O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimi tugatilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
PQ-763-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-son, 661-modda)