Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.1996 15.02.1991 yildagi 206-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston respublikasi oliy kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25-apreldagi 217-I-son qaroriga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilinishi bilanoq kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikada yagona pul-kredit siyosatini yuritish, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholiga hisob-kitob xizmati koʻrsatishni yaxshilash, shuningdek banklar faoliyatini tartibga solishni taʼminlash maqsadida SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston respublika banki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankiga aylantirilsin, u respublikaning Markaziy banki deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston” aksionerlik-tijorat banki tugatilsin, uning shuʼbalari esa respublika aksionerlik-tijorat banklariga: shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoat-qurilish bankiga, rayonlarda esa Oʻzbekiston Respublikasi agrar-sanoat bankiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika hududida ishlayotgan va yangi tuzilayotgan barcha banklar boshqa ittifoqdosh respublikalarning va SSR Ittifoqining banki tarkibiga kirmasligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankida roʻyxatdan oʻtkazilishi shartligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki 1991-yilning 1-iyuniga qadar respublika aksiyali-tijorat banklari va ularning muassasalarini roʻyxatdan oʻtkazishni nihoyasiga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki 1991-yilning 1-iyuliga qadar auditor tashkilotlarning tuzilishini taʼminlasin. Bu tashkilotlar tuzilgunga qadar ularning vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining taftish xizmati bajarishi belgilab qoʻyilsin. Shu munosabat bilan Sanoat-qurilish banki, Agrar-sanoat banki, “Oʻzbekiston” tijorat bankidagi taftish xizmatlari tugatiladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki ixtiyoriga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari ushbu Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqishini va bekor qilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi M. IBROHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 85-modda, 11-son, 273-modda)