11.07.2007 yildagi O‘RQ-99-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻLIM JAZOSI BEKOR QILINIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 15-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 15-moddaning beshinchi qismidagi “yoki oʻlim” degan soʻzlar “yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 43-modda birinchi qismining “z” bandidagi “oʻlim jazosi” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi “ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi—toʻqqizinchi qismlari tegishincha beshinchi—oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi qismi “g” bandidagi “Afv etilib, oʻlim jazosi” degan soʻzlar “Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 51-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoxud yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 64-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 69-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar oʻtishini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar oʻtishini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 73-modda toʻrtinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” bandidagi “giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni” va “shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 76-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 97-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi” degan soʻzlar “yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 155-modda uchinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi” degan soʻzlar “yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 51-modda birinchi qismining 4-bandidagi “oʻlim jazosi tayinlanishi” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 473-moddaning toʻrtinchi qismidagi “oʻlim jazosiga” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 12-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “oʻlim jazosi” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 49-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, oʻta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 58-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 82-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 113-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 120-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) V boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V Boʻlim. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega boʻlgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga koʻpi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga koʻra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki oʻn yilini qattiq saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoning kamida oʻn yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoning kamida oʻn besh yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha boʻlgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov, bitta banderol olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta telefon orqali soʻzlashuv, ikkita posilka yoki yoʻqlov, ikkita banderol olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan eng kam ish haqining bir yarim baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta telefon orqali soʻzlashuv, uchta posilka yoki yoʻqlov, uchta banderol olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qatʼi nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda oʻtkazilgan mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish tartibida qoʻshimcha uchrashish yoki telefon orqali soʻzlashish imkoniyati ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-modda. Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun 2008-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-99-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)