11.07.2007 yildagi O‘RQ-100-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAMOQQA OLIShGA SANKSIYA BERISh HUQUQI SUDLARGA O‘TKAZILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 15-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot choralari to‘g‘risida qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida ko‘rib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, qamoqqa olish bundan mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha surishtiruv organlariga qidiruv va tergov harakatlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; surishtiruv organlaridan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilish yoki o‘zgartirishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish haqidagi” degan so‘zlar “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 217-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish yoxud ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzida protsessual majburlov chorasi qo‘llaganida (qamoqqa olingan taqdirda esa sud) bu haqda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmasdan uning oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoki o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushlab turish muddati ushlangan militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab ko‘pi bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi. Tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alohida hollarda ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 227-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Ushlab turilganlarni” degan so‘zlar “Ushlab turilganni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash zarurati bo‘lmasa yoki uni qo‘llash sud tomonidan rad etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan bo‘lsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan yoxud ushbu Kodeks 243-moddasi o‘ninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan bo‘lsa, ozod qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi qismidagi “yoxud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi qarori” degan so‘zlar “qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 239-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki ularning rahbarlari roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa sudlari sudyalariga nisbatan — tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan qo‘llanilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni bundan keyin qamoqda saqlash uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan ehtiyot choralari to‘g‘risida qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan o‘sha shaxsga nisbatan qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud o‘zgartirilgan taqdirda, qamoqda saqlanayotgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 241—243-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“241-modda. Ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berish va protest bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan tergovni nazorat qilayotgan, uni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli bo‘lgan prokurorga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror shikoyatni olgan paytdan e’tiboran uch sutka ichida uni ko‘rib chiqishi hamda shikoyat bergan shaxsni o‘z qaroridan xabardor etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni yigirma to‘rt soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatilgan materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yoki protest berilishi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qaror ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-modda. Qamoqqa olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari qo‘llanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash davrida sodir etilganida, qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-modda. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda va dastlabki tergov davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, prokurorning roziligi bilan tergovchi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish zaruratini keltirib chiqargan asoslar va boshqa ehtiyot chorasini qo‘llab bo‘lmaslik asoslari bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan bo‘lsa, qaror va ko‘rsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida o‘n ikki soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida, lekin ushlab turishning eng ko‘p muddatidan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi, ayblanuvchining kelmaganligi hollari bundan mustasno. Qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash zaruratini asoslab beradi. Shundan so‘ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad qilish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taraflar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qo‘shimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoki uni qo‘llashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan taqdirda, aynan o‘sha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish muddati ko‘pi bilan uch oyni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turishning qonun normalarida belgilangan uch oylik muddatini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 oygacha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 oygacha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 oygacha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilgacha — alohida murakkab ishlar tergov qilinayotgan hollarda og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining iltimosnomasiga binoan uzaytirish imkoni sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Muddatni yana uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rsatilgan barcha iltimosnomalarni ko‘rib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 246-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish muddati tugagan jinoyat ishini sud qo‘shimcha tergovga qaytargan va ishning holatlariga ko‘ra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytargan sud tomonidan qamoqda saqlab turish muddati bir oygacha uzaytiriladi, bu muddat ish prokurorga kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanib, prokuror jinoyat ishini uch sutkadan kechiktirmay tergovchiga yuborishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilguniga qadar qamoqda bo‘lgan vaqtni hisobga olgan holda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartib hamda doirada amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 247-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“247-modda. Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda tergovning cho‘zilib ketganligi sabablari, tekshirilishi lozim bo‘lgan tusmollar va holatlar, qo‘shimcha ravishda so‘ralayotgan muddat ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, himoyachi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi statsionar sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish haqidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad etishga yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlash muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 342-modda ikkinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2) gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki muayyan shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan bo‘lsa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 355-modda ikkinchi qismining 3-bandi “qamoqqa olish” degan so‘zlardan keyin “tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnomalar qo‘zg‘atish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 365-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 382-moddaning uchinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi—o‘n ikkinchi xatboshilari tegishincha oltinchi—o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“surishtiruv organlariga shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni, sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi yurituvidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“dastlabki tergov muddatlarini ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda uzaytiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 558-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi masalani ko‘rib chiqishda prokuror ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha so‘roq qilishi shart”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 28-moddasining birinchi qismiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“surishtiruv organlariga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokuror yoki prokuratura tergovchisi ish yurituvida bo‘lgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlari olib borilishiga sanksiya beradi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun 2008-yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-100-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)