Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 27.03.2008 yildagi PQ-822-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAQD PUL MABLAG‘LARINI JALB QILISh VA UNGA BO‘LGAN EHTIYOJNI TA’MINLASh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib o‘tilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pul mablag‘larining uzluksiz berilishini ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli qarorini ijro etish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda tijorat banklarida va ularning filiallarida mijozlarning birinchi talabiga binoan naqd pullarning kafolatlangan va uzluksiz berilishini ta’minlovchi naqd pul mablag‘lari zaxiralarini shakllantirishga oid normativlar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlarni yig‘ish va ularga ishlov berishning elektron tizimini joriy etish asosida tijorat banklari tomonidan naqd pul zaxiralari bo‘yicha belgilangan normativlarga rioya qilinishi ustidan kundalik monitoring ta’minlanmoqda. Tijorat banklarining naqd pullarni yetarli miqdorda saqlab turishga oid faoliyatlarini rag‘batlantirishning iqtisodiy vositalari joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-mart holatiga ko‘ra tijorat banklarida shakllantirilgan naqd pul zaxiralari hajmi tasdiqlangan eng kam zaxira miqdoridan 2-martaga ko‘pdir, bu esa aholiga va xo‘jalik subyektlariga ularning talabiga binoan naqd pul mablag‘larini uzluksiz berib borish hamda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga joylarda naqd pullarning bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, chakana savdo va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish, belgilangan savdo va naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish qoidalariga qat’iy rioya etilishi, naqd pul tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda banklar kassalariga kirim qilinishini ta’minlash borasidagi ishlar hali yetarli darajada tashkil etilmagan. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida, respublikaning qator shahar va tumanlarida banklar kassalariga kelib tushayotgan naqd pullar hajmi ulardagi ish haqi, pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yetarli emas, bu esa naqd pul mablag‘larini, ularni qayta taqsimlash hisobiga to‘ldirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish uchun tijorat banklarining naqd pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, shuningdek, 2008-yilda pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini o‘rtacha 1,5 baravarga oshirish tadbirlari amalga oshirilishi munosabati bilan naqd pul mablag‘larini bank aylanmasiga qo‘shimcha ravishda jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini ta’minlash uchun tijorat banklari kassalarida naqd pullar yetarliligi bo‘yicha doimiy monitoring o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmalari orqali tumanlar (shaharlar) o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlash ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarini ularning filiallari buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida, shu jumladan hisob-kitob-kassa markazlaridagi zaxira jamg‘armalari va aylanma kassa mablag‘lari hisobidan naqd pul mablag‘lari bilan cheklanmagan miqdorda ta’minlasin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilar bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul mablag‘larining to‘liq tushishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida haqiqiy tovar aylanish hajmlarini aniqlagan holda muntazam nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd tushumlarning, shu jumladan, yuqori likvidli tovarlar, alkogolli va tamaki mahsulotlari savdosidan, aloqa va yo‘lovchi transportida xizmat ko‘rsatishdan, kvartira haqi va kommunal to‘lovlardan, berilgan kreditlarning naqd pulda qaytarilishidan tushgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘la hajmda banklar kassalariga kelib tushishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni naqd pulga ulgurji sotish va plastik kartochkalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilishdan qonunga xilof ravishda bo‘yin tovlash hollariga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor bergan holda ularning belgilangan savdo qoidalariga so‘zsiz rioya qilishlarini, nazorat-kassa mashinalaridan va hisob-kitob terminallaridan foydalanishlarini ta’minlash ustidan nazoratni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo va naqd pul tushumini banklar kassalariga topshirish, nazorat-kassa mashinalaridan va hisob-kitob terminallaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari ko‘rilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda quyidagilar bo‘yicha kompleks qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul muomalasi holatini chuqur tahlil etish asosida naqd pul mablag‘larini banklar kassalariga jalb etishning mavjud zaxiralarini aniqlash, viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha kassa aylanmalarining choraklik va oylik prognozlarini sifatli tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholidan kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qiluvchi o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank uskunalari (infokioskalar, bankomatlar) tarmog‘ini kengaytirish, bank xizmatlariga bo‘lgan talab va o‘zini qoplashini hisobga olgan holda maxsus kassalarni tashkil etish.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-822-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 97-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)