OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
PENYaLARNI HISOBDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDAGI SERTIFIKATLARNI ChIQARISh, HISOBGA OLISh, SAQLASh VA BERISh VAQTINChALIK TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-mayda 550-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-noyabrdagi 462-sonli “Aholining uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 25-noyabrda 62-son bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan 1998-yil 24-noyabrda 03N-25/1168-son va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan 1998-yil 19-noyabrda NR-01-21/1776-son bilan kelishilgan Penyalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi sertifikatlarni chiqarish, hisobga olish, saqlash va berish vaqtinchalik tartibi (1998-yil 28-noyabr, roʻyxat raqami 550) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va “Oʻzbekenergo” DAK bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-may,
52-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori Oʻ. XALMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-may
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisi B. TEShABOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 211-modda)