ROZTM yillik ish rejasiga, butlash rejasiga, sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga, maktabning asosiy kontingenti sportchilarining so‘rovnoma ma’lumotlariga, buyruqlar daftariga, mashg‘ulotlar jadvaliga, sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga, trener-o‘qituvchilar ishini hisobga olish daftarlariga va ROZTM faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarga ega bo‘ladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. ROZTM ishi tennis bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari a’zoligiga tayyorlangan nomzodlar soni hamda o‘quvchilarning O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki natijalariga ko‘ra baholanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
yuksak mahoratli tennischilar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-trenirovka jarayonini tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik baza va malakali trenerlar tarkibini barpo etish;
zarurat bo‘lganda xorijiy mutaxassis-trenerlarni jalb etgan holda tennis sohasida eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar asosida o‘quv-trenirovka jarayonini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
tennischilarning nazariy tayyorgarligi va texnik-taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish, professional sifatlarini takomillashtirish, shuningdek zamonaviy tennisni rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini tayyorlash darajasini oshirish;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
tennischilar va trenerlar tarkibining kasb mahoratini oshirish uchun tajriba ayirboshlash bo‘yicha xorijiy tennis maktablari, akademiyalar va klublar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
tennis klublari va sport maktablarida oldindan tayyorgarlikdan o‘tgan, tennis bilan shug‘ullanish uchun zarur sport layoqatiga ega bo‘lgan va yuksak mahoratli tennischilarni tayyorlash uchun tegishli salohiyatga ega bo‘lgan iste’dodli yigit va qizlar orasidan tanlov asosida tanlab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
ROZTMda ta’lim olayotganlarning respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash hamda respublikada va uning tashqarisida o‘quv-trenirovka yig‘inlari o‘tkazish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
tennischilarni tayyorlashning keng xalqaro tajribasini hisobga oladigan yuksak mahoratli tennischilar tayyorlashning maxsus dasturlariga o‘qitish;
Oldingi tahrirga qarang.
tennischilarning nazariy tayyorgarligi va texnik-taktik ko‘nikmalari oshishiga, jismoniy sifatlari rivojlanishiga, shuningdek zamonaviy tennis talablariga muvofiq tennis bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari, tennis klublari, bolalar sport maktablarini tayyorlash darajasini oshirishga ko‘maklashish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
turli darajalardagi sport musobaqalariga xizmat ko‘rsatish uchun trener-o‘qituvchilar va tennis bo‘yicha sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
ta’lim jarayonini zamonaviy texnik vositalardan foydalanish negizida tennis bo‘yicha eng yangi ilmiy-metodik axborot bilan ta’minlash;
ilg‘or ilmiy texnologiyalar va metodikalarni ishlab chiqish va o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy etish;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi mutaxassislarini jalb etish, shuningdek xorijiy tennis klublari va maktablarining ilg‘or ish tajribasini o‘rganish uchun mutaxassislarni chet elga yuborish.
tennischilar tayyorlashning keng xalqaro tajribasini hisobga oladigan yuksak mahoratli tennischilarni tayyorlash maxsus dasturlari asosida maktabning o‘quv rejasini, yillik kalendar rejani, o‘quv jadvalini va o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari jadvalini ishlab chiqish;
sport tayyorgarligining har bir bosqichida o‘quvchilarni yakka tartibda o‘qitishning qancha vaqt davom etishini belgilash hamda tayyorlash davri va bosqichiga qarab o‘quv guruhlari soni va ularning to‘ldirilishini, o‘quv-trenirovka ishlarining haftalik rejimini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
ROZTMda o‘qiganlikni va uni tamomlaganlikni tasdiqlaydigan sertifikat berish. Sertifikat qat’iy hisobot beriladigan blanka hisoblanadi, u belgilangan tartibda hisobga olinishi va saqlanishi kerak;
belgilangan tartibda tashkil etilgan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga lavozim maoshlari va stavkalarni belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlarning ish samaradorligi va sifatidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lash fondi (moddiy rag‘batlantirish fondi) doirasida ularni mukofotlash tartibi va miqdorini belgilash;
xodimlarga sportdagi va ishdagi boshqa yutuqlari, o‘tkazilgan tadbirlarning yuksak sifati uchun budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qo‘shimcha ustamalar belgilash. Ustamalar miqdori amalga oshirilgan chora-tadbirlar, bajariladigan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) sifatini oshirishga, daromadlar o‘sishiga har bir xodimning qo‘shgan shaxsiy hissasiga bog‘liq ravishda belgilanadi. Ish sifati yomonlashgan, guruhlarni to‘ldirish pasaygan va boshqa ko‘rsatkichlar yomonlashgan, o‘quv rejalari va dasturlar bajarilmagan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan ustamalar kamaytiriladi yoxud to‘liq bekor qilinadi.
