21.05.2008 yildagi PQ-872-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORINI YANADA ISLOH QILISH VA RIVOJLANTIRISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta faoliyatini yanada takomillashtirish, sugʻurtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sugʻurta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-maydagi PQ-1544-sonli qaroriga asosan 2012-yilning 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-maydagi PQ-1544-sonli qaroriga asosan 2012-yilning 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 230-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib belgilansinki, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Bunda sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovning, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi);
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, oʻrnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, toʻlov qobiliyati normativlarini sugʻurtalovchilar tomonidan buzilganligi uchun sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining qarori asosida ularga sugʻurtalovchi uchun belgilangan eng kam ustav kapitalining 0,1 foizi miqdorigacha jarima belgilangan tartibda solinadi va jarima summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2008-yilning 1-iyunidan boshlab uch yil muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning sugʻurtalovchilar aksiyalari boʻyicha dividendlar koʻrinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda soligʻi va jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilarning dividendlar va foizlar koʻrinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin va soliqdan boʻshagan mablagʻlar respublika hududlarida, birinchi navbatda, qishloq joylarida hududiy boʻlinmalarni, keng tarmoqli agentlik tizimini tashkil qilish, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan berilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan birgalikda sugʻurtalovchilarga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-872-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda, 44-45-son, 440-modda; 2011-y., 22-23-son, 230-modda; 2011-y., 22-23-son, 230-modda; 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)