Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 21.11.2007 yildagi PQ-733-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA TOLASINI RESPUBLIKANING IChKI ISTE’MOLChILARIGA SOTIShNI TAKOMILLAShTIRISh VA TO‘QIMAChILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining yuqori likvidli resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek sifatli, eksportga yo‘naltirilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, paxta tolasi uni qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolari orqali milliy valyutada, “Davlat belgisi” DIChB, “O‘zpaxtasanoat” AJ va O‘zbekiston ko‘rlar jamiyati korxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalariga texnologik ehtiyoj va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari doirasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilinadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-sonli qarori 5-bandida nazarda tutilgan, “O‘zbekyengilsanoat” DAK korxonalariga ichki bozorda yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) shartnoma tuzish paytida tarkib topgan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlarda erkin muomaladagi valyutaga (qo‘shilgan qiymat solig‘i nulinchi stavka bo‘yicha qo‘shib hisoblangan holda) sotib olishga ruxsat berish bo‘yicha imtiyozlar muddati 2011-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin, bunda ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, respublikaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy realizatsiya hajmida 80 foiz va undan ortiq foiz tayyor to‘qimachilik mahsulotini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy realizatsiya hajmida 60 foiz va undan ortiq foiz to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlarini (kalava ip, gazlama, trikotaj polotno) erkin muomaladagi valyutaga sotuvchi to‘qimachilik sanoati korxonalari mol-mulk solig‘i to‘lashdan 2016-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrga ozod qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-733-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 46-47-son, 467-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda, 51-son, 584-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 06/17/5197/0045-son, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)