ta’lim berishning texnik vositalarini keng qo‘llagan holda mashqlarni bajarishning zamonaviy metodikalari asosida o‘quv-trenirovka jarayonini tashkil etish va amalga oshirish;
ham respublika hududida, ham yetakchi xorijiy sport klublarida o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari va yig‘inlarini tashkil etish, respublika va xalqaro musobaqalarda, o‘yinli uchrashuvlarda, tiklash, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarida qatnashish, tibbiy, biologik tekshirish, pedagogik test sinovi va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
ROZTM o‘quvchilarining 4-marta ovqatlanishini, ularning istiqomat qilishini, ularga sport kiyimi va inventar berilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro turnirlar, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, respublika sport musobaqalari va o‘yinli uchrashuvlarga umumiy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-trenirovka yig‘inlari rejimida ishlash;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
sport mahoratining maqbul shart-sharoitlarda, mashq turkumining muayyan davrlarida takomillashtirilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quv-trenirovka yig‘inlari va sport musobaqalari o‘tkazilayotgan vaqtda o‘quvchilarni ovqat, turar joy, sarf-xarajatlarning belgilangan normalari bo‘yicha farmakologiya, tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glyukoza preparatlari bilan ta’minlash;
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
maktab direktori tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar olib borish.
o‘quv-trenirovka jarayoni tashkil etilishining qo‘llaniladigan shakllari, usullari va vositalari o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq psixofizik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlariga, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
o‘ziga yuklangan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga, qoidaga ko‘ra, 11-12 yoshdagi (umumta’lim maktabida o‘qiyotgan yoki 5-sinfiga o‘tayotgan) sportchilar qabul qilinadi. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘qish muddati 5 yilni tashkil etadi. Har yili Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga 12 o‘quvchi qabul qilinadi, sportchilarning umumiy kontingenti — 60 kishi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-iyundagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 258-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ayrim hollarda yuksak sport natijalariga ega bo‘lgan 11 yoshdan kichik o‘quvchilar qabul qilinishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-iyundagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 258-modda)
ROZTM tomonidan belgilangan tartibda ROZTMning moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
ROZTMning trenerlar kengashi tomonidan tasdiqlangan test sinovi va asosiy sport musobaqalarida qatnashish.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
16. ROZTM o‘quv-trenirovka jarayoni maktab direktori tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘quv-trenirovka yig‘inlari, guruhli o‘quv-trenirovka va nazariy mashg‘ulotlar, respublika va xalqaro sport musobaqalarida, o‘yinli uchrashuvlarda qatnashish, tiklash, profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini, tibbiy-biologik tekshirishni, pedagogik test sinovini amalga oshirish, o‘quv filmlarini, kinodasturlar va sport musobaqalarini tomosha qilish ROZTM o‘quv-trenirovka jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
ROZTM o‘quv rejasiga muvofiq o‘quv, o‘quv-trenirovka va tarbiyaviy ishlar shakllari va usullarini, mashg‘ulotlarning boshlanishi, ta’tillarni o‘tkazish va yakuniy attestatsiya muddatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tarbiyalanuvchilarning rejali sport tayyorgarligini ta’minlash maqsadida o‘quv-mashq jarayoni Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi hisobga olingan holda amalga oshiriladi, uning asosida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi tuziladi va ushbu tadbirlarda ROZTM tarbiyalanuvchilarining ishtiroki ta’minlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
19. ROZTM o‘quvchilari o‘qish davrida o‘quv-trenirovka yig‘inlariga jo‘nab ketganlarida umumta’lim fanlariga o‘qitish yaqin-atrofda joylashgan umumta’lim maktablari negizida tashkil etiladi. Bunday o‘qishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lmagan taqdirda o‘quvchilar yig‘inlarda bo‘lishning butun davrida o‘zlari o‘qiyotgan umumta’lim maktablarida o‘qituvchilardan yakka tartibda topshiriqlar oladilar, qaytganlaridan keyin esa dasturlarning tegishli bo‘limlari bo‘yicha sinovlar topshiradilar.
20. O‘quv-trenirovka yig‘inlarida o‘qitish jarayoni ROZTMning trener — o‘qituvchilari tomonidan o‘z tennischilari bilan ROZTMga o‘qishga kelgan shaxsiy trenerlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
21. O‘quv-trenirovka jarayoni o‘qitishning texnik vositalari va tiklash tadbirlari keng qo‘llanilgan, kun rejimi oqilona tashkil etilgan holda mashq qilishning zamonaviy metodikasi asosida amalga oshiriladi.
22. O‘quv-trenirovka yig‘inlarining vazifalari trenerlar kengashi tomonidan belgilanadi va mashq qilish turkumining muayyan davrlarida sport mahorati maqbul sharoitlarda takomillashtirilishini ta’minlashi kerak.
23. ROZTM sportchilari ROZTM va Respublika davolash-jismoniy tarbiya dispanseri tibbiyot xodimlarining doimiy kuzatuvi ostida bo‘ladilar.
24. ROZTMda ilmiy-metodik ta’minlash tibbiyot tashkilotlari va ilmiy tashkilotlardan jalb etiladigan kompleks ilmiy guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. ROZTMning butun faoliyatiga bevosita rahbarlikni O‘zbekiston Tennis federatsiyasining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tayinlanadigan ROZTM direktori amalga oshiradi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
ROZTM direktori lavozimiga oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga va kamida 5 yil tashkiliy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
ROZTMning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda o‘quv yurtiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
27. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ROZTM direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga va kamida 3 yillik trener-o‘qituvchi ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Direktor o‘rinbosari o‘quv-trenirovka jarayoni tashkil etilishi, sportchilar tanlanishi va ROZTM butlanishi, yo‘riqchi-metodistlar ishi tashkil etilishi uchun javob beradi, o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari o‘tkazilishi va sportchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi ustidan metodik nazoratni amalga oshiradi, trener-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga oid materiallarni tayyorlaydi.
28. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ROZTM direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda ma’muriy-xo‘jalik faoliyati ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv-trenirovka jarayoni uchun moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratilishi, maktabning mol-mulki va inventari saqlanishi, binolar va xonalardan foydalanish, ularni zarur sanitariya holatida saqlash, transport ta’minoti va undan foydalanish uchun javob beradi. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sport inshootlaridan to‘g‘ri foydalanishni, ular profilaktikasini amalga oshirishni, ularning joriy ta’mirlanishini nazorat qilishi, sport snaryadlari va inventari soz holatda bo‘lishini kuzatib borishi shart.
29. Katta yo‘riqchi-metodist va yo‘riqchi metodist lavozimiga oliy yoki o‘rta maxsus jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadilar.
Yo‘riqchi-metodist metodik ishlarni amalga oshiradi, tibbiyot xodimlari va kompleks ilmiy guruhlar ishini muvofiqlashtiradi, trenerlarning ish tajribasini umumlashtiradi.
30. Direktorlar, direktor o‘rinbosarlari, katta yo‘riqchi-metodistlar va yo‘riqchi metodistlarga ularning asosiy lavozimi bo‘yicha ish vaqti mobaynida belgilangan normativlarga muvofiq sport bo‘yicha trener — o‘qituvchilarning stavkalari hisob-kitobidan kelib chiqib haq to‘langan holda o‘z maktabida o‘quv mashg‘ulotlari olib borishga ruxsat beriladi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan ish uchun ish haqi sport bo‘yicha trener — o‘qituvchi 0,5 stavkasidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Trenerlar kengashi metodik ishlarni amalga oshiradi, xalqaro turnirlarga borish uchun sport terma jamoalarini shakllantiradi, har xil turnirlar tamom bo‘lgandan keyin yakunlar chiqaradi va o‘zini eng yuqori darajada ko‘rsatgan sportchilarni rag‘batlantirish uchun tavsiya qiladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
32. ROZTMda trener-o‘qituvchilar ishini nazorat qiladigan, o‘quv-trenirovka jarayoni tashkil etilishi, bo‘linmalar butlanishi, o‘quv ishi rejalashtirilishi va hisobga olinishi, nazorat test sinovlari o‘tkazilishi, bo‘linmalarning trenerlar kengashlari o‘tkazilishi, trener-o‘qituvchilarning malakasini oshirish chora-tadbirlari tashkil etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan katta trener-o‘qituvchilar tayinlanadi, ular qo‘shma mashg‘ulotlar va yig‘inlarni tashkil etish vaqtida o‘quv-trenirovka jarayoni o‘tkazilishida qatnashadilar.
33. Trener-o‘qituvchilar tarkibi birinchi va oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan mutaxassislardan butlanadi.
Trener-o‘qituvchi o‘z guruhining har bir sportchisi uchun tayyorgarlikning yakka tartibdagi rejalarini ishlab chiqadi, ularga muvofiq o‘quv-trenirovka ishlari va tarbiyaviy ishlarni olib boradi, umumiy, maxsus jismoniy, texnik tayyorgarlik bo‘yicha sportchilarni test sinovdan o‘tkazish natijalari, sportchilar tomonidan mashq yuklamalari bajarilishi, sanitariya-gigiyena normalariga va mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joylarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya qilinishining muntazam hisobini yuritadi.
Sport bo‘yicha trener — o‘qituvchi muntazam ravishda o‘z malakasini oshirib boradi, metodik seminarlarda qatnashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Trener-o‘qituvchi o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarida, yig‘inlar va sport musobaqalarida sportchilarning hayoti va sog‘lig‘i, sportchilarning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun javob beradi.
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. ROZTMni moliyalashtirish uchun hisob-kitob birligi sifatida o‘rtacha yillik kontingent — 1 nafar sportchi ko‘rsatkichi qo‘llaniladi.
36. ROZTMni moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. ROZTM amaldagi shakllarga muvofiq belgilangan tartibda moliyaviy va xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda boshqa tashkilotlar orqali xalqaro sport musobaqalarida qatnashish, chet ellarda o‘quv-trenirovka yig‘inlari tashkil etish va o‘tkazish huquqiga ega.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tajriba almashish, tajriba orttirish, turli tadbirlar, sport musobaqalari, olimpiadalar va shu kabilarda qatnashish maqsadida o‘quvchilar va trener-o‘qituvchilarni chet ellarga yuborish uchun tanlab oladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Tennis federatsiyasi orqali tajriba almashish, tajriba orttirish va sport musobaqalarida qatnashish uchun xorijiy delegatsiyalarni qabul qiladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
41. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi mavjud xalqaro aloqalardan foydalangan holda xorijiy sport muassasalari va tashkilotlari bilan maktabning pedagog xodimlari va sportchilarini ayirboshlash, birgalikda tadbirlar, bayramlar, ko‘riklar, yig‘inlar, seminarlar va shu kabilar o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda bitimlar tuzish huquqiga ega.
1. Ushbu Nizom Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga o‘quvchilarni tanlov asosida tanlab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Tennis federatsiyasi o‘quvchilarni tanlov asosida sifatli tanlab olishga erishish maqsadida qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov va uni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida e’lon beradi, shuningdek boshqa metodlardan foydalanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga o‘quvchilarni sinab ko‘rish va tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qabul komissiyasining raisi va kotibi o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilib olish, rasmiylashtirish, saqlash uchun mas’ul hisoblanadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
4. Komissiya raisi tajribali, malakali trenerlar orasidan tayinlanadi. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori ham komissiya raisi etib tayinlanishi mumkin. O‘quv yurti xususiyatlaridan kelib chiqqan holda komissiya tarkibiga psixolog, tibbiyot xodimi, Tennis federatsiyasi, O‘zbekiston tennisni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, shuningdek boshqa manfaatdor sport tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
O‘quvchilar, ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi faoliyati, unga qabul qilish tartibi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish;
tanlov o‘tkazilgunga qadar o‘quvchilar va ota-onalar uchun mutaxassislar konsultatsiyalarini tashkil etish;
tanlov asosida tanlab olishni o‘tkazish, o‘quvchilar qabul qilish yakunlarini tahlil qilish, umumlashtirish. Qabul komissiyasi protokolini kotib rasmiylashtiradi va rais tasdiqlaydi.
6. Qabul komissiyasiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
bolani Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga qabul qilish to‘g‘risida direktor nomiga ariza;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (uning asl nusxasi hujjatlarni qabul komissiyasi tomonidan qabul qilish vaqtida taqdim etiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quvchining uzluksiz psixologik-pedagogik tekshiruv daftari yoki maktab psixologi va sinf rahbari tomonidan tasdiqlangan tavsifnoma.
7. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga hujjatlarni qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan tanlov sinovlari boshlanishidan bir hafta oldin o‘tkaziladi.
8. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga qabul qilish qabul komissiyasining qat’iy nazorati ostida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston Tennis federatsiyasi bilan birgalikda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quvchilarni qabul qilish vaqtida o‘tkaziladigan sinovlar shakllarini: suhbatlar, test sinovlari, yozma ishlar, sinov materiallarini hamda ushbu sinovlarni (har qaysi yo‘nalish bo‘yicha) o‘tkazuvchi komissiyalar tarkibini, sinovni o‘tkazish muddatlari aniq ko‘rsatilgan holdagi jadvalni tasdiqlaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
10. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida tanlov-test sinovlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq 5 — 15-avgust oralig‘ida o‘tkaziladi.
11. Test-imtihon sinovlari yakunlari 20-avgustgacha o‘quvchilarga, ota-onalarga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga e’lon qilinishi kerak. Tanlov sinovlaridan o‘tolmaganlarga hujjatlar ular o‘qigan maktab manziliga qaytariladi.
12. Tanlov-test sinovlari ushbu muassasada o‘qitiladigan tilda, Umumta’lim predmetlari bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari asosida o‘tkaziladi.
13. O‘qishga kiruvchilarning bilimlari 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi. Tanlab olish qabul rejasiga muvofiq faqat eng ko‘p ball olgan talabgorlar orasidan amalga oshiriladi.
Qabul qilish rejasi bajarilmay qolgan hollarda bo‘sh o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov o‘tkazilishi mumkin.
15. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga qabul komissiyasi protokoli asosida direktor buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
16. Umumta’lim predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari talablarini bajarmagan hamda ixtisoslik bo‘yicha yil mobaynida nazorat test sinovlaridan o‘tmagan va ichki tartib-qoidalarni buzgan o‘quvchilar Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tarbiyalanuvchilari qatoridan chetlashtiriladi va o‘qishni davom ettirishi uchun yashash joyidagi umumta’lim maktablariga jo‘natiladi.
17. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘qishni davom ettirolmaydigan o‘quvchilar tegishli tibbiyot muassasalarining xulosasi asosida yashash joyidagi umumta’lim maktablariga o‘tkaziladi.
18. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi o‘quvchilarini boshqa o‘quv yurtlariga o‘tkazish direktor buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazishlar faqat o‘quv choragi yoki yarim yilligi tugagandan keyin amalga oshiriladi